Buxoro davlat universiteti




Download 2.81 Mb.
bet6/18
Sana19.05.2021
Hajmi2.81 Mb.
#14528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Shamol energiyasi. Shamol — havoning harakatdagi oqimi. Havoning harakati yer yuzasini quyosh tomonidan notekis qizdirishiga sabab bo’ladi. Bugungi kunda shamol energiyasidan asosan elektr energiyasi olish uchun foydalaniladi. Quyosh mavjud ekan, shamol esadi va uqayta tiklanadigan energiya manbasihisoblanadi. Albatta, yoqilg’i yoki elektr energiyasi o’rnini bosishi mumkin bo’lgan, noan’anaviy usullarda hosil qilinadigan vositalar ko’p. Ammo ular orasidan atrof-muhitga zarar etkazmaydigan, foydalanishda samarali va ayni paytda mablag’ jihatdan maqbulini tanlash muhim ahamiyatga egadir. Mana shu nuqtai nazardan olibqaraganda, shamol energiyasiningqator afzalliklari mavjud.

Bugungi kunda mazkur mu­qobil energiya quvvatini ishlab chiqa­rish G’arbiy Yevropada ancha ommalashgan. Sababi, buning uchun tabiiy shart-sharoit­lar mos bo’lishi barobari­da ushbu turdagi energiyaga talab ham ortib bormoqda. Zamonaviy ShESlar 3–4 m/s dan 25 m/s gacha bo’lgan tezlikdagi shamol muhiti relefiga nisbatan baland bo’lmagan joylarda optimal ishlaydi. Shunday hududiy imkoniyatlarga ega bo’lgan Germaniya hozirgi vaqtda shamol energiyasidan foydalanish bo’yi­cha jahonda yetakchilik qilmoqda. Ma’lumotlarga qara­ganda, mazkur mamlakatda so’ngi yillarda 9000 MVt quvvatli ShESlar bunyod etilgan va bu jarayon jadal davom etmokda. Hozir Yevro­pa mamlakatlari sanoati­ning ShESlar bilan bog’liq tarmoqlarida 60000 dan ziyod kishi doimiy ish bi­lan ta’minlangan.

Ushbu muqobil energiya iqtisodiy va ekologik nuqtai nazardan bir qator af­zalliklarga ega. Masalan, ShESniqurish boshqa ener­giya manbalariga nisbatan arzon vaqulay. Ishlab chiqarilayotgan energiya tannar­xining asosiy qismini ShESni qurishga sarflangan dastlabki xarajatlar tash­kil etadi. Bundan tashqari, stanstiya minorasining aso­si odatda to’laligicha yer ostida bo’lga­ni uchun, unga yaqin erlarda ham qishloq xo’jaligi ekin­larini ekish imkoniyati saq­lanib qolinadi. Oddiyroq qilib aytganda, bunday qurilmalar uchun ajratilgan hududlar dehqonchilikka sal­biy ta’sir qilmaydi. Shu­ningdek, ular hech qanday yoqilg’i talab etmaydi. Ma­salan, 1MVt quvvatli ShES 20 yil davomida taxminan 29 ming tonna ko’mir yoki 92 ming barrel neftni tejaydi. Yana bir jihati, shamol elektr stanstiyalari boshqa energiya ishlab chiqa­ruvchilardan farqli ravishda atrof-muhitni zararli chiqindilar bilan iflos­lantirmaydi.

