1.3.3.Hisoblash masalalari yechish metodikasi.
Hisoblash masalalarini yechish metodlari ularning murakkabligiga, o’quvchilarning tayyorgarligiga, o’qituvchining qo’ygan maqsadiga va boshqa ko’pgina sabablarga bog’liq.
Fizikada hisoblash masalalarining yechish metodlari yoki usullari ularda qo’llaniladigan matematik apparatga ko’ra arifmetik, algebraik, geometrik va grafik usullarga bo’linadi. Masala yechish jarayonida foydalaniladigan mantiqiy amallar xaraketriga qarab analitik, sintetik yoki analitiko-sintetik metodlarga bo’linadi.
Arifmetik metod. Bu metodda fizik kattaliklar ustida faqat arifmetik amallar bajariladi. Fizik masalalarni xuddi matematika darslaridagi singari yechiladi: formulalarni qo’llamasdan savollar yoziladi. Arifmetik metod akademik litsey va kasb-hunar kollejida fizika o’qitishning boshlang’ich davrida, hali o’quvchilar algebradan tegishli bilimga ega bo’lmagan yoki fizikformulalarga kirgan kattaliklar orasidagi bog’lanishni chuqur tushunmagan paytda qo’llaniladi[21].
Ba’zan arifmetik metodning o’ziga xos xususiyati unda harfiy ifodalarning bo’lmasligi bo’lib tushuniladi. Biroq gap harfiy ifodalarda emas, balki bunda tenglamalar tuzilmasligida va tenglama yechilmasligigadir. Masalani arifmetik metod bilan, biroq harfiy ifodalarni qo’llab yechishga misol keltiramiz. Arximed qonuniga tegishli masala olaylik, bu qonundagi tegishli kattaliklarning harfiy ifodalarini o’quvchilar biladilar.
14–masala.Kesim yuzi 10 mm2 bo’lagan bir kilometr uzunlikdagi mis simning qarshiligini aniqlang. R= ρl/S formuladan aniqlanadi. Solishtirma qarshilik mis uchun ρ=0,017 Ωmm2/m ekanligi jadvaldan topiladi.
R= 0,017 Ω mm2/m ·1000m/10mm2=1,7 Ω.
Murakkabroq masalalarda izlanayotgan kattalik hisoblanadigan oxirgi munosabatni bir necha formulalar yoki tenglamalar sistemasidan foydalanib topiladi.
|