Buxoro davlat universiteti




Download 136.16 Kb.
bet9/36
Sana23.07.2021
Hajmi136.16 Kb.
#15840
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
1.1.7-misol. Broun harakati. Mikroskopda molekulalar tomonidan ko`p miqdordagi zarbalar natijasida tartibsiz (xaotik) harakat qilayotgan kichik zarrachaning holati kuzatilayotagan bo`lsin. Kuzatuv vaqt oralig`ida o`tkazilayotgan bo`lsin. Bu tajribaning natijasi zarrachaning harakat trayektoriyasidan iborat bo`ladi. Agar bizni zarrachaning biror yo`nalish bo`yicha siljishi qiziqtirsa , holda vaqtning ixtiyoriy momentida uni tanlangan yo`nalishdagi proyeksiyasining vaziyati koordinata orqali ifodalanadi. Bu holda elementar hodisalar fazosi

oralig`ida aniqlangan haqiqiy uzluksiz funksiyalar to`plamidan iborat bo`ladi.

Demak, elementar hodisalar fazosi chekli , sanoqli va hatto kontinium quvvatga ega bo`lishi mumkin ekanligi yuqorida keltirilgan misollar yaqqol ko`rinadi.

Elementar hodisalar fazosi bilan bir qatorda endi eng muhim tushuncha tasodifiy hodisa yoki (boshqa tipdagi hodisalarni biz bu darslikda ko`rmayotganligimiz sababli) hodisa tushunchasini kiritamiz.Hodisalar elementar hodisalardan tashkil topgan to`plamlar bo`lib , ular odatda lotin alifbosining bosh harflari lar bilan belgilanadi. Tajriba natijasida albatta ro`y beradigan hodisaga biz muqarrar hodisa deymiz . Aksincha hech qachon ro`y bermaydigan (ya`ni birorta ham elementar hodisani o`z ichiga olmagan ) hodisaga mumkin bo`lmagan yoki bajarilmaydigan hodisa deb aytamiz va uni orqali belgilaymiz.Birorta berilgan hodisalar sinfiga tayanib “yoki”,”va”,”inkor qilish” kabi mantiqiy bog`lanishlar yordamida yangi hodisalarni “hech bo`lganda ” hosil qilish mumkin; bu mantiqiy bog`lanishlarga to`plamlar nazariyasida “birlashma”,”kesishma” va “to`ldirma” kabi amallar mos keladi.



hodisaga teskari (qarama-qarshi) hodisa deb , hodisa ro`y bermaganda va faqat shundagina bajariladigan hadoisaga aytiladi.

va hodisalarining yig`indisi (yoki ) deb , yoki hodisalar, yoki ikkalasi ham bajarilganda va faqat shundagina bajariladigan hodisaga aytiladi. - muqarrar hodisa ekanligi o`z – o`zidan ayon.

va hodisalarning ko`paytmasi (yoki ⋂ ) deb va hodisalar birgalikda , yoki ikkalasi ham bajarilganda va faqat shundagina bajariladigan hodisaga aytamiz. mumkin bo`lmagan hodisa ekanligi ravshan.

Agar bo`lsa , va hodisalar birgalikda bo`lmagan (yoki birgalikda bajarilmaydigan) hodisalar deyiladi.



va hodisalarning ayirmasi deb, hodisa bajarilib, hodisa bajarilmaganda va faqat shundagina bajariladigan hodisaga aytiladi.

Agar hodisaning ro`y berishidan hodisaning ham ro`y berishi kelib chiqsa, u holda hodisa hodisani ergashtiradi deymiz va buni ko`rinishda yozamiz.

Agar bo`lsa, u holda va hodisalar teng kuchli yoki teng hodisalar deyiladi va orqali yoziladi. Teng kuchli hodisalar bi xil elementar hodisalardan tashkil topgan ekanligiga ishoch hosil qilish mumkin.



Download 136.16 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Download 136.16 Kb.