Muqobil energiya manbalaridan foydalanib ishlovchi qurilmalar




Download 2.81 Mb.
bet7/18
Sana19.05.2021
Hajmi2.81 Mb.
#14528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
1.2. Muqobil energiya manbalaridan foydalanib ishlovchi qurilmalar

Muqobil energiya manbalari bilan ishlovchi qurilmalar yildan-yilga ancha ko’payib, takomillashib bormoqda. Hozirgi kunda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining hayotdagi o’rnini va foydasini insonlar ancha tushunib olganlar. Shu sababli bunday qurilmalarga juda ko’p misollar keltirish mumkin. Masalan shamol bilan ishlovchi qurilmalar, ularga quyidagilar kiradi:



Shamol generatori (shamol energiyasini o’zgartiruvchi yoki shamol elektrostansiyasi)-qurilmasi shamol energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi qurilma. Qurilmaning ichki va tashqi tuzilishi quyidagi 1.2.1-rasmda ko’rsatilgan:

1.2.1-rasm. Shamol generatorining ichki va tashqi tuzilishi

Shamol generatorini quyidagi 2 ta turga ajratish mumkin: Oraliq va xo’jalik (kamdan kam hollarda) bunday turdagi generatorlar davlatda yoki katta korxonalarda shamol elektr stansiyalari o’rnatishda ishlatiladi. Uning an’anaviy (issiqlik, atom) ishlab chiqarishdan farqi butunligicha chiqindisiz xom-ashyo olishdir. Shamol elektrostansiyalari uchun yagona, muhim talabi yillik yuqori shamol darajasi. Odatda shamol generatorining quvvati 6 MW gacha bo’ladi.[7]

Hozirgi ba’zi davlatlarda har bir uyda o’zlariga yetarlicha elektr energiya yetkazib beruvchi kichik shamol elektrostansiyalari mavjud.

Bitta uncha katta bo’lmagan uyni energiya bilan ta’minlash uchun 8 m/s tezlik bilan esayotgan shamoldan 1kW quvvat olishning o’zi yetarli.

Agar shamol bo’lmagan taqdirda ham generatorni fotoelektrik qurilma yoki dizelli qurilma bilan to’ldirib turish mumkin. Generatorning vertikal aylanuvchi parraklariga ham kichik aylantiruvchi parrakchalar o’rnatish mumkin. Masalan Dare trubinasi Sovoniusa rotori yordamida ishlaydi. Ular bir-biriga xalaqit bermay bir-birini to’ldiradi.



Shamol qabul qilgich qurilmalarning ko’pgina turlari mavjud:

  • shamol yo’nalishiga parallel bo’lgan gorizontal o’qi orqali aylanish (shamoli melnista turiga o’xshash);

  • shamol yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan gorizontal o’qi bo’yicha aylanish (suvli g’ildirak turiga o’xshash);

  • shamol oqimiga perpendikulyar bo’lgan vertikal o’qi bo’yicha aylanish (Dare rotori)

Quyida shamol energetik qurilmasining sxemasi keltirilgan(1.2.2-chizma)

1.2.2-chizma. shamol energetik qurilmasining sxemasi. a) gorizontal o’qi bilan aylanish;b) vertikal o’qi bilan aylanish.



Asosiy bo’g’inlar: shamol g’ildiragi, boshcha suyanchiq, suv ko’targich qurilmasi. Ko’p va katta aylanish momentlari bilan sekin yuruvchi ishlash hususiyatiga ega va hech qanday qo’shimcha qurilmalarsiz shamol yo’nalishi bo’yicha o’rnatiladi.

