Jismlar sistemasi va sanoq sistemasini tanlash. Jismlar sistemasini tanlash masalaning shartidan aniqlanadi. Faraz qilaylik, masalan, bizni “Yer-Oy” jismlar sistemasining impulsi qiziqtirayotgan bo`lsin. Ushbu masalani yechishda boshqa jismlarning shu sistemaga ta’sirini hisobga olmaymiz, ya’ni jismlar sistemasini berk deb hisoblaymiz.
Aytilgan jismlarning impulsini aniqlash uchun sanoq sistemasini tanlash kerak. Yerdan turib Oy harakatini kuzatganda, Oy impulsi Yerning tortishish kuchi ta’siri natijasida uzluksiz o`zgarib borishiga amin bo`lamiz. Yer ushbu sanoq sistemasida qo`zg`almas, demak, uning impulsi o`zgarmas bo`lib qoladi va nolga teng bo`lib qoladi.
“Yer-Oy” berk jismlar sistemasining “Yer” sanoq sistemasidagi impulsi saqlanmaydi.
“Yer-Oy” jismlar sistemasi massalarining markazi bilan bog`liq bo`lgan sanoq sistemasida sistemaning impulsi saqlanadi. Haqiqatan, Oyning Yer bilan o`zaro ta’sir kuchlarining ta’siri va aks ta’siri teng, biroq qarama-qarshi yo`nalgan.
Bu kuchlarni o`zaro ta’sir etuvchi jismlarning massalari va ular olgan tezlanishlar orqali ifodalash mumkin:
yoki
Tenglikning ikkala qismini ta’sir vaqti davomiyligi ga ko`paytirib, quyidagini hosil qilamiz:
yoki
Nima uchun impulsning saqlanish qonuni bir berk jismlar sistemasi uchun ba’zi hollarda bajarilmay, ba’zi hollarda esa bajariladi?
Ko`rilgan misolda birinchi sanoq sistemasi (“Yer”) ning ikkinchi sanoq sistemasi (“Yer-Oy” sistemasining massa markazi) dan prinsipial farqi shundan iboratki, bunda birinchi sanoq sistemasi noinersial, ikkinchisi esa, masalaning shartida qabul qilinganidek inersialga yaqin.
Shunday qilib, impulsning saqlanish qonuni berk jismlar sistemasi uchun faqat inersial sanoq sistemalaridagina bajariladi.
|