II.BOB. PEDAGOGIK TIZIM ASOSIDA O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI




Download 1.09 Mb.
bet12/58
Sana01.07.2021
Hajmi1.09 Mb.
#15328
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   58
II.BOB. PEDAGOGIK TIZIM ASOSIDA O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI

2.1. O’quv jarayonida tizimli yondashuvning metodik asoslari

O‘zbekiston taraqqiyotida xalqning boy ma’naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so‘nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega.

Tadqiqotimizning birinchi bobida ta’kidlaganimizdek, tizimlar nazariyasi, pedagogik va ularga tegishli bo‘lgan tushunchalar ta’lim sohasida endigina paydo bo‘lmoqda. U ba’zi olimlar, ilm-fan namoyondalari tomonidan «Tizimli yondashuv» deb yuritilsa, ba’zi olimlar tomonidan esa «majmuali yondashuv» «bir tartibga keltirish», «tartibga solish» singari iboralar orqali ifoda etilmoqda. Ijtimoiy voqelikka oid qo‘llanilayotgan bunday murakkab ilmiy tushunchalar nisbatini qiyosiy solishtirsak, ko‘pchilik tomonidan «tizimli yondashuv» qabul qilinganligi ma’lum bo‘lmoqda.

O‘quv-tarbiya jarayonini, shu jarayon amalga oshiriladigan muhit elementlari o‘zaro bir-biri bilan ma’lum bir aloqa va munosabatda bo‘lgan bir qancha komponentlardan tashkil topgan murakkab tizim sifatida qarash mumkin.

Tizimli yondashuv ta’limning miqdoriy darajasigina emas, balki sifat darajasini ham namoyon etadi. SHuningdek, u ta’limga nisbatan kundan-kunga ortib borayotgan jamiyat talablarini va fandagi sifatli siljishlarni, hamma darajadagi ta’lim mazmuni va usullarini hisobga olgan holda ta’limni tashxis qilishga yordam beradi.

Pedagogik tadqiqotlarda tizimli yondashuvni ta’lim jarayoniga qo‘llanilishini N.A. Muslimov, tadqiqotlarida ko‘rishimiz mumkin [ 11].

Tizimli yondashuv asosida ta’lim oluvchilarda faoliyatni o‘zi tashkil etish va rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’lim oluvchiga ta’lim berish va uni tarbiyalashga sinergetika tamoyillari nuqtai nazaridan yondashishda quyidagi g‘oya ilgari suriladi: ta’lim oluvchida shakllanishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikma nafaqat o‘qituvchining maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyati asosida, balki o‘qituvchi yordamida uning o‘z faoliyatini o‘zi tizimli tashkil etishi orqali ham shakllanadi.

Pedagogik jarayonlarning yaxlit tizim sifatida bir-biriga bog‘liq hodisalarning sabab va oqibatlari tarzida rivojlanishini K.Zaripov o‘z tadqiqotlarida e’tirof etgan [8].

Pedagogik jarayonlarning mohiyatini chuqur anglash, ularni tizimli tadqiq qilish pedagogik jarayon va qonuniyatlarini alohida va yaxlitlikda o‘rganishni zaruriyatga aylantirdi. Pedagogik holat o‘z xususiyatiga ko‘ra katta miqdordagi turli hil ta’sir va nufuzlarga uchraydigan murakkab holat hisoblanadi. Bu holat va ta’sirlarning bir qismini boshqarish mumkin, ob’ektiv mavjud bo‘lgan boshqalari esa quyidagi tizimning boshqaruv markazi ta’siriga aloqador bo‘lmaydi, lekin shu bilan birga tizimli yondashuvni amalga oshirishda ularni inobatga olish lozim.

N.A. Muslimov o‘z tadqiqotlarida tizimning mohiyatini aniqlash uchun tizimsizlik holatlarini chuqur tahlil qilib, shunday g‘oyani ilgari surgan: «muhit barcha tizimlarning mujassamlashuvi – metatizimni ifodalaydi. U tadqiq qilinayotgan, ajratib olingan va ayni vaqtda atrofimizni o‘rab turgan olamning bizni qiziqtirayotgan qismidan tashqarida yotadi. Tizim – bu qandaydir yo‘l bilan muhitdan ajratib olingan ob’ektlar to‘plamidir. Muhit va tizim o‘rtasida cheksiz ko‘p o‘zaro aloqalar mavjud bo‘lib, ular vositasida muhit va tizimning o‘zaro ta’sirlashuvi amalga oshadi»

Tahlillar ko‘rsatadiki, pedagogik tadqiqotlarga «tizimli yondashuv» ta’lim jarayonining faqat sonli emas, balki sifat nuqtai nazardan o‘sishini aniqlashga imkon beradi. Jamiyatning ta’limga nisbatan o‘sib borayotgan talabini va fandagi sifat siljishlarni hamda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlaridagi ta’lim mazmuni va usullarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashxislash tizimli yondashuv asosida amalga oshirilganda samara beradi. Tizimli yondashuvni amalga oshirish uchun ta’lim maqsadlari hamda metodlarini shakllantirish, tizimning maqsadga muvofiq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi elementlari (ta’limni tashkil etish shakli va vositalari) va ular orasidagi munosabatlarni aniqlash talab etiladi. Tizimli yondashuv ilmiy bilish hamda ijtimoiy amaliyot metodologiyasining yo‘nalishi bo‘lib, uning asosida ob’ektlarni tizim sifatida ko‘rib chiqish talab etiladi.



Download 1.09 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   58




Download 1.09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.BOB. PEDAGOGIK TIZIM ASOSIDA O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI

Download 1.09 Mb.