Boshcha mushtga va richagli tizimi yordamida shamol g’ildiragini aylanish harakatdagi valning nasos yuritish og’irligining qayta-tutish harakatiga aylantirish bilan ta’minlaydi. Suyanchiq 3 ta bo’g’indan tashkil topgan. Uning yuqorigi qismida boshcha shamol g’ildiragi bilan qotiruvchi flanest mavjud, asosiy qurilmani ta’mirlashda gruntga cho’ktirilgan nasosdan foydalanilgan, hamda suv bosimli trubadan tashkil topgan.[6]

Shamol qurilmasining yuklanishdan shamol tezligining 7 m/s dan oshmaganda himoya shamol g’ildiragining og’dirilishi hisobiga amalga oshiriladi.

Sekin yuruvchi ko’p shamol dvigatellari yog’och yoki metalldan ishlanadi. Foydali ishni faqat g’ildirakning birgina qismining lopastlari ishlab chiqaradi, boshqa qismi esa unga qarshilik ko’rsatadi. Bu g’ildirakning o’lchamini katta qilib ishlashga majbur qiladi. Bunday shamol dvigatellarini FIKi 0,08-0,1.



1.2.3-rasm

Tez yuruvchi shamol dvigatellari odatga ko’ra-ko’p kuraklar (2 ta yoki 3 ta qanotlari bilan). Kuraklar har xil ob-havoga chidamli, baquvvat va yengil qilib po’lat, alyuminiy, plastmassa materiallari yoki maxsus daraxt navidan ishlanadi. Bunday shamol dvigatiellari shamol energetikasi qurilmalarida elektr energiya olish uchun qo’llaniladi. Qattiq shamol, bo’ron va shtorm paytida markazdan qochma kuchlar dvigatellarining lapastlarini buzishi mumkin, shuning uchun ShEU sostaviga flyugerning joylashishiga qarab bir vaqtning o’zida lapastlarning o’girilishi uchun maxsus qurilmalar o’rnatiladi. Ularning FIKi (shamol energiyasining ishlatilishi) yetarlicha baland: 0,3-0,46.

Shamol resurslarining xaritalarini shamolning o’rtacha yillik tezligi haqidagi meteo ma’lumotlarni statistik qayta ishlash yordamida topiladi, hamda ularni anemometrlarning standart balandlikka keltirish (yer sathidan 10 m balandda) bunda hisobga eng yaxshi ochiqlik hududlar bilan meterostanstiyalarni oladi. Yo’nalishlar bo’yicha shamolning taqsimlanishini hisobga olish, odatga ko’ra o’tkazilmaydi.

Shuning uchun har bir aniq joyda shamol potenstialini aniqlash uchun releflarni hisobga olish zarur, orfografiyani, hududning g’adur-budurligini, uning ochiqligi, daryo ustidagi sathni va boshqalarni, ya’ni shamolning kuchiga va yo’nalishiga ta’sir etuvchini shamol energiyasini mavsumlarda o’ziga xos ravishda notekisligi va aniq vaqtda davomiy emasligini hisobga olgan holda, bundan esa, haqiqiy shamol potenstialini baholashga va shamol elektrstanstiyasini montaj qilish uchun samaraliy maydon tanlashga maxsus ishlar olib borish kerakligiga kelib chiqadi.

Respublikaning shamol energetik potenstiali tahlili shuni ko’rsatdiki, kichik ismte’molchilar soni ko’p bo’lgan hududlarda, yaxshi shamol mavjud emas. Bu joylarda shamol tezligi 3-4 m/s dan oshmaydi. Aksincha shamol potenstialiga ega bo’lgan hududlarda iste’molchilar mavjud emas, shamol potenstiali tezligi 10-12 m/s va asosan poyalar orasida, g’orlarda va murakkab joylarda (borish yoki chiqish qiyin bo’lgan). Respublika hududida shamol potenstiali uncha yuqori emas va uning tezligi 2-5 m/s oralig’idadir.

O’zbekistonda kichik quvvatli (1-5 kVt) shamol energetik qurilmalarini qo’llash orqali, respublika shamol energetikasi istiqboli belgilanadi.

