Tayanch so‘zlar: nimparda, qochirim, hofiz, nota, xalq og‘zaki ijodi, aytim,
aks-sado, amir saroyi, istilo, risola, yuksak did.
Xalq madaniy merosi- bebaho xazina, u avloddan-avlodga o‘tib sayqallanib
kelmoqda. Bugungi kunda yosh avlodni milliy mafkuramiz ruhida tarbiyalash, va
badiiy ijod orqali ularning manaviy dunyosini shakllantirish muhim vazifalardan
biri hisoblanadi. O‘zbek an’anaviy musiqasi va xonandalik madaniyati qadimdan
komil insonni tarbiyalash ishiga munosib hissa qo‘shib keladi.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 2017-yilning
17-noyabrida
imzolangan “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ gi qarori- xalqimizning ko‘p sonli
san’at ahlini, milliy musiqa va ashulachilik san’ati ixlosmandlarini bir qatorda
san’at sohasi pedagog va talabalarini quvontirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ushbu qaror qabul qilinishi, yurtimizdagi musiqiy ta’lim muassasalarida maqom
ijrochilik va an’anaviy xonandalik fanlaridan dars beruvchi professor-
o‘qituvchilarni oldiga qator vazifalarni qo‘yadi.Xususan,talaba yoshlar va
o‘quvchilarga eng avvalo,
i
maqom san’ati tarixini o‘rganish, maqom san’atini
xalqimiz va yoshlar orasida keng targ‘ib qilish shuningdek ,an’anaviy xonandalik
sir-asroriyu tarixini,ijrochilikning nozik qirralarini o‘rganib, rivojlantirishga
undaydi.
102
O‘zbek qo‘shiq ijrochiligi tarixiga nazar tashlasak XIX-asrning ikkinchi
yarmi va XX-asr boshlarida o‘lkamizda bu san’atning butun bir avlodi yetishib
chiqqanligining guvohi bo‘lamiz. Ota Jalol Nosirov, Ota G‘iyos Abdulg‘ani,
Domla Halim Ibodov, Matyoqub Xarratov, Levi Boboxonov, Sodirxon Hofiz,
Mulla To‘ychi Toshmuhammedov singari zabardast hofizlar shular jumlasidandir.
103
Ustoz hofizlar o‘z ijrochilik mahoratlarini oshirish uchun aks-sado beruvchi
maxsus gumbazli binolarda mashg‘ulot o‘tkazganlar. Shu tariqa ovozlariga sayqal
102
An’anaviy xonandalik.M.Ergashev.Andijon 2020 y. 4-bet
103
An’anaviy xonandalik.M.Ergashev.Andijon 2020y. 5-bet.
771
berishgan. O‘z davrida bunday yetuk, mukammal ijro sohiblarini ”hofiz” deb
atashgan. Buyuk allomalardan Darvish Ali Changiy o‘z risolalarining birida ham,
o‘z zamonasining mashhur bo‘lgan hofizlarini yashab ijod etganliklarini bayon
qilgan. Ushbu risolada o‘sha davrda mashhur bo‘lgan xonanda-hofizlardan Lirik
Hofiz, Hofizi Ushshoqiy, Hofiz Miraki Buxoriy, Hofiz Changiy, Hofiz Poyanda
Buxoriylarningnomlari va ularning hayotiy faoliyatiga tegishli biografik
ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
O‘zbek musiqa san’atida an’anaviy xonandalik, o‘z navbati va yo‘nalishidan
kelib chiqib turli sharoitlarga moslashgan holda shakllanib, rivojlanib kelgan.
Folklor aytimlari, dostonchilik, marosim aytimlari shular jumlasidandir. Har bir
yo‘nalish shakl va ijrochilik nuqtai nazaridan o‘z uslubi, qonun-qoidalariga egadir.
Ular orasida o‘zgarmas xususiyatlar doirasida shakllangan va eng mukammal
an’analarni o‘zida aks ettirgan an’anaviy yo‘nalish o‘zining barcha xususiyati,
salohiyati bilan namuna bo‘lib kelmoqda. An’anaviy xonandalikda kuylash
jarayonida ham aynan o‘zbek milliy musiqasiga xos nola qochirimlar inson
ruhiyatini tozalaydi va manaviy ozuqa bera oladi.
