• Pedagogik tizim
  • Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida




    Download 1.09 Mb.
    bet10/58
    Sana01.07.2021
    Hajmi1.09 Mb.
    #15328
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58
    1.2. Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida

    Bozor munosabatlariga asoslangan ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlaridan biri-ijtimoiy raqobatning paydo bo’lishidir. Ijtimoiy raqobat mavjud bolgan sharoitda mo’tadil faoliyat yuritish, raqobatga nisbatan ishchanlik immunitetini hosil qilish manfaatlar to’qnashuvida “omon” qolish, yuqori mavqe’ga ega bo’lish uchun imkoniyat yaratadi. Shu bois fuqarolarda ta’lim olish, nazariy va amaliy bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ongli yondashuv hissi qaror topmoqda. Bu esa ularda ta’lim olishga bo’lgan rag’batni hosil qilmoqda. Endilikda ta’lim olish, muayyan kasb-hunar yoki mutaxassislik ma’lumotlarini egallash, bu borada ma’lum ko’nikma va malakalarni shakllantirish hayotiy ehtiyojga aylanmoqda. Ta’lim olishga bo’lgan rag’bat va uning mazmuni ta’lim jarayoni muvaffaqiyatining garovi, kafolati bo’la oladi.

    Ta’lim olishga bo'lgan rag'bat o'quvchi hamda o'qituvchi ishtirokidagi o'quv-bilish faoliyati asosining shakllanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yaqin o’tmishda o’quvchining ta’lim jarayonidagi ishtiroki nazariy bilimlarni qabul qilib oluvchi va o’zlashtirilgan nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalarni namoyish etuvchi sub’ekt sifatidagi roli bilan kifoyalangan bo’lsa, ta’lim taxnologiyasi talablariga ko’ra o’quv ta’lim jarayonining etakchi sub’ekti, asosiy ijrochisi sifatida ko’rinadi. Endilikda o’quvchi o’qituvchi tomonidan uzatilayotgan axborot (bilim)larni qabul qilmaydi. Balki ta’lim beruvchining yo’llanmasi, ko’rsatmasiga muvofiq tavsiya etilgan o’quv manbalari bilan mustaqil ravishda tanishish orqali nazariy bilimlarni o’zlashtiradi, o’qituvchining nazorati ostida amaliy ko’nikma va malakalarni hosil qiladi. O’quvchi mustaqil faoliyat yuritish, nazariy bilimlarni o’zlashtirish asosida o’zida fikrni ilgari surish, dalillar keltirish, o’z fikrini himoya qilish layoqatini tarbiyalay olishi, o’z-o’zini tanqid qilish, o’z-o’zini baholash sifatlarini qaror toptira olishi talab etiladi. Davr talabi o’quvchini ta’lim jarayonining sust tinglovchisi bo’lishdan faol ishtirokchisiga aylantirishni taqozo etmoqda.

    O’quvchi faoliyati mazmunining to’laqonli yoritilishida ta’lim shakli, metod va vositalarininng ahamiyati katta. Zero, ular o’quvchining imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, bilim, ko’nikma va malakalarini aslidek, mavjud darajada yoritish uchun qulay shart-sharoit yaratib beradi.

    Ta’lim jarayoninig maqsadi DTS, o’quv rejasi dasturi, shuningdek, darslik, qo’llanmalarda belgilab berilgan muayyan mavzu hamda fan (yoki kurs)ninig o’ziga xos jihatlari, mavjud pedagogik shart-sharoitlar, o’quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari, ularning hayotiy ehtiyoji va qiziqishlari, ta’lim beruvchining bilim va malaka darajasi, dunyoqarashi, ijodkorligi vaziyatni baholay hamda unga muvofiq tezkor harakat qila olish layoqati va hokazo omillarni inobatga olish asisida belgilanadi.

    O’quv jarayonninig maqsadi tashxisli ravishda aniq va ravshan belgilanmog’i lozim. Ta’lim maqsadining bunday belgilanishi ma’lum qilingan vaqtda didaktik jarayonni tashkil qilish va amalgam oshirilish darajasi yuzasidan xulosa chiqarish imkoniyatini yaratadi.

