Buxoro davlat universiteti




Download 2.81 Mb.
bet8/18
Sana19.05.2021
Hajmi2.81 Mb.
#14528
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Tabiiy gaz. Hozirgi kunda mamlakatimiz rivojlangan energetika resurslariga ega. Mamlakat tabiiy gaz qazib olish hajmi bo’yicha jahonda 10 ta yirik davlatlar qatorida joy olgan. Birlamchi yoqilg’i energetika resurslarini ishlab chiqarash hajmi 55 mln t.n.e. dan oshadi. Barcha ishlab chiqarish shakllardagi boshlang’ich energiyaning 85 % tabiiy gazga to’g’ri keladi. Uni ishlab chiqarish 1990-yildan 2004-yilgacha 1,45 marta ko’paygan va yiliga 38,1 dan 55, 8 mlrd metr kubni tashkil qilgan. Mamlakatdagi “O’zbekenergo” DAK tabiiy gazning yirik iste’molchisi hisoblanadi. Uning tabiiy gaz shaklidagi iste’moli 35 %ni tashkil etadi.

Undan ko’p bo’lmagan siqilgan tabiiy propan-butan va propilen ishlab chiqarishda foydalaniladi. Rasmiy statistika ma’lumotlariga ko’ra, 2010-yilda uglevodorodli siqilgan gaz ishlab chiqarish 8%ga ko’paygan 220 ming tonnani tashkil etgan. Tabiiy gaz Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistonga eksport qilinadi. O’zbekistonda rejalashtirilgan yillik tabiiy gaz iste’moli 2020-yilga qadar 32 mlrd metr kubgacha yetkazish orqali energiya tejamkorligiga erishish davlat dasturi ishlab chiqilgan.



1.1.1-rasm



O’zbekisitonning neft qazib olish zahirasi 82 mln tonna deb baholangan. Neftning va suyuq uglevodorodning kelajak resurslari 2005-yil 1-yanvar holatiga ko’ra 817,7 mln tonna va 360 mln tonna gaz kondensatini tashkil etadi. Aksariyat neft zahiralari Ko’kdumaloq koni 75-80% neft ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Neft konlari shuningdek, Farg’ona vodiysi hududi, Ustyurt va Orol dengizi atrofida mavjud.

1.1.2-rasm

Ma’lumotlarga ko’ra neft ta’minoti zahirasi 20-23 yillarga etishi mumkin. Lekin, neft ta’minotini ko’payishiga imkon yaratayotgan ko’p yangi suyuq uglevodorod konlarining rentabilligi pastligi uchun, uni qazib chiqarish samarali emas.

Neft va gaz kondensati ulushi birlamchi energiya ishlab chiqarishning qariyb 13 %ni tashkil etadi. Qolgan qismi asosan Angren, Yangi Angren, Toshkent, Sirdaryo issiqlik elektr stanstiyalari, qator qozonxonalar hamda mamlakat aholisi tomonidan foydalaniladigan ko’mir ulushiga to’g’ri keladi. O’zbekiston mustaqilligining daslabki yillarida amalga oshirilgan yoqilg’i mustaqilligini ta’minlashga oid tadbirlar tabiiy gaz, neft va gaz kondensatini qazib olishni ancha oshirish imkonini berdi. 1992-yilda gaz qazib olish 42, 8 mlrd metr kub neft qazib olish (jumladan gaz kondensati) 3,3 mln tonnani tashkil etgan bo’lsa, 2003-yilda 58,1mlrd metr kub gaz va 7,2 mln tonna neft qazib olindi.

Tabiiy gaz singari, neft sektorida ham kelgusiga suyuq uglevodorod zahirasi ta’minotini ko’paytirish zarur. Shu munosabat bilan 2004-yil “2005-2020-yillar uchun neft va gaz ishlari geologiya qidiruv strategik dasturi” qabul qilingan. Unda neft ta’minoti zahirasini ko’paytirishni 70 mln tonnaga va gaz kondensatini 66 mln tonna atrofida ta’minlash rejalashtirilgan.



Download 2.81 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Download 2.81 Mb.