Bitiruv malakaviy ishning ahamiyali va ilmiyligi: Hozirgi kunda jaxon tajribasidan ko’rinib turibdiki, ta’lim jarayoniga o’qitishning yangi, zamonaviy usul va vositalari kirib kelmoqda va samarali foydalanilmokda. Jumladan, Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutida ham innovatsion va zamonaviy pedagogik g’oyalar amalga oshirilmoqda: O’qituvchi bilim olishning yagona manbai bo’lib kolishi kerak emas, balki talabalar mustaqil ishlash jarayonining tashkilotchisi, maslaxatchisi, o’quv jarayonining menejeri bo’lishi lozim. Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish asosida aynan shu g’oyalar yotadi. Respublika hukumati va Prezidenti olib borayotgan ijtimoiy- iqtisodiy siyosatda mamlakat xayotining barcha jabxalarini rivojlantirishga, ayniqsa kelajak avlodni milliy tiklanish mafkurasi ruxida tarbiyalashga juda katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda ta’lim olayotgan yoshlar Respublikamizning kelajagidir. Bu sharafli vazifani bajarish o’qituvchilar zimmasiga tushadi. Shu sababli yuksak malakali o’qituvchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalariga katta e’tibor qaratilayapti. Prezidentimiz o’zining "Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati" nomli risolasida shunday deb ta’kidlaydi: "Tarbiyachi ustoz bo’lishi uchun boshqalarning aql-idrokini o’stirish, ma’rifat ziyosidan baxramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, avvalo tarbiyachilarning o’zi ana shunday talablarga javob berishi, ana shunday fazilatlarga ega bo’lishi kerak". Bu tezis o’z navbatida o’qituvchi- tarbiyachilarning yuksak kasbiy va shaxsiy fazilatlar egasi bo’lishini taqozo etadi. Shuning uchun ham o’qituvchi oldiga qo’yilgan vazifalar uta
murakkab, mas’uliyatli va ayni paytda sharaflidir.
Rivojlangan davlatlar safidan o’rin olishni uz oldiga maqsad kilib kuygan Uzbekistonimiz, xalk xujaligining barcha tarmoklari kabi ta’lim soxasida xam ilgor texnologiyalarni joriy etish va shu orqali ta’lim mazmunini jaxon andozalari darajasiga olib chiqishga xarakat qilmoqda.
Hozirgi paytda oliy ta’lim muassalarida va kasb-xunar kollejlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni qo’llash va zamonaviy o’quv uslubiy majmualarni ishlab chiqish muammolariga qaratilgan bir necha diqqatga sazovor ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek ta’lim tizimini takomillashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarning kasbiy ta’lim tajribalaridan foydalanilmoqda. Ushbu ishlarni amalga oshirish ta’lim soxasida xalqimizning boy merosi, buyuk mutafakkirlarimizning g’oyalari va davrimizning ilg’or yangiliklarini o’zida mujassamlashtirgan metodik tizimning yaratilishiga asos bo’lmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida kuzda tutilgan asosiy vazifalardan biri ta’lim tizimini zamonaviy o’quv adabiyotlari va yangi pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlashdan iboratdir. O’qitish jarayonining vazifasi ta’lim, tarbiya va rivojlanish birligini ta’minlashni nazarda tutadi. Biroq kasbiy ta’lim yo’nalishlari bo’yicha pedagog kadrlar tayyorlashda ta’lim oluvchilarning qobiliyati, ong va ko’nikmalarini o’stirish, ilmiy-amaliy bilimlarini chuqurlashtirish muammosi bundan xam muhimroq. Bu xususiyatlar kelajakda ta’lim oluvchilar qobiliyatini rivojlantirishga ongli ravishda uz kasblariga kizikish va mas’uliyatni oshishiga yordam beradi.O’qitish jarayonida ta’lim oluvchilarning ijodiy kobiliyatlarini oshirish muammosi murakkab va kup kirrali. Shuning uchun ta’lim oluvchilarning ilmiy-nazariy va amaliy bilimlarini oshirishda ularning kasbga bo‘lgan qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Kasb-xunar kollejlarining yo’nalishi va ixtisoslik xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda, ta’lim tizimi ishlab chiqarish jarayonlari bilan uzviy bog’lanishi lozim. Buning uchun kasbiy ta’lim fani o’qituvchilari maxsus fanlarni o’qitish metodikasini, mutaxassislikning maxorat va amaliy ko’nikmalarini oshirib borishlari talab qilinadi. Hozirgi kunda Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturidan , jaxon andozalariga moslashuv ehtiyojidan kelib chiqqan holda kasbiy ta’lim o’qituvchi kadrlarning asosiy qismi yangi texnika va texnologiyani chuqur bilishi, xamda taxlil qila olishi va yangilik yaratilish darajasiga ega bo’lishi juda muxim. Ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar va faol usullardan foydalanish, yangi ishlab chiqarilayotgan texnik vositalarni tadbiq qilish, ko’proq talabalarni mustaqil ishlashga undash, ilg’or tajribalardan saboq berishning turli yo’llaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Yana bir jixati muhimki kasb-xunar kollejlarida ta’lim olayotgan talabalarning kasb-xunarga moyilligi, layokatlari, bilim va kunikmalarini rivojlantirish, ularning tanlagan yo’nalishlari bo’yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb egallashlari uchun maxsus fanlarni o’qitishni samarali tashkil qilish, ushbu jarayonni yangi darsliklar, o’quv qo’llanmalari bilan ta’minlash lozim. “Kasb ta’limi metodikasi” fanining asosiy vazifasi bo’lajak kasb-xunar kolleji o’qituvchisiga zamonaviy kasbiy pedagogikaning nazariy asoslari to’g’risida bilim xamda o’qitish jarayonini samarali tashkil etish va o’tkazish uchun ko’nikmani shakllantirishdan iboratdir.
