FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Троицкий В. Ю., Стилизация, в кн.: Слово и образ, М., 1964;
2. Савенко С., К вопросу о единстве стиля Стравинского, в сб.: И. Ф.
Стравинский, М., 1973;
3. Кон Ю., О двух фугах И. Стравинского, в сб.: Полифония, М., 1975.
4. Музыкальные культуры народов: Традиции и современность. М.,
1973. С. 289– 291. Полный текст сообщения опубликован в кн.: Холопова В.,
Чигарева Е. Альф¬ред Шнитке. М., 1990. С. 327–331.
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM
ASOSIDA DARSLARNI TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI
N.B.Adizova
BuxDUPI dotsenti p.f.f.d. (PhD).
M.M.Murodova
BuxDUPI magistranti.
Annotasiya. Ushbu tezisda boshlang‘ich sinflarda integrasiyalashgan ta’lim
asosida darslarni tashkil etishning muhim ayrim jihatlari haqida firk mulohazalar
nazariy va ilmiy tomondan yoritilgan.
Kalit so‘zlar: fan, boshlang‘ich, ta’lim, integratsiya, integration, integer,
maktab,tarbiya,tabiat, botanika,geografiya.
Taraqqiyotning
hozirgi
bosqichida
integratsiyalashgan
o‘quv
yondashuvi maktab ta'limi sanalib, integrativ bilimlarni chuqurlashtirish va
kengaytirish asosida dasrlar samaradorligini oshirishga muhim ahamiyatga ega.
Integratsiyalashgan ta’lim turli xildagi turlar, shaklari, usullar, obyektlar asosida
qurilgan bo‘lib, o‘quv jarayonini qurish uchun juda yaxshi xizmat qiladi.
268
Integratsiya asosidagi ta’lim ilmlarda mavjud bo‘lgan muammolar va
tendentsiyalarni aks ettiradi.
Keling shu o‘rinda integratsiya so‘zi va uning mazmun mohiyatiga
e’tiborimizni qaratsakda, atamaning shakllanish haqida bayon etsak.
Integratsiya (lot. integratio — tiklash, toʻldirish, integer — butun soʻzidan)
1) sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining oʻzaro bogʻliqlik
holatini hamda shunday holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha;
2) fanlarning yaqinlashishi va oʻzaro aloqa jarayoni; differensiatsiya bilan birga
kechadi; 3) Ikki va undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini oʻzaro
muvofiqlashtirish va birlashtirish (qarang Iqtisodiy integratsiya).
77
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida keltirilgan ushbu ta’rifga tayangan
holda integratsiyalashgan ta’lim haqida fikr bildirar ekanmiz, maktabdagi barcha
fanlar barkamol avlodni voyaga yetkazishda xizmat qiladi hamda ulardagi bilim,
ko‘nikma, malaka, rivojlanish, dunyoqarash, ma’lumotni shakllanishida va
oddiydan murakkabga qarab rivojlanishiga rol o‘ynaydi.
Intergatsiyalashgan ta’lim boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini yosh
xususiyatlariga javob beradigan va dars talablariga mos keladigan maqsadni
aniqlash bunday yangilanishning asosiy masalasidir. XIX-XX asrlar oralig‘ida
pedagogikada kichik maktab o‘quchilarining tabiiy muhit bilan tanishtirishning
integratsiyalashgan kursini yaratish fikri paydo bo‘lgan. Bu fikr A.Y. Gerd,
O.N.Kaygorodov, A.P. Pavlov nomlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular boshlang‘ich
maktabga atrofdagi jonli va jonsiz dunyo haqidagi bo‘linmagan kursni kirgizishni
talab qilishdi. Integratsiyalashgan ta'lim-tarbiya, fanlararo aloqalaning ayrim
jihatlari mashhur pedagoglarning (Y. Komenskiy, O. Lokk, I. Gerbart, M.
Pestalossi, K. Ushinskiy va boshq.), didaktiklarning (1.0. Zverev, MA Oanilov,
V.N. Maksimova, S.P. Baranova, M.N. Skatkin va boshq.), psixolog olimlarning
(E.N. KabanovaMeller, N.F. Talizina, Y.A. Samarina, G.1. Vergeles), medist
77
77
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
269
olimlaming (M.R. Lvov, V.G. Goreskiy, N.N. Svetlovskaya, Y.M. Kolagin, G.N.
Pristupova) ishlarida ko‘rib chiqishgan.