Shamol energiyasidan sho’r suvlarni chuchuk suvga aylantirishda foydalanish mumkin. Ishlab chiqarishda UVE-0,5 turdagi chuchuklashtiruvchi shamol energetik qurilmalari ishlab chiqariladi. U quyidagi tartibda ishlaydi: bitta (suv ko’taruvchi) nasos sho’r suvni filtr orqali rezervuarga uzatadi, boshqasi esa rezervuardagi suvni chuchuklashtiruvchi apparatdan o’tkazadi. Qurilma ishlashida generatorda katta oraliqlarda yuklanish va tok chastotasi o’zgarishiga mo’ljallangan.

Hayvonlar ushlab turiladigan joyni isitishga mo’ljallangan, Ayova shtatining firmalaridan birida tayyorlangan, shamol energiyasidan mexanik foydalanishga mo’ljallangan issiqlik qurilmalari ham mavjud. U katta rezervuarda joylashgan qurilmani aylanishiga majbur qiladi. Aylanish natijasida rezervuardagi suv 450Cgacha isiydi. Suvli isitishning sig’imi umumiy tizimi 2270 litrni tashkil etadi. Shamol energetik qurilmalari (ShEU) isitkichlarning 32% quvvati bilan ta’minlaydi, qolganlari esa issiqlik almashinishi turi “suv-havo” turiga to’g’ri keladi.

Shamol energiyasini mikroklimatning muzlatkich kameralarida kerakli parametrlarni ushlab turish uchun, qishloq xo’jalik mahsulotlarini tog’li-toshli trassalarga yuvish, trassaga o’g’itlarning olib kelinishi va boshqa maqsadlar uchun ishlatish mumkin.

Shamol qurilmasi yordamida (1.2.4-rasm) xo’l havodan ichimlik suvi olinadi, uning ishlab chiqarilishi katta emas. (15-21 litr bir sutkada). Ammo past suvsiz hududlarda (masalan, orol oldi zonalarda) bunday qurilmalar ichimlik suvini avariyali holatda ishlatilishi mumkin.



1.2.4-rasm. Namlikning havodan kondensastiyasi uchun shamol qurilmasining sxemasi.

1 – shamol turbinasi; 2 – quritilgan havosini yo’qotish uchun shaxta; 3 – namlikning havodan chiqib ketish darajasini aniqlash uchun qurilma; 4 – havo o’tkazgichlar-issiqlik almashinuvchilar; 5 – havoning filtr bilan changlanmasligi shamol obrazli stoyak; 6 – klapon; 7 – suvni yig’ib olish uchun rezervuar.

Qurilmaning dvigateli shamol turbinasi. U atmosfera shamolini chang-lanmaslik filtori bilan yutib oladi. Keyin havo yer osti issiqlik almashinuvchiga tushadi, u yerda namlik kondensastiyalanadi. Issiqlik almashinuvchiga o’zi bilan diametri 37 mm bo’lgan alyuminiyli shamol o’tkazgichni tashkil etadi. Har bir turbaning uzunligi 6 m.

Bu maqsadlar uchun shamol qurilmasining mexanik sekin yuruvchi ko’p pog’onali suv ko’targichi ancha yaroqlidir, ular umuman olganda hamma yerda o’rnatilishi mumkin, ya’ni shamolning o’rtacha tezligi 3 m/sdan kam bo’lmagan joyda.

Izolyastiyalangan qabul qilgichlarning odatda qishloq joylarida joylashganlarning elektr bilan ta’minoti uchun quvvati katta bo’lmagan bo’lgan shamol elektrikagregatlarni qo’llash to’g’ri deb hisoblanadi, ular shamolning o’rtacha yillik tezligi 4-5 m/s dan kam bo’lmagan paytda ishlay oladi.

Bunday hollarda bir vaqtning o’zida energiyaning rezerv manbaini akkumulyatorlarni yoki dizel – elektr agregatlarni qo’llash foydadan holi emas, bu esa shamol energiyasining qo’llanishi foydasini kamaytiradi.

