• Himoyaga olib chiqiladigan asosiy holatlar
  • I BOB. MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI Energiya manbalari va ularning turlari
  • Buxoro davlat universiteti




    Download 2.81 Mb.
    bet4/18
    Sana19.05.2021
    Hajmi2.81 Mb.
    #14528
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Tadqiqot obyekti. Muqobil energiya manbalari va atrof muhit.

    Tadqiqot usuli. Tahlil qilish, tavsiyalar ishlab chiqish.

    Ilmiy yangiligi. Muqobil energiya manbalari va atrof muhitmuhofazasiga tegishli ma’lumotlarni tizimga solish.

    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, bitiruv malakaviy ishi natijalaridan atrof muhitnimuhofaza qilish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

    Himoyaga olib chiqiladigan asosiy holatlar:Muqobil energiya manbalari va atrof muhitmuhofazasiga oid tahliliy ma’lumotlar.


    I BOB. MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI

      1. Energiya manbalari va ularning turlari

    Insoniyatning moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida energiyadan foydalanish darajasi haddan ortiq oshishi natijasida yoqilg’ining organik turlaridan foydalanuvchi elektr va issiqlik stansiyalaridan, tobora soni ortib borayotgan ichki yonuv dvigatellaridan chiqayotgan zararli gazlar tufayli atrof-muhitga ulkan zarar yetkazilmoqda. Negaki, haroratning global isishi atmosferaga katta miqdorda organik yoqilg’ida ishlaydigan issiqlik elektrostansiyalaridan hamda transport vositalaridan gaz va zararli moddalar chiqarilayotgani bilan ham bevosita bog’liqdir.

    Energiyaning mavjud barcha muqobil turlarini kompleks ravishda rivojlantirish orqali raqobatli energetika bozorini tashkil etishni rag’batlantirishga ustuvor vazifa sifatida qaraladi.

    Mamlakatimizda energiya istemolini tejashning samarali tizimini joriy etishga muhim vazifa sifatida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish jarayonida tejamkor, zamonaviy texnologiyalarni qo’llash ko’lami yildan-yilga kengaymoqda. Muqobil energiya manbalaridan, eng avvalo, quyosh energiyasidan foydalanish sohasida ilmiy va ekspremental tadqiqotlar olib borish borasida O’zbekistonda muayyan tajriba to’plangan, qator ilmiy izlanishlar va ishlanmalar qilinmoqda. Xususan “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining tadqiqotlari natijasi jahon miqiyosida e’tirof etilgan. Issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun past potensialli qurilmalarni yaratish, elektr quvvati olish uchun fotoelektrik va termodinamik o’zgartirgichlar, maxsus materiallar sintezi texnologiyalarida, materiallar va konstruksiyalarga termik ishlov berishda quyosh energiyasidan foydalanish bo’yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, faol samarali davom etmoqda. Respublikada quyosh energiyasi bilan suv isitadigan qurilmalar asosida uy-joylar hamda ijtimoiy obyektlarni issiq suv bilan ta’minlash tizimlari ishlab chiqilib, ulardan tajriba tariqasida foydalanilmoqda.

    Toshkent shahrida xalqaro quyosh energiyasi institutining taskil etilgani bu sohada olib borilayotgan islohotlarni mantiqiy davomi sanaladi. Negaki, quyosh energiyasidan sanoat ko’lamida foydalanish uchun yuqori texnologik ishlanmalarni amalga oshirish, quyosh energiyasi potensialini ilg’or samarali texnologiyalar asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va ijtimoiy sohada qo’llash bo’yicha takliflar tayyorlash, shuningdek, boshqa yirik loyihalar ishlab chiqish ushbu ilmiy dargohning asosiy vazifasi hisoblanadi.



    1.1.4- rasm





    Download 2.81 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 2.81 Mb.