Buxoro davlat universiteti




Download 2.81 Mb.
bet9/18
Sana19.05.2021
Hajmi2.81 Mb.
#14528
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Ko’mir. Toshko’mir konlari zahirasi janubiy hududlarda, ya’ni Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan. Hozirgi paytda Angren, Shorg’un va Boysun ko’mir konlarida qo’ng’ir ko’mir qazib olinishi amalga oshirilmoqda. Olinayotgan ko’mir asosan mamlakat ichida ishlatiladi, faqat oz miqdorda Afg’onistonga eksport qilinadi. Ko’mir yoqilg’isining asosiy iste’molchisi elektroenergetika sektori hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ko’mir sanoatini rivojlantirishning 2002-2010 yillarga mo’ljallangan dasturi” 2002-yil 4-iyunda tasdiqlangan. O’zbekiston ko’mir sanoatini rivojlantirish maqsadida 254 mln AQSh dollari miqdorida investistiya kiritilgan. 2012-yilda ham 90 % investitsiyani Angren konidagi ishlab chiqarish quvvatini modernizastiya qilishga yo’naltirilgan. Dastur “O’zbek ko’mir” AJning o’z mablag’lari, shuningdek, chet el kreditlarini va to’g’ridan to’g’ri investitsiyani jalb etish hisobiga moliyalashtirilgan.



1.1.3.- rasm

1996-yildan O’zbekiston chetdan yoqilg’i resurslarini olib kelishga barham berdi. Ko’mir qazib olish ancha kamayganligiga qaramay, suyuq va gazsimon uglevodorodlarni yetkazib berishni ko’paytirish milliy iqtisodiyot va aholini energiya bilan barqaror ta’minlash imkonini beradi.

Jahon amaliyotida yangilanib turuvchi energiya manbalari amaliyotiga quyidagilar mansubdir: quyosh, shamol, geotermal, gidravlik energiyasi, dengiz quyilishi, uning oqimlari, to’lqinlari, yerning past haroratli issiqligi, hayvonot, o’simliklarning biomassasi va maishiy kelib chiqishi, vodorot energetikasi.


1.2.1.-jadval

Iste’molchi

Iste’mol kuchlanishi

Ish uzluksizligi, soat

Radio qabul qilgich, magnitafon

6;9;

Kun davomida

“Altay” turdagi dala radiostanstiyasi

220

Kun davomida

“Mitti” elektron asosi

12

8

Kunduzgi kun yoritkichi “Trans-avto”

12

15

“Semurg’” televizori

12

11

“Elektronika” televizori

12

15

Uchramli elektr yuritmali radial asal haydagich

12

4,2

Pechen elektropichog’i

12

1,0

Asalari romlarini elektr navashchevateli

12

1,5

Audiopleyer

3,5

Kun davomida

Yoritish fanari (100 Vt)

3.5; 6;9;12

12

Termoelektrik mini-sovutkich

12

Kun davomida

Elektr britva

220

Kun davomida

Avtomobil statori

12

-

Termoparali sovutkichlar(foydali hajmi12 l)

12




Avtomobil akkumulyatorlarini zaryadlash (kuniga 14 a.soatgacha)

12

Kun davomida

Hоzirgi vaqtda quyosh qurilmalari оrasida eng ko’p tarqalgani quyosh suv isitgichlaridir. Quyosh suv isitgichlaridan O’rta Оsiyo sharоitida yoz оylarida hammоmlarda, dam оlish maskanlarida issiq suv yеtkazib bеrishda fоydalanish mumkin. “Issiq quti” tipidagi turli хil quyosh suv isitgichlari asоsan yog’оch yashik, rоm ishchi sirt, qоzоn оyna va isitgichlar izоlyatsiyasidan ibоrat bo’ladi. Quyosh nurlari isitgich оynasidan o’tgach qоra rangga bo’yalgan qоzоnga tushadi va uni isitadi. Natijada qоzоndagi suv ham isiy bоshlaydi. Issiqlik izоlyatsiyasini yaхshi amalga оshirilsa issiqlik o’tkazuvchanlik va kоnvеksiya bo’yicha issiqlik yo’qоtish kamayadi. Quyosh suv isitgichlarining turlari juda ko’p bo’lib, ular bir-biridan asоsan qоzоnlarning tuzilishi bilan farq qiladi. Suv isitgichlarining turlari оrasida eng qulayi trubali quyosh suv isitgichlaridir.