Agar shamol qurilmasining to’plamiga energiya akkumulyatori kiritilgan bo’lsa, unda u shamolning yetarli katta tezligida energiya tejaydi va qabul qilgichga shamolning pasayishida beradi. Ammo elektrkimyoviy akkumulyatorlar nisbatan katta bo’lmagan 20-30 kw energiya sig’imiga ega. Shuning uchun shamol qurilmalari akkumulyatorlar bilan ko’pincha quvvati 1 kVt dan kam bo’lmagan qurilmalarda qo’llaniladi. Katta quvvatga ega bo’lganda energiya ta’minotining xavfsizligini oshirish uchun eng yaxshi yo’li bu viomal agregatlarning quyoshli fotoelektrik stanstiyalari, kichik va mikro GES lar va biogazli qurilmalar bilan bir yagona energiya kompleksga birlashtirishdir.



Yirik shamol stanstiyalarning qurilishi umumiy elektrosetga ishlovchi yoki faqatgina yirik qishloqlar uchun elektr bilan ta’minlash, faqatgina birgina holatlarda o’ringa ega, chunki mavjud bo’lgan shamol rozasi va uning energetik potenstiali katta emas.

Hozirgi vaqtda quyoshli fatoelektrik o’zgartirgichlarning iqtisodiy ko’rsatgichlari bo’yicha energiya olishning an’anaviy usullari bilan raqobatlasha olmaydi. Shuning uchun ularning amaliy qo’llanilish sohasi elektrouzatma-larning markazlashgan chiziqlaridan elektr energiya keltirilishi murakkab avtonom dizel-generatorlar uchun yoqilg’i keltirish esa iqtisodiyot tarafdan maqsadga muvofiq bo’lmagan joylarda joylashadigan kichik avtonom uskunalar hisoblanadi. [7]

Quyosh energiyasidan foydalanishga aniq misollar: haydaladigan yaylovlardagi cho’ponlar uylarini, ko’chmanchi asalarichilikda pasekali elektr jixozlarini energiya bilan ta’minlash, gidrometerorologik va radiogeodezik stanstiyalar apparaturasini qiyin yetib boradigan joylarda (tog’ va cho’lli) elektr bilan ta’minlash, mini-sovutgichlarni vaksinalar, zardoblar va boshqa tibbiy moddalarni qishloq hududi va dala gospitallarida saqlash va tashish uchun, suvdagi navigatsion belgilar va quduqlardagi drajli belgilarni, dala sharoitlarida akkumulyatorlarni zaryadlash uchun elektr bilan ta’minlash.

Bu hollarda birinchi o’rinda quyosh fotoelektrik o’zgartirgichlarning boshqa yaxshi xossalari bo’ladi: ishonchliligi, avtonomligi, mobilligi, shovqinsizligi, ekologik tozaligi, xizmat ko’rsatishga zarurat yo’qligi, uzoq kafolatli xizmat muddati, tashishda ixchamligi va h.k.

Ko’rsatilgan maqsadlar uchun quyosh energiyasining eng istiqbolli maqsadlaridan biri – kremniy asosidagi quyoshli elementli ko’chma yoki mobil fotoelektrik uskunalarni hosil qilish bo’lib, u FIKI 15% va quvvati 2 - 100 Vt gacha bo’lgan quyosh sochma nurlanishini to’g’ri va tashkil etuvchanligini energiyasini o’zgartiradi. Pastki quvvat chegarasi SB li keng ommaviy avtomobil akumulyatorlarini o’zaro tutashish imkoniyati bilan bog’liq bo’lib, u kechki payt foydalanilganda energiyani akkumulyastiyalash uchun mo’ljallangan yuqorigi qiymat yengil avtomobil yoki hayvonlar masalan, yo’l bo’lmagan sharoitlarda otlar yordamida tashilganda elektik uskunalar og’irligi bilan o’lchanadi.