Shamol energetikasini amaliyotga tatbiq etish bilan bog’liq ayrim muammolar mavjud. Jumladan, shamol tabiati­ning beqaror ekanligi ShESlarda bir maromda energiya ishlab chiqarishga ta’sir ko’rsatadi. Shuni inobatga olganholda, bun­day elektr stanstiyalardaquyosh batareyalaridan foy­dalanishni yo’lgaqo’yish mumkin. Aynan shu yo’l bi­lan noan’anaviy elektr energiyasi to’planadi va uzluksiz ta’minotga erishila­di. Shuningdek, shaharlar yaqinidagi ko’p sonli va zich joylashgan shamol inshoot­lari u yerdagi tabiiy havo almashinuviga putur yetkazishi mumkin. Ulardan hosil bo’ladigan mexanik va aerodinamik shovqinlar odamlarning aqliy faoliyatiga xalaqit berishi ham istisno etil­maydi. Bundan tashqari, mazkur stanstiyalar faoliyati davomida o’zidan past chastotali tebranishlar tarqatadi. Bu tebranishlar yaqin masofa­dagi binolarning devorla­ri va deraza oynalari mus­tahkamligini o’ziga xos si­novdan o’tkazadi. Qorli sovuqhavoda ShES qanotla­rida muz qatlamlari hosil bo’ladi. Mexanizmning mut­tasil aylanib turishi oqibatida sumalaklar tur­li masofalarga otilib ke­tib, odamlar va jonivorlar hayotiga xavf solishi mum­kin. ShESlarning bahaybat va beo’xshov ko’rinishlari ham odamlar, ayniqsa, yosh bolalar ruhiyatiga ta’sir o’tkazishi aniqlangan.



bugun suv energiyasi, katta va kichik gidroelektrostanstiya trubinalarini aylantirib, to’liq elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun foydalanilmoqda.

Yaqin vaqtning dolzarb masalasi kichik quvvatli GES inshootlarini qurishdir. Mamlakatimiz hududida tog’li tumanlarda joylashgan aholi punktlarida kichik suv oqimlari mavjud. Bu kichik suv oqimlariga 10 dan 1000 kVt quvvatli kichik elektrstanstiyalari qurish uzoq tuman va qishloqlar aholisiga zarur miqdorda elektr energiyasi bilan ta’minlanishga imkon beradi. Kam quvvatli energiya manbalaridan uzoq masofadagi aholi punktlarida foydalanish - energiya manbalaridan barqaror foydalanishga imkon yaratadi. Kichik energetika qurilmalarining muhim bir imkoniyati - har bir mini GESni iste’molchiga maksimal yaqinlashtirish mumkinligidir. Buning barchasi tog’li tuman aholisi hayotining yaxshi tomonga o’zgarishiga ta’sir etadi. Mini GES suvning asosiy o’zanidagi tarmoqlanishiga o’rnatilgan turi bo’lib, uning uchun suv ombori qurish shart emas. Zarur suv bosimi hosil qilish uchun aylanma kanaldan suv harakati tezligi tartibga solinib (perepad), suv tushirgich yuqoridan tushirishdan iborat. Tog’li tumanlarda juda ko’p kichik suv oqimlaridan oqim atrofida yashovchi aholi foydalanmayapti. Buni mini GESlar sotib olish va qurish uchun mablag’ topa olmaganliklari uchun, bunday elektrstanstiyalarni o’rnatish, ishlatish tajribasi yetishmasligi sababli va keng aholi qatlamini ularning imkoniyatidan yetarlicha ma’lumotga ega emasligi tufayli deb tushuntirish mumkin.



Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan yana biri bu biogazdir. Biogaz olishning qulayligi ko'pchilikka ma'qul bo'lmoqda. Arzon va qulay texnologiyaning afzalliklarini anglab yetgan kombinat mutaxassislari 2013-yilda “Do'stlik” agrofirmasi parrandachilik fermasida sutkasiga 200 kub metr, 2014-yilda esa chorvachilik fermasida sutkasiga 400 kub metr biogaz ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lgan qurilmalarni ishga tushirishdi.

1.1.5-rasm “Do'stlik” agrofirmasi parrandachilik fermasida tashkil qilgan biogaz energiya qurilmasi

Biologik gaz asosan, daraxt, o'simliklar, barglar, shox-shabba chirindilari, ishlab chiqarish sexlari (sut zavodi, meva sabzavotlarni qayta ishlash sexi, qushxona)ning chiqindilaridan olinadi. Organik va boshqa chiqindilar, sut zardobi, qushxonadagi qoldiqlar ham maydalangan va suyultirilgan holda, 85-92 % namlikda nasos qurilmalari orqali bioreaktorlarga yukla­nadi va gaz hosil qilinadi.[12]

Qoramolchilik fermasida ming boshga yaqin qoramollar parvarish qilinmoqda. Bu yerda ham yuqorida ta'kidlangan jarayon amalga oshiriladi. Bioreaktorlardan ajralib chiqqan gaz kompressorlar orqali tozalash qurilmasida tozalanib, gaz golderlarda yig'iladi. Undan chorvachilik majmuasini isitish va issiq suv ta'minotida foydalanilmoqda.