Tarixdan ma’lumki an’anaviy xonandalik uslubida ijro qilishda ustoz-
shogirdlik an’analari muhim rol o‘ynagan.Hattoki Navoiy davrida ham undan
oldingi davrlarda ham ustoz-shogird uslubida ijod qilish ham urf hamda
mustahkamroq bo‘lgan ekan. Hazrat Navoiyning zamondoshi va do‘sti Husayn
Voiz Koshifiy bu borada shunday o‘git bergan ekan: ”Bilgilkim, har bir ish
ustozsiz amalga oshmagay va kimki ustozsiz bir ishni qilur ersa, ul ishning asosi
mustahkam bo‘lmag‘ay… “ va shunga o‘xshash turli o‘gitlarni yozib qoldirganlar.
Tarixdan bilishimiz mumkinki, an’anaviv xonandalikni uzoq o‘tmish ajdodlarining
mehnat sharoitlari, diniy e’tiqodlari va ma’naviyatining rivojlanish jarayonlari
mahsuli desak adashmagan bo‘lamiz. Sohibqiron Amir Temur davrida ham
maqomlar gullab yashnagan. Ayniqsa,” O‘n ikki maqom” rivoj topib keng
yoyilgan. Bu davrda Abdulqodir Marog‘iy Temur saltanatining mohir sozandasi va
772
xonandasi bo‘lgan. Marog‘iy mukammal xonanda va bastakor ham bo‘lgan. Bu
haqida nafaqat sharq olimlari balki g‘arb olimlari ham o‘z manbalarida yozib
qoldirishgan.
An’anaviy xonandalik tarixiga nazar tashlar ekanmiz, maqom ijrochiligi bilan
bog‘lanmasdan ilojimiz yo‘q, zero bu xonandalikning asosini tashkil qiladi.
O‘tmish xonandalari ijro uslubi hozirgi kunda deyarli yo‘qolib ketgan. Bunday fikr
ilgari surishimizga sabab, XIX-asrdan keyin bizning milliy musiqamizga Yevropa
nota tizimi kirib kelgan va maqomlar ham xuddi shu nota tizimi asosida notaga
olingan. Lekin ungacha maqomlarimiz tanbur pardalariga moslab aytilgan va xuddi
shu pardalarda kuylangan. Ayniqsa nimpardalar hozirgi nota tizimida umuman
uchramaydi. Shashmaqom notaga yozib olinishi jarayonini tezlashtirish va jozibali
hamda mukammal yozib olinishini ko‘zlab Fitrat o‘z uyida haftada bir marotaba
Ota Jalol boshchiligidagi Ota G‘iyos Abdug‘ani, Domla Halim Ibodov,Levicha,
Abdurahmon Tanburiy(Umarov),Ma’rufjon Toshpo‘latov va boshqalardan iborat
maqomxonlar ishtirokida musiqa bazmi uyushtirib turgan. Bazmda ijrochilar yozib
olingan asarlar sifatini muhokama qilishgan, sozanda va xonandalar esa xushhol
kayfiyatda u yoki bu kuy va ashulani qayta-qayta ijro etishgan, bunda ijro aniqligi,
tiniqligi va jozibasiga ahamiyat berishganki, bu V.Uspenskiyga shashmaqomga
xos siru-sinoatni chuqurroq va teranroq anglashga, Fitratga esa uning nazariy
asoslarini idrok etish va tahlil qila borishga imkoniyat yaratgan. Maqomlar saroy
muhitida shakllanganligi sababli, ulug‘lanib, uni kuylagan xonandalar ham yuksak
e’tiborga sazovor bo‘lganlar. Ulardan biri Levi Boboxonov (Levicha) Buxoro
amiri saroyida hofiz bo‘lib xizmat qilganlar. Ularning ijro uslublarida turli
namunalar audio tasmalarda yozib olingan. Lekin ko‘pchiligi rus istilosi davrida
yo‘q bo‘lib ketgan. Bunday uslubda ijro qilish uchun ovozlar ham tanbur
pardalariga sozlangan bo‘lishi va butun vujud quloqqa aylanib nozik pardalarni
ilg‘ay olishi lozimdir. An’anaviy uslubdagi xonandalik sir-sinoatlarini o‘rganish
uchun, albatta ustozlar ijrolarini ko‘roq eshitish va musiqiy bilimga ega bo‘lish
773
kerak. Milliy cholg‘ularimiz bo‘lmish tanbur, dutor, doira ijrochiga katta yordam
beruvchi cholg‘ular sirasiga kiradi. Bu haqida uzoq va yaqin o‘tmish risolalarida
ham yozib qoldirilgan. Ushbu risolalardagi fikrlarni umumlashtirsak, an’anaviy
xonandalik yo‘nalishida kuylash olish uchun insonda milliy,yuksak did
shakllangan bo‘lishi lozim.
|