Xulosa
1. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining fizika fani darslsrida masalalar yeshish o’quvchilarni tarbiyalash, ularning bilimlarini hisobga olish va nazorat qilish, o’quv va malakalarini aniqlash uchun zarurdir;
2. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi fizika faniga doir masalalar ularning mazmuniga, qanday maqsadda berilganiga, biror masalani qanday darajada tadbiq qilinishiga, yechish usullariga, shartlarining berilish usullariga, qiyinlik darajasiga va boshqa belgilariga ko’ra klassifikasiyalash mumkin;
3. Akademik litsey va kasb-hunar kollejrida mexanika asoslarini, molekulyar fizikani, ideal va real gaz qonunlarini, termodinamikani, elektr va magnetizmni, tebranish va to’lqinlarni, optikani, atom va yadro fizikasini o’rganishda masalalar yеchish alohida didaktik va amaliy ahamiyatga ega bo’lib,o’quvchilar ongiga fizikaning singdirilishi va uning beradigan samarasining oshishida asosiy omillardan biri bo’lib hisoblanadi.
4.Fizika darsi jarayonida turli xildagi fizik masalalarni yechish metodikasi, ya’ni sifatga oid masalalar,eksperimental masalalar,hisoblash masalalari, grafik masalalar yechish metodikasi tahlil qilindi.
|