    Maqsadning tashxisli belgilanishi quyudagi holatlar bilan tavsiflanadi:

    – shaxsda shakllantirilgan ma’naviy-axloqiy sifatlar hamda aqliy salohiyat shu darajada aniq va ravshan tasdiqlanadiki, natijada ularni shaxsning har qanday istalgan, mazkur vaziyatgacha bo’lgan vaqt oralig’ida shakllantirilgan sifatlaridan osonlik bilan farqlash mumkin bo’ladi;

    – shaxsning tashxislangan ma’naviy-axloqiy hamda aqliy sifatlarining shakllanganlik darajasini haqqoniy nazorat qilishga yonaltirilgan aniq usul mavjud bo’ladi;

    – shaxsning tashxislangan sifatlarini aniqlash yuzasidan olib borilgan nazorat natijalari asosida uning samaradorligini aniqlash mumkin bo’ladi;

    – o’lchov mezonlari asosida muayyan bilim, ko’nikma va malakalarning sifatini baholash ko’rsatkichlari mavjud bo’ladi.
    Ta’lim shakli o’qituvchi va o’quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan faoliyatlarning ma’lum ifodasidir.

    Pedagogik jarayon bilamizki, pedagogik tizim asosida o’tib boradi. Pedagogik tizim - bu tashkil etuvchilarning birlashtirilgan majmui bo’lib, ular o’zgarishlarda ham barqarorligicha qolaveradi. Agarda o’zgarishlar (yangilik kiritish) qandaydir mumkin bo’lgan chegaradan oshib ketsa, tizim buziladi, uning o’rniga yangi boshqa xususiyatli tizim yuzaga keladi.

    Bu tizimning tarkibiy qismlaridan har biri har qanday darajada elementlarga detallashtirib yoyib ko’rsatilishi mumkin.



    Qurilgan tizimning tarkibiy tuzilishi emas deb hisoblashga asoslarimiz bor. Ko’rsatib o’tilganlarga qo’shila olmaydigan pedagogik tizimning muhim tarkibiy qismlari, shuningdek, «Natijalar», «O’quv tarbiyaviy jarayonni boshqarish», «Texnologiya»lardan iborat.

    Pedagogik tizimning tashkil etuvchi tarkibiy qismi sifatida uni alohida omillar birligi ekanligini ta’kidlagan holda ko’pincha, o’quv tarbiya jarayonining texnologiyasini ko’rsatadilar. Bunday yondashish pedagogik tizim ko’zlangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan mustahkam tashkiliy texnologik kompleks bo’ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, pedagogik tizim har doim ham texnologiyadir. Ana shu belgisi bo’yicha pedagogik tizimni tarkibiy qismlar ixtiyoriy «To’plamidan» ajratib olish osondir. Texnologik - bu qat’iy tashkiliy mantiqqa bo’ysunuvchi imkoniyatlarini belgilovchi tizimning ichki sifatidir.

    Pedagogik tizimni takomillashtirishning asosiy yo’llari ikkita: intensiv va ekstensiv. Intensiv rivojlanish pedagogik sistemani ichki imkoniyatlar hisobiga, ekstensiv yo’l esa qo’shimcha kuchlar jalb etish - ya’ni, vositalar, asbob-uskunalar, texnologiyalar hisobiga takomillashtirishni ko’zda tutadi. Pedagogika texnologiyaning intensiv rivojlanish imkoniyatlari tugagan deb hisoblanadi: maktabning mavjudligi ming yilliklar davomida hamma yo’llarni sinab ko’rib bo’lgan, hozirgi pedagoglar nasibasi qaytarish, tarbiya mazmuni va vazifasini, mantiqiy chuqur esga olish, uning birlamchi asoslariga chuqur tushib borishdan iborat.