Hozirgi qishloq xo‘jaligida o‘tkazilayotgan izchil iqtisodiy isloxatlar axolini sifatli oziq-ovqat maxsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirishi va shu bilan bir paytda bugungi kunning eng katta muammolaridan biri bo‘lgan oziq ovqat xavfsizligining oldini olish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
So‘ngi yillarda meva va sabzavotlarni yetishtirish ularni saqlash va o‘z vaqtida qayta ishlash maqsadida bir qator qonunlar va farmoyishlar qabul qilinmoqda.
Bunga 2008 yil oktyabr oyidagi “Paxta ekin dalalarini qisqartirilishi bilan meva-pomidorlar va uzumni rivojlantirishga” qaratilgan Vazirlar Maxkamasinig Qarori Respublikamizda har yili aholi sonini o‘sib borayotganligini e’tiborga olgan holda ularni o‘z vaqtida oziq ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Bu borada Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimovning 2011 yilning 21 yanvar kuni Vazirlar Maxkamasining majlisidagi ma’ruzalarida biz bugun chorvachilik g‘allachiliq meva va sabzavotchilik kabi sohalarda ilg‘or mamlakatlar tajribasini o‘rganish va uni amalda qo‘llashga, bizning iqlim sharoitimizda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadigan zamonoviy sug‘orish tizimlari va energiyani tejaydigan texnologiyalardan foydalanishga yetarlicha e’tibor beramayotganligimizni aytib, “2011-2015 yillarda O‘zbekiston sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” gi dastur tasdiqlanganligi haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Shu bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jixozlash, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal yangilash biz uchun eng muhum ustivor vazifa sifatida izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
Shuning uchun bugungi kunning qishloq xo‘jalik mutaxasislari qishloq xo’jaligi maxsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash texnologiyalarini puxta bilishlari katta amaliy ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jalik maxsulotlarining sifatini bilish, standartlash sistemasi bilan tanishish, qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasining o‘zlashtirilishi maxsulot sifatini oshiradi va nobudgarchilikni imkoni boricha kamaytiradi. Hozirgi qishloq xo‘jaligida o‘tkazilayotgan izchil iqtisodiy isloxatlar axolini sifatli oziq-ovqat maxsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirishi va bu soxadagi ta’minotni tubdan yaxshilab jaxon andozalariga tenglashtirish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini yetishtirish miqdori ortib borgan sari ularni saqlash va qayta ishlash ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi kerak buning uchun esa yangi zamonaviy omborxonalar va qayta ishlash korxonalari bunyod etilishi, qolaversa, bu boradagi fan-texnika va ilgor texnologiyalarni tadbiq etish, xorij tajriba yutuqlarini o‘rganib ishlab chiqarishga keng joriy etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. «Qishloq xo’jaligi va don maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi» kursi bo’yicha yozilgan mazkur darslik qishlok xo’jaligi maxsulotlarini , don va uni qayta ishlash , maxsulotlarini qabul qilish, joylashtirish, va saqlashda yuzaga keladigan muammolar va ularni hal qilish chora - tadbirlarini ochib berishga imkon yaratadi.
Hozirgi zamon qishloq xo‘jalik mutaxasislari qishloq xo’jaligi maxsulotlarini saqlash texnologiyasi kursini puxta bilishlari katta amaliy ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jalik maxsulotlarining sifatini bilish, standartlash sistemasi bilan tanishish, qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasining o‘zlashtirilishi maxsulot sifatini oshiradi va nobudgarchilikni imkoni boricha kamaytiradi.