Boshlang‘ich sinflarda fanlarni integratsiyalash muammosi akademik fanlar
va usullar, vositalar va o‘quv shakllari asosida namoyon bo‘ladi. Biroq, eng arzon
va jozibali amaliy jihatdan bu tarkibiy qismlarning intonentlarining integratsiyasi,
bilimlarni rivojlantirish, jamiyat va inson tafakkur qonunlarini yaxlitlashtirishni
shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Ma’lumki, oliy ta’limda pedagogika fan tizimi o‘qitilishi yuksak aqliy
salohiyatga ega bo‘lgan barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib,
shunga ko‘ra bugungi kunda davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan qabul qilingan
muhim me’yoriy hujjatlar – “Ta’lim to‘g‘risida”gi (23.09.2020) Qonunda ko‘rsatib
o‘tilgan barkamol shaxsni shakllantirish yo‘nalishlari, qonuniyatlari va
tamoyillariga asoslangan holda keng ko‘lamli tadqiqotlarni amalga oshirish
zaruriyatini talab etmoqda.
Integratsiyalashgan ta’lim asosida darslarni tashkil etishda sinflar kesimida
tashkil etishda quyidagi masalalarga alohida ahamiyat qaratish lozim. Jumladan,
maqsad va muammolarni o‘quvchi yoshiga nisbatan yo‘naltirish asosida; maktab
tabiiy-ilmiy tizimidagi vazifalari asosida, qo‘shimcha o‘qitiladigan fanlar asosida,
integratsiya usullari va yo‘llari asosida, o‘quv rejasidagi fanlar asosida, kursni
o‘rganishga sarflangan vaqt asosida, o‘quvchilar uchun qiyinlik darajasi asosida
tashkil etish.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda darslarni tashkil etishda masalan, tabiat fani
misolida ko‘radigan bo‘lsak, tabiiy fanlarni o‘qitishning tizim bo‘yicha davom
ettirish va soddalashtirish uchun umumiy tushunchalar beruvchi, bolalarda tabiiy
fanlarni o‘rganishga qiziqish uyg‘otish vazifasini bajaruvchi, tabiat haqida qiziqarli
ko‘rinishda hikoya qiluvchi boshlang‘ich tabiiy fanlar kurslari (masalan,
boshlang‘ich sinflardagi «Tabiatshunoslik») yaqin chegaradosh fanlar botanika,
270
zoologiya, biologiya, odam va uning salomatligi, geografiya, astronomiya singari
fanlarni integratsiyalash asosida boshlang‘ich bilimlarni berishni taqozo etadi.
Tabiiy fanlar asosini o‘rganishda o‘quvchilar kitob bilan ishlash, kuzatishlar
olib borish, tajribalar o‘tkazish, olingan bilimlarni bir tizimga solish, turli o‘quv-
ta'lim ish faoliyati bilan to‘qnashadi. O‘quvchilami faoliyatning bir turi bilan
tanishtiruvchi bir butun kurs yaratish maqsadga muvofiq. U o‘qitish jarayonining
har bir vaqtida foydali bo‘lishi birgalikda kichik hajmda ham tabiiy fanlami
o‘qitishda, o‘quvchilaming ortiqcha kuch sarf qilishlari muammosini hal qilishda,
mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirislida yordam beradi. Bu sinfdagi
integrativ kurslarni yaratish va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq qilish bugungi kunda
muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich sinflarda integrasiyalashgan ta’lim
asosida tabiiy fanlarni o‘zlashtirish natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek
o‘quvchilari chet ellik tengdoshlarga nisbatan ko‘p ma'lumot o‘zlashtirishsa ham,
uni tatbiq qilishda sezilarli darajada orqada qolishi aniqlandi shu bois o‘quvchilarni
bugungi kunda yuksak intekktual salohiyatga ega bo‘lishlari uchun integrasiya
asosida darslarni tashkil etish va o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni
shaklantirishga va rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Xuosa qilib aytadigan bo‘lsak boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan
ta’lim asosida darslarni tashkil etish bolalarda salbiy, xunuk, yomon narsalarga
ham emotsional munosabatni rivojlantirishda, his-tuyg‘ulari uning jismoniy
rivojlanishi bilan bog‘liq harakat qilishga, arifmetikaga, yozishga, tabiiy ko‘pgina
boshlang‘ich tushunchalari va yana ko‘pgina narsalarga o‘rgatishga, o‘z kuch va
imkoniyatlari darajasini bilishga va amalga oshirishda xizmat qiladi.
|