1.2.5-rasm Avtonom ko’chma quyoshli elektr ta’minot manbaining tashqi ko’rinishi.



Avtonom quyoshli elektr ta’minot manbasi quyoshli fotoelektrik batareyali yig’ma paneldan iborat uskuna ko’rinishida bo’ladi. Quyoshning birinchi yarmida elektron boshqarish bloki yordamida akkumulyatorni zaryadlash amalga oshiriladi. Elektron o’zgartirish bloki elektr ta’minot manbasidan chiqishda 20 wt quvvatli 220 Vli doimiy kuchlanishlar olishga imkon beradi. Uskuna korpusi yelka usti kamari bilan ta’minlangan. Akkumulyator kunning yorug’ va qorong’i vaqtida ish bilan ta’minlash imkonini beradi.



1.2.6-rasmAvtonom quyoshli elektr ta’min manbasining strukturali sxemasi:

1 – quyoshli batareya; 2 – akkumulyatorni zaryadlash va zaryadsizlashni nazorat qiluvchi uskuna; 3 – tok bo’yicha o’ta yuklanishda himoyalovchi uskuna; 4,5,6 – kuchlanish stabillashtiruvchilari; 7 – 12Vli doimiy tokni 220 Vli o’zgaruvchan tokka kuchlanish o’zgartirgichi (invertor).

Fotoelektrik batareyalar va akkumulyatorning kuchli metall himoyasi sababli AQEM zarb ishonchliligiga va vibratstiyaga bardoshlilikka ega bo’lib, bu undan turli-tuman va og’ir tashish sharoitlarida va tez-tez qayta dislokastiya vaqtida foydalanishga imkon beradi.

Quyosh batareyasini burganda va uni quyosh orientirlaganda 28 A.s hajmli 24BSSA 38RS akkumulyatorini zaryadlash amalga oshiriladi. Akkumulyatorni avtomatik zaryadlash uchun “zaryad-zaryadsizlash” nazorat uskunasi yoqilib, u zaryad toki va kuchlanish kattaligini kuzatadi, bu bilan akkumulyator uchun zararli bo’lgan qayta zaryadlash tartibini oldini oladi, shuningdek, oldingi panelga chiqarilgan yorug’lik diodidagi tablo yordamida akkumulyatorning zaryadlanganlik darajasi haqida xabar beradi.

Ishlab chiqilgan avtonom quyoshli ko’chma elektr ta’minot manbaining ishlatilish sohalari turli-tuman, xususan:

  • Elektr britvalar, yoritish fanarlari, portativ radioqabul qilgichlar, magnitafon, televizor, audiopleyr, kofemaydalagich, mikserlar va boshqa maishiy texnikani elektr ta’minoti bilan ta’minlash;

  • Dala radiostanstiyalari va “Altay” turidagi radiotelefonlar, “Mitti” turdagi elektr nasoslar, dala stanlarining ichki va tashqi yoritilishi, yaylov va haydash chorvachiligidagi elektr ta’minot manbai;

  • Tibbiyot va veterinariyada vakstinalar, zardoblar va boshqa dori-darmonlarni saqlash va tashish uchun 12l gacha foydali hajmga ega termaparali sovutkichlar bilan birgalikda elektr ta’minot manbai;

  • Paseka elektr pichog’i uya romlarida tirqichlar ochuvchi elektrdrellar, ko’chmanchi asalarichilikda uya romlarini elektr yordamida o’stirish uchun elektr ta’minot;

  • Gidrometeroxizmat va giologoqidiruvdagi radioaloqa uskunalari apparaturasining elektr ta’minot manbai;

  • Dala sharoitlarida akkumulyatorlarni zaryadlash avtomobil kameralarini elektrovulkanizator yordamida tamirlash (masalan, avtoturist uchun).