    Yana bir bor qaytarib aytamiz, agarda maktab hali o’lmagan bo’lsa, agarda u yashayotgan, rivojlanayogan va bolalarni o’qitayotgan bo’lsa, bu faqatgina o’zining konservativ tabiati hisobigadir. Ba’zi nazariyotchilar aytadilarki, juda yaqin vaqt ichida pedagogikada innovatsiya bir ma’noni - orqaga, o’tmishga, o’ylab va oqilona tarbiyalash, ma’naviy tarbiyalovchi, yangiliklarsiz va tirishishlarsiz tinch tizimga qaytishnigina bildiradi degan fikrni aytmoqdalar.

    Pedagogik tizimning ochiqlik, dinamiklik, maqsadga yo‘naltirilganlik kabi asosiy xususiyatlari uning shakllanib borayotganligini, mukammallikka intilayotganligini ko‘rsatadi. Hayotning turli jabhalaridagi qayta o‘zgartirishlar jarayonida u mukammallashadi, tarkibiy, funksional, tarixiy va boshqa yo‘nalishlarda rivojlanib boradi.

    Biz tadqiqotlarimiz davomida pedagogik tizimlarni tizimli tahlil qilish ikki kategoriyada amalga oshirilishi mumkinligini aniqladik, unda: sub’ektlar (ular o‘zaro ta’sirlashib, tizimning mavjudligiga asos bo‘luvchi maqsadga erishish uchun xizmat qiladi) va ob’ektlar (ular bilan ta’sirlashuv natijasida sub’ektlar shaxsiy funksiyalarini amalga oshiradi) orasidagi o‘zaro bog‘liqliklar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda ta’lim oluvchilar pedagogik tizimning sub’ektlari, ta’lim mazmuni esa uning ob’ektlari bo‘lib hisoblanadi. Ta’lim mazmuni sub’ekt ongi yordamida o‘zlashtiriladi va o‘zgartiriladi, shaxs tomonidan o‘quv faoliyati jarayonida dunyoqarashga, qadriyatlar hamda mohiyatlar, e’tiqodlar, texnik-texnologik tasavvurlar, bilim va ko‘nikmalar tizimiga aylantiriladi.

    Tizim elementlarini sub’ekt va ob’ekt kategoriyalariga ajratib olish printsipial jihatdan muhim bo‘lib, u sub’ektlar o‘zaro ta’sirlashuvining ahamiyatini, uning shaxslararo tavsifini, ya’ni shaxsning rivojlanishi faqatgina shaxslararo ta’sirlashuv natijasi sifatida amalga oshishi mumkinligini ta’kidlaydi.

    Olib borilgan tadqiqot ishlari va mavjud ilmiy nazariyalarga asoslangan holda aytish mumkinki, pedagogik tizimning tarkibiy komponentlari pedagogik tizim xususiyatlariga xos bo‘lgan tayanch elementlar hisoblanadi. Bu elementlar qatoriga quyidagilar kiradi:


    • pedagogik tizimni yaratishning yo‘naltiruvchi asosi - Davlat ta’lim standarti talablarida aks ettirilgan ta’lim maqsadi;

    • o‘quv reja, dastur, darslik va qo‘llanmalarda aks ettiriladigan ta’lim mazmuni;

    • pedagogik tizim maqsadidan kelib chiqqan holda ta’limning tashkiliy shakllari, o‘qitish metodlari va texnik vositalarini o‘zida mujassamlashtiruvchi didaktik jarayonlar;

    • pedagogik tizim va faoliyatni tashkillashtiradigan professor-o‘qituvchilar;

    • ta’lim jarayoni natijalariga erishganligini aniqlovchi baholash tizimi.

    Har qanday pedagogik tizim atrof-muhit bilan o‘zaro bog‘liqdir va muhit talablariga qarab o‘z faoliyatini unga moslashtiradi, uning ta’siri ostida bo‘ladi va har qanday pedagogik tizim ma’lum bir muddatga belgilangan bo‘ladi.



    Download 1.09 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58




    Download 1.09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida

    Download 1.09 Mb.