Buxoro davlat universiteti




Download 2.81 Mb.
bet5/18
Sana19.05.2021
Hajmi2.81 Mb.
#14528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Quyosh energiyasi. Yer sayyorasida insoniyat mavjud bo’lganidan buyon quyosh energiyasidan foydalanib keladi. Mana 5000 yildirki, odamlar quyoshga yerning asosiy energiya manbasi, yorug’lik, issiqlik, oziq-ovqat va hayot asosi deb qaraydi.

Hozirgi zamon texnologiyalari quyosh energiyasidan elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishga imkon beradi. Ma’lumotlarga ko’ra, 2003-yilda dunyo bo’yicha eng yirik quyosh kollektorlarining umumiy maydoni AQShda 10mln kvadratga, Yaponiyada 8 mln kvadratga yetgan. Yevropa mamlakatlarida ham bu borada namunali ishlar olib borilmoqda.

Bilamizki, quyosh eng yaqin yulduz, usiz bizning sayyoramizda hayot bo’lishi mumkin emas. Kishilar o’zining kundalik hayotida quyosh energiyasidan u yoki bu usul bilan bu haqda o’ylab ham o’tirmay, foydalanadilar. O’zbekiston quyosh energiyasidan foydalanishda katta salohiyatga ega. Mamlakatimizning iqlim sharoitlari quyosh energiyasidan foydalanish uchun juda qulay. “Fizika-Quyosh” instituti mutaxasislarining hisob-kitoblariga ko’ra, O’zbekiston hududiga tushadigan quyosh energiyasining miqdori, o’rtacha hisob bilan aytganda, mamlakatda boshqa manbalardan olinadigan energiyadan 4 barobar ko’p ekan. Ekspertlarning fikriga ko’ra, aynan quyosh energiyasidan foydalanish aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash, mamlakatning bir qator uzoq hududlarini yanada jadal rivojlantirish masalalarini tez hal qilishga imkon beradi. Shu bilan birga, O’zbekiston kristalli kremniy olish uchun xom-ashyo zahiralariga ham ega. Uning asosida butun dunyoda 90 % fotoelektrik modullar ishlab chiqariladi. Kremniy konlari Jizzax va Samarqand viloyatlarida mavjud. Ushbu resurs bazasi quyosh energetikasi sohasida muhim jamlovchi mahalliy ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun imkon yaratadi.

O’zbekiston tabiiy gazning yirik zahiralariga ega bo’lganligi uchun energiya resurslariga jiddiy ehtiyoj yo’q. Shuningdek, mamlakat rivojlangan energetika infratuzulmasiga ega, elektr va gaz tarmoqlari deyarli barcha aholi joylariga yetkazilgan. Hamda aholi va korxonalar haligacha past narxlar bo’yicha energiya bilan ta’minlanmoqda. Aynan energiyaning past narxi hukumat energetika siyosatining asosiy ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Lekin bu ustuvor vazifalarni ado etish qimmatga tushyapti. Energiya resurslariga dunyo miqiyosida narxlar oshayotgan bir paytda quyosh energiyasi imkoniyatlaridan foydalanish –bu energiyani istemol tuzilmasining samaradorligini oshirishi mumkin.

Quyosh energetikasi markazlashtirilmagan ta’minotini rivojlantirish uchun asos bo’la olishi va energetika infratuzilmasiga jalb qilinadigan investitsiyalarni qoplashdagi sifat va ishonchli muammolarni hal qilishi mumkin. Uzoqda joylashgan va kam energiya talab qiladigan obyektlarni energiya bilan ta’minlashda quyosh energetikasi juda qulay.

Quyosh energetikasini rivojlantirish O’zbekiston uchun juda foydali, chunki shu orqali tabiiy gaz istemol turlari saqlab turiladi yoki qo’shimcha zahiralarni eksport uchun ajratiladi. Ayni paytda tabiiy gazning 60 % o’z istemolchilarimiz va “O’zbekenergo” DAK korxonalariga yetkazilyapti. O’zbek tabiiy gazining eksport narxi 2015 yil 1- oktabr holatiga ko’ra, 1 ming metr kub uchun 220-250 AQSh dollorini tashil qiladi. Bozorimizda esa bu narx 57,1-45,9 AQSh dolloriga teng. Agar O’zbekistonda quyosh energetikasini rivojlantirib, ichki bozordagi gaz ehtiyojini hech bo’lmaganda 1 % ga kamaytirsa, mamlakatimiz har yili gaz eksportidan 130-149,5 mln dollorga yaqin daromad oladi. Bu daromad quyosh energetikasini rivojlantirish uchun sarflanishi mumkin. Masalan geliotizimlarning qulayligini grantlar, subsiya va imtiyozli kreditlar orqali oshirish tufayli quyosh energetikasi rivojlantirishga qiziqtirsa bo’ladi.