Oxirgi yillarda Respublikamiz miqyosida Prizidentimiz tashabbuslari bilan bir qator kasb-hunar kollejlari barpo etilmoqda. Bu bilan biz Respublikamizda o‘sib kelayotgan yoshlarimizni qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga va ularni o‘z vaqtida qayta ishlashga bo‘lgan bilimlarini oshirish ya’ni, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosilini yig‘ishtirish, tashish, saqlash va qayta ishlash masalalari chuqur o‘rganilib, bu boradagi fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga keng joriy etishlariga yordam beradi.
Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga va qayta ishlash sanoatining xom-ashyoga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida sanoatni tubdan yaxshilash hamda uni uzluksiz davom ettirish davr talabidir. Ayniqsa bu borada meva uzum, kartoshka , sabzavot va poliz mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga alohida e’tibor berish lozim. Ma’lumki meva sabzavot mahsulotlarining asosiy qismini yetishtirish bahor, yoz, kuzga to’g’ri kelib, ularning pishib yetilish muddatlariga qarab saqlash hamda qayta ishlash oqilona tashkil qilinmas ekan, aholini turli shifobaxsh moddalarga boy mahsulotlar bilan ta’minlab bo’lmaydi. Mahsulot yetishtirish ortib borgan sari, uni saqlash va qayta ishlash usullari ham takomillashib, yangi zamonaviy omborxona va qayta ishlash korxonalari bunyod etilmoqda
Kartoshka, sabzavot va shu jumlada pomidor poliz va meva mahsulotlarini terish, tashish, saqlash va ularga dastlabki ishlov berish fan texnika yutuqlari hamda ilg’or tajribaga tayanib amalga oshirilsa, isrof bo’lish ancha kamayishi muqarrardir. Xalqaro qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO)ning ma’lumotlariga ko’ra, mahsulotning isrof bo’lishi dunyo bo’yicha 10%dan oshmaydi. Mamlakatimizda bu ko’rsatgich ayni kunda 30-40%ni tashkil etadi. Zero, ushbu ko’rsatgichni yiliga 1-2%ga kamaytirishga erishilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Respublikamiz meva-uzum bog’larining umumiy maydoni 2000 yilda 218.3 ming gektarni sabzavot ekinlariniki esa44.2 ming gektarni tashkil etdi. Jumlada meva-uzumdan olingan yalpi hosil 55.3ming tonna sabzavotlarniki 696.4 ming tonnga yetdi.
Meva, kartoshka, va sabzavotlarni uzoq vaqt yaxshi saqlash uchun kimyo, fizika, biokimyo, o’simliklar fiziologiyasi, agrokimyo, mikrobiologiya, o’simlikshunoslik, mevachilik, uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik, o’simliklarni himoy qilish va boshqa qator fanlar yutuqlaridan unumli foydalanilmoqda. Ammo tan olish lozimki, hozirgacha meva va sabzavot ekinlari hosilini yig’ishtirish, tashish, saqlash va qayta ishlash masalalari ilmiy asosda yetarlicha o’rganilmagan.
Bu borada malakali mutaxassislar tayyorlash davlat ahamiyatiga molik tadbir hisoblanadi. Shu sababli qishloq xo‘jaligi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida “Meva-sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki ishlov berish” fani o‘qitiladigan zamonaviy qishloq xo‘jaligi mutaxassislari meva-sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki ishlov berish bo‘yicha puxta bilimga ega bo‘lishi shart. Mutaxassislar xo‘jalikda yetishtiriladigan kartoshka, sabzavot, poliz meva va uzum mahsulotlari sifatini to‘g‘ri aniqlay bilishlari, ularni xom ashyoni buyurtmachiga topshirishga oid barcha jarayonlarni to‘g‘ri tashkil etishlari, mahsulotlarni saqlashda eng qulay va arzon usullarni tanlab, ularga o‘z vaqtida sifatli va nes-nobudsiz qayta ishlov berishlari lozim
Bitiruv malakaviy ishini yozish respublikamizning ilg’or xo’jaliklarida qo’lga kiritilgan tajriba natijalaridan, ilmiy-tadqiqot institutlarining bu boradagi ma’lumotlaridan, meva-sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki ishlov berishdagi xalqaro usularidan ham foydalaniladi.
Shunugdek, O’zbekistonda, shu jumladan Buxoro viloyati aholisini pomidor mahsulotlari bo’lgan talabini qondirish uchun bu mahsulotda yuqori va sifatli hosil olish uchun ishlab chiqarishda ilmiy asoslangan texnologiyalarni qo’llash tavsiya etiladi.
|