Eksperimental masalalar yechish metodikasi




Download 2,69 Mb.
bet12/31
Sana03.04.2021
Hajmi2,69 Mb.
#14026
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
1.3.2.Eksperimental masalalar yechish metodikasi.

Yuqorida aytib o’tganimizdek, bunday xil masalalarning xarakterli xususiyati ularni yechishda laboratoriya yoki demonstratsion eksperimentdan foydalanishdir.

Demonstratsion eksperimental masalalarni yechishda tajribalar akademik litsey va kasb-hunar kolleji demonstratsion eksperimentning barcha shartlariga amal qilgan holda qo’yilishi kerak. Bunda asboblar, hodisalarning yaxshi ko’rinayotganiga alohida e’tibor berish kerak. Asboblarni ishlatishga ko’pincha, demonstratsiya stoli oldiga chaqirilgan o’quvchilar jalb qilinadi, bunda ular demonstratsiyaning bu tomoniga e’tibor bermaydilar, shuning uchun o’qituvchi bu narsaga albatta ahamiyat berib borishi kerak.

13masala. Yelkalari teng bo’lagan richagning ikki uchiga massalari teng, lekin hajmlari turlicha bo’lgan jismlar osilgan.Agar jismlarni suvga tushirilsa, muvozanat saqlanadimi?

Suhbat vaqtida jismlarni suvga botirilganda ularga itarib chiqaruvchi kuch ta’sir qilishi aniqlab olinadi. Bu kuchning kattaligi jismning hajmiga va suyuqlikning zichligiga proporsional bo’ladi. Hajmi kichikroq jismga kamroq itarib chiqaruvchi kuch ta’sir qiladi. Shuning uchun suvda kichikroq hajmdagi jism richag uchini ko’proq tortadi. Javob tajribada tekshirilib ko’riladi.

Bu masalada eksperimentning yordamchi rol o’ynayotgani ko’rinib turibdi. Masalani eksperimentsiz yechish ham mumkin, biroq bunda ko’proq narsa yutqaziladi.



Download 2,69 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Download 2,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Eksperimental masalalar yechish metodikasi

Download 2,69 Mb.