AQEMdan turmushda va bir qator ishlab chiqarish maskanlarida foydalanish katta ahamiyatga ega, birinchidan bu markazlashgan elektr tarmog’idan uzoqdagi joylarni elektrlashtirishning eng ma’qul varianti. Ikkinchidan, AQEMdan maishiy ehtiyojlarda foydalanish chekka tumanlarda yoki cho’l joylarda yashaydagan kishilar xayotining sanitar-gigienik va ijtimoiy – maishiy sharoitlarni yaxshilaydi. Uchinchidan, galvonik elementlar tejaladi va atrof-muhitni ifloslanishi bartaraf etilishi hisobiga saqlanadi. To’rtinchidan, radio va telealoqa portativ va mobil vositalarning hisobiga ishlab chiqarish aloqadorligining tezkorligi oshadi. Beshinchidan, dala sharoitlarida tibbiy xizmat ko’rsatish sifati oshadi. Nihoyat, AQEM-3 tabiatlarida, baliq ovi va ovda juda zarur.



1.2.7-rasm. Quyosh fotoelektr batareyasining yuklanish volt-amper tavsifi (VAT) va uni quvvati R ning Epod=810 Vt/m2 va t=10 ‘Cdagi yuklanishda kuchlanishning bog’liqligi.

AQEMdan foydalanish iqtisodiy tarafdan ham ma’qul. Masalan, bahorgi yoz-kuzgi davrdagi 1 fasllik ish (8-9 oy) davomida AQEM shuncha elektr energiya ishlab chiqaradiki, bunda 3-5 ming ORION turdagi galvanik elementlardan energiya olish mumkin.

QTEM eng katta yutug’i mamlakat energota’minotida doimiy, mustahkam tizimda ishlashi, ayniqsa yuqori darajada elektr ta’minoti zarur obektlarini favqu-lodda holatlarda uzluksiz ta’minlash, ya’ni tabiiy noxush xodisalar kuzatilganda yoki maxsus qiruvchilik xarakati inson tomonidan hosil qilingan hollarda.



Yuqoridagilarni hisobga olib, birinchi navbatda QTEM foydalanishni ekologik iflos regionlarda, atrof-muhitga zararli chiqindilar tashlaydigan sohalarda, sotsial-iqtisodiy qishloq xo’jaligi sektorida, sog’liqni saqlash va sostial sektoriga mansub obektlarda, tarqoq holdagi obektlar elektrota’minotida, ayniqsa Orol dengizi xududida, kam o’zlashtirilgan mineral xom ashyoga boy maydonlarda qo’llash maqsadga muvofiqdir.

AQEM namunaviy ro’yxati 1.2.1.-jadvalda keltirilgan turli uskunalarning ishga yaroqliligini ta’minlaydi.


Jahon va mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish o’z navbatida atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan, ekologik toza va arzon energiya manbalariga bo’lgan ehtiyojni kuchaytirmoqda. Shuning uchun ham ko’p, arzon, ekologik toza va tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish eng dolzarb muammalardan biridir. Ushbu muammoni hal etishga kirishish mamlakatimizda energetika xavfsizligini mustahkamlaydi, atrof-muhit ifloslanishini kamaytiradi va global iqlim o’zgarishini oldini oladi.

Yoqilg’i-energetik kompleksi sistemasi bu qazilma jarayonlari va ilk energoresurslarning o’zgarish jamlanmasi bo’lib, ba’zi bir so’nggi mahsulotlarga bo’lgan ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog’liq.

Ilk energoresurslarga ancha davrdan beri qo’llanib kelinayotgan: neft, gaz, ko’mir, atomli energoresurslar va gidroenergiya hamda noan’anaviy qayta tiklanuvchi energoresurslar kiradi.