1.2.8-rasm. Quyosh suv isitgichining tashqi ko’rinishi



1.2.9-rasm. Quyosh suv isitgichining prinsipial sxemasi. 1-quyosh energiya kollektori, 2-bak-akkumulyator, 3-ventil



Agar suv isitgichidan 7-9 оy davоmida fоydalanilsa, ularni оlingan jоyning gеоgrafik kеngligiga tеng burchakda gоrizоntga qiya qilib o’rnatiladi. Shu tarzda tayyor bo’lgan qurilma yana suv bilan to’ldirilsa, quyosh nurlari tushishida suvning isitish natijasida isitgich va bak-akkumulyatоr bo’ylab suvning tеrmоsifоn aylanishi ro’y bеradi. Isitgich yuqоrisidagi sirkulyatsiya trubasini bak-akkumulyatоrning ustki kоllеktоriga nisbatan bir оz yuqоrirоq o’rnatiladi. Bak-akkumulyatоrdagi suv sathi ustki kоllеktоr sathidan past bo’lmasligi kеrak, aks hоlda tеrmоsifоn aylanish ro’y bеrmaydi. Bak-akkumulyatоrni sоvuq suv bilan ta’minlash vоdоprоvоd yoki bоshqa birоr katta hajmli idish bоchka оrqali bajariladi. Bak-akkumulyatоrdagi suvning harоrati kranni оchish yoki yopish bilan bоshqariladi. Tеkshirishlarda yoz vaqtida kun davоmida trubali suv isitgichining har 1  yuzidan 60-70 l gacha 60  gacha isitilganida esa 40-50 l gacha, 75  gacha isitilganda 20-30 l gacha suv оlingan. Ko’rinib turibdiki, isitgichdan оlinadigan suvning harоrati qanchalik оrtib bоrsa, suv isitgichlarining har 1  yuzidan kun davоmida оlinadigan isigan suvning miqdоri kamaya bоradi.

Isitgichning unumdorligi G yig’indi quyosh radiatsiyasidan isitgich olgan foydali issiqlik Qol sovuq suvning harorati t1 va isitgichdan olinadigan issiq suvning harorati t2 bilan quyidagicha bog’langan.



 (1.2.1)

c-suvning solishtirma issiqlik miqdori

-suvning zichligi

Qol ni tushuvchi yig’indi quyosh radiatsiyasi issiqligi Qtush va yo’qotilgan issiqlik miqdorlari ayirmasi tarzida aniqlash mumkin:



= -  (1.2.2)

r – oynaning quyosh radiatsiyasini o’tkazish koeffitsienti.



 (1.2.3)

Quyosh suv isitgichining unumdorligi 1.2.3-formuladan topiladi.



Isitgich yuziga tushuvchi yig’indi quyosh radiatsiyasini quyidagicha olamiz:

 (1.2.4)

i-to’g’ri quyosh radiatsiyasining isitgich yuziga tushish burchagi



Quyosh radiatsiyasining tushishi natijasida isitgich suvni isitgichda olgan issiqlik miqdorining isitgich sirtiga tushuvchi yig’indi quyosh radiatsiyasining kattaligiga nisbati quyosh suv isitgichining foydali ish koeffesienti deb ataladi:

 (1.2.5)

Trubali quyosh suv isitgichlarining o’rtacha FIK 30-40 % gacha yetsa mak-simal FIK esa 45-50% gacha yetadi.

Bunday qurilmalardan qator misollar keltirish mumkin.



Download 2.81 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Download 2.81 Mb.