1.1.6-rasm

Yana bir muhim jihat shundaki, bioreaktorlarda qayta ishlangan biomassa to'kish hovuzida tindirilib, qishloq xo'jaligi uchun biosharbat sifatida foydalanilsa, biogumus tayyorlash uchastkasida Kaliforniya chuvalchanglari yordamida unumdor o'g'it hosil qilishda ishlatilmoqda. Mutaxassisning ta'kidlashicha, har bosh qoramol chiqindisidan bir kecha-kunduzda 1,5 kub metrgacha biogaz olish mumkin. Boshqacha aytganda, 1 kub metr biogazning yonish issiqligi qariyb 0,6 litr benzin, 0,85 litr spirt, 1.75 kilogramm o'tin yonishi yoki 2 kilovatt elektr energiyasi sarfi tufayli hosil bo'ladigan issiqlik miqdoriga tengdir. Go'ngning bu yo'l bilan chiritilishi atmosfera zararlanishining oldini olishga yordam beradi. 1 tonna go'ngning chirish jarayonida atmosfera havosiga 300-400 kub metr metan gazi, ammiak, serovodorod kabi zaharli gazlar ajralib chiqadi. Go'ng va boshqa qishloq xo'jalik chiqindilarini biogaz olish maqsadida maxsus qurilmalarda qayta ishlash ushbu muammolarni hal etishning istiqbolli, ekologik xavfsiz va iqtisodiy jihatdan foydali yo'nalishlaridandir. Hisob-kitoblar natijalariga ko'ra, hosil bo'lgan 1 kub metr biogazdan 2 kilovatt soat elektr energiyasi olinadi. Biogaz texnologiyasidan foydalanish, shuningdek, mazut, ko'mir, gaz, elektr energiyasini tejash, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish imkoniyatini beradi.

Jahonda biogaz olish texnologiyasining 60 turi mavjud bo'lib, eng keng tarqalgani bioreaktorlarda anaerob bijg'itish usulidir. Bunda harorat bir me'yorda bo'lishi zarur. Agrofirma sharoitida mezofil isitish jarayoni yo'lga qo'yilgan. Ya'ni, bijg'itish jarayonida harorat biogaz hisobidan doimiy ravishda 30-40°C da ushlab turiladi. Biogaz yonganida atmosfera havosining ifloslanish darajasi ancha kamayadi. Inson salomatligiga salbiy ta'siri ham yo'q. Xulosa qilib aytganda, “Do'stlik” agrofirmasida kelajak energiyasidan foydalanish yuzasidan dastlabki qadamlar qo'yildi. Kelgusida bu yo'nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish mo'ljallanmoqda.[14]

Quyosh va boshqa qayta tiklanuvchi tabiiy energiya manbalaridan barqaror foydalanish istemolchilarni uzluksiz energiya bilan ta’minlash bilan bir qatorda global ekologik muamolarning salbiy ta’sirlarini kamaytirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Malakatimizda energetika tuzumini tubdan takomillashtirish borasidagi tadbirlar jarayonida qayta tiklanuvchi, ekologik sof quyosh, shamol va biomassa energiyasidan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi tadbirlarni hayotga tadbiq qilishda davlat, jamoat tashkilotlari, ilmiy tadqiqot muassasalari faol ishtirok etmoqda. Bu yo’nalishdagi loyihalar samarasida mamlakatimizda turli hududlaridagi ijtimoiy soha inshootlari, ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligi tizimlarida quyosh, shamol va boshqa muqobil energiya manbalaridan foydalanish keng yo’lga qo’yilmoqda.



Download 2.81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 2.81 Mb.