Ilk qazilma energoresurslar istiqboli quyidagilar orqali aniqlanadi:



  • So’nggi mahsulotlarga bo’lgan bozor ehtiyojlari [ elektr energiyasi, isitish energiyasi, motor yoqilg’isi, kimyo uchun uglevodorodli va uglevodorotsiz xom-ashyo, qimmatli komponentlar (oltingugurt, geliy, vanadiy, nikel va boshqalar), bevosita foydalanish uchun yoqilg’i]

  • So’nggi mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida ilk energoresurslarning o’zaro texnologik aloqasi

  • Har bir so’nggi mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida u yoki bu energoresurslardan (iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy) foydalanishni afzal bilish.

Uglevodorodli xom-ashyo (neft, uglevodorod kondensati, tabiiy va neftli gaz, ko’mir) dunyodagi asosiy energoresurs manbasi bo’lgan va bo’lib qoladi.[4]

An’anaviy yoqilg’i turlarining (neft, ko’mir va gaz) yonishi natijasida atmosferaga chiqarilayotgan chang zarrachalari, oltingugurt, azot, uglerod oksidlari juda harakatchan, kirishuvchan, kimyoviy faol va oxir-oqibatda inson salomatligi uchun ham zararlidir. Ular planetamizning iqlim o’zgarishi va atmosferaning quyi qatlami troposferada harorat ko’tarilishining ham asosiy sababchisidir.

Yana bir e’tiborga loyiq holat, yer yuzida keyingi 40 yil mobaynida insoniyatning butun tarixi davomida foydalanilgan organik yoqilg’idan ham ko’proq yoqilg’i qazib olingan. Bugungi kunda yiliga tabiiy yoqilg’i ishlatish miqdori dunyo bo’yicha 12 mlrd tonna neft ekvivalenti (t.n.e)ga to’g’ri kelmoqda. Har yili ishlab chiqarish tarmoqlarining keskin rivojlanishi hisobiga neft, tabiiy gaz, ko’mir, uran kabi tabiiy boyliklar katta miqdorda muttasil ishlatilmoqdaki, natijada ularning zahiralari keskin kamayib bormoqda. Mutaxassislarning ma’lumotiga ko’ra dunyodagi energoresurslarni hozirgi darajada iste’mol qilinishi neft zahiralarini 45-50 yilda, tabiiy gaz 70-75 yilga, toshko’mir 165-170 yilda, qo’ng’ir ko’mir 450-500 yilda tugashi mumkin. Ma’lumotlarga ko’ra har yili sanoat tarmoqlaridan 5 mlrd dan ziyod is gazi, 300 mln tonnadan ortiq uglerod oksid gazi atmoosfera havosiga chiqarilmoqda. XX asrning 50-yillariga nisbatan ushbu miqdor 4 barovar ko’p va mazkur jarayon doim ortib bormoqda. [5]

Jahon va mamlakatimiz iqtisodiyotni rivojlantirish o’z navbatida atrof-muhitga zarar yetmaydigan ekologik toza va arzon energiya manbalariga bo’lgan ehtiyojni kuchaytirmoqda. Shuning uchun ham mo’l arzon ekologik toza va tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish eng dolzarb muammolaridan biridir. Ushbu muammoni hal etishga kirishish mamla-katimizda energetika xavfsizligini mustahkamlaydi, atrof-muhit ifloslanishini kamaytiradi va global iqlim o’zgarishini oldini oladi.

An’anaviy energetikada vujudga kelayotgan muammolarning istiqbolli yo’llaridan biri muammolarni yechishga imkon beruvchi noan’anaviy yangilanib turuvchi energiya manbalaridan foydalanishdir, bular:


  • An’anaviy issiqlik energetikasining atrof-muhitga salbiy ta’sirlarini kamaytirish

  • Birinchi navbatda, qishloq-tumanlarda yashovchi aholining talablarini amalga oshirish

  • Ma’lum hududda past potensialli organik yoqilg’ilardan foydalanish va uni kimyoviy sanoat xomashyosi sifatida saqlash



Download 2.81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Download 2.81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muqobil energiya manbalaridan foydalanib ishlovchi qurilmalar

Download 2.81 Mb.