Tabiiy gaz uchun eksport narxlari oshsa, O’zbekiston energetika sohasidagi uzoq muddatli siyosatini real maqsadga erishish uchun mamlakatda gazdan foydalanish hajmini quyosh energiyasidan foydalanishni kengaytirish hisobiga qaratishi mumkin. Bu borada qabul qilingan maqsadli ko’rsatkichlar, masalan, muayyan muddat ichida gaz ishlab chiqarish hajmini 0,1-0,2 % kamaytirish kabi doimiy ravishda qayta o’zgartirilib turilishi talab etiladi.

Shuningdek, bugungi kunda aholini markazlashtirilgan isitish tizimi bilan ta’minlash va issiq suv narxlarini subsidiyalash uchun ko’p xarajat sarflanmoqda. Lekin bu subsidiyalar ko’p qavatli uylarda joylashgan geliouskunalarda issiq suv ishlab chiqarish uchun ishlatilsa, bir xil natija bermoqda. Toshkent issiqlik ta’minot korxonalarida amalga oshirilgan bir qator ko’rgazmali loyihalar natijalari shuni ko’rsatadiki, quyoshli markazlashtirilgan suv isitkichlari bilan korxonalarda uglevodorot yoqilg’isini yoqish yo’li bilan olingan 1 kwt energiyaning narxlari bir xil.

Yuridik shaxslarni geliouskunalarni olib kirishdagi bojxona to’lovlari va qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qilish, suv isitish va elektr tokini ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan import qilinayotgan quyosh tizimi uskunalarining narxini ancha pasaytirishga imkon beradi va ularni istemolchi uchun arzon qilib qo’yadi. Masalan, bugungi kunda import qiluvchi JanubiyKoreya Respublikasida ishlab chiqarilgan 500-1000 W geliouskunalarni 1500-2500 AQSh dollori narxida taklif qilinmoqda. Agar ko’rsatilgan imtiyozlar kiritilsa, unda uning narxi 700 dollorgacha pasayadi. Bu esa uskunalarning sotilish muddatini qisqartiradi va quyosh energetikasining investitsiyaviy qulayligini oshiradi.

Quyosh energetikasini rivojlantirish geografiyasiga qaraganimizda rivojlangan mamlakatlar katta muvaffaqiyatlarga erishganini ko’ramiz. Chunki u yerlardagi texnologik imkoniyatlar qator muhim sharoitlar bilan ta’minlangan. Bu birinchidan, elektr energiyasi va energiya yetkazuvchilar uchun narxlarning yuqoriligi, ikkinchidan, markazlashtirilgan energiya ta’minot tizimlariga ulanish uchun xarajatlarning yuqoriligi, jumladan, infrastrukturalarning rivojlanma-ganligi, uchinchidan, korxona va uy xo’jaliklaridaquyosh energiyasidan foydalanish uchun to’lashqobiliyatining mavjudligidir. Xususan, bunday mamlakatlar qatoriga Yaponiya, Germaniya, Xitoy, Hindiston, Turkiya va boshqa mamlakatlar kiradi. Bu mamlakatlarda an’anaviy energiya ta’minotining cheklanganligi, qayta tiklanuvchi energetikaning rivojlanishini rag’batlantiradi. Lekin bu mamlakatlarda ham quyoshli energetika bozorini yaratish va kengaytirish faqat hukumatning faol aralashuvi bilan hal qilinmoqda. Tadqiqotlar va ishlanmalarga ketadigan investistiyalardan tashqari, energiya narxlari o’rtasidagi uzilishlarni an’anaviy manbalardan olinadigan va qayta yaratilgan quyosh energiyasi o’rtasidagi energiya narxlarini davlat qoplaydi.

Quyosh energiyasini rivojlantirishga nisbatan davlat siyosati, avvalambor, bu energetika ― strategik ahamiyatli yo’nalish yoki energiya tejash, ekologik siyosat, energiya zaxiralarini konservatsiyalash siyosati dasturlarining bir asosi sifatida ko’rib chiqishiga bog’liq. O’zbekistonda nisbatan yirik energiya resurs zaxiralarining mavjudliginihamda rivojlangan energetika infratuzilmasini rivojlanishi strategik ustuvor bo’ladi deb aytishqiyin. Lekin yaqin 5–10 yil ichidaquyosh energetikasi qayta tiklanuvchi energetika turlari kabi energiyani tejash va energiya resurslarini konservastiyalash, eksport uchun va boshqa sohalar uchun xom ashyo sifatida uglevodorodlarni ajratib olish siyosatining muhim birqismi bo’lishi mumkin. O’zbek tabiiy gazi uchun eksport narxlari oshsa, “quyosh muqobilligi” juda qo’l keladi. Uni amalga oshirishda O’zbekistonda boshqa mamlakatlar kabi iqtisodiy rag’bat va ma’muriy mexanizmlarni uyg’unlashtirish lozim.



Download 2.81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 2.81 Mb.