297
Bu usul orqali o‘quvchilarning aqliy tafakkuri rivojlanadi, dunyoqarash va tafakkurlari orqali
shakllanadi. Dars qiziqarli noan’anaviytarzda o‘tadi. o‘quvchilarning darsdagi faolligi oshadi. o‘z fikr-
mulohazalarini erkin yuritishga sharoit yaratiladi. Har bir o ’quvchilarning o‘z pozitsiyasi, yo‘li
shakllanadi.
O‘qituvchi mavzuni o‘tishda o‘quvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish maqsadida kasbga
bog‘lab dars o‘tadi. Bu usulni qo‘llashdan maqsad o‘quvchilarni biror-bir kasb-hunarga qiziqtiradilar.
Masalan : boshlang ’ich sinflardagi odobnoma, o‘qish darslari orqali o‘quvchilarni kasbga qiziqtirish
maqsadida kasbga bog‘lab dars o‘tish usulidan foydalaniladi. Bunda mavzuni yoritishda kasb-hunarga oid
hayotiy misollar dars jarayonida o‘quvchilarga tushuntiriladi. Tikuvchilik, pazandalik, kosibchilik,
dehqonchilik, zardo‘zlik, naqqoshlik, ustachilik, shofyorlik, sport ustalari haqida ma ’lumotlar, bahs-
munozara, suhbat, kasb-hunarni egallagan shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Buni dars jarayonida
qilsa ham bo‘ladi. Kasb-hunar haqida o‘quvchilarga ma ’lumot berib turib, ularni ya ’ni hunarli kishilarni
darsga taklif qilish orqali ma ’lum bir vaqt ichida ular o‘zlarining faoliyatini kelajak uchun, jamiyat uchun
foydasi haqida savol-javob qilinadi. Bu bilan dars noan’anaviytashkil etiladi.
O‘quvchilar dars jarayonida nafaqat bilim oladilar balki kasb-hunarga oid bo‘lgan bilim,
ko‘nikma va malakalarni egallaydilar. O‘quvchilarning kasbiy qiziqishlari ortadi. Kelajakda ma’lum bir
kasbni egallay olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Dars hayotiy, noan’anaviy o‘tadi. o‘quvchilr mustaqil,
erkin, ijodiy fikrlashga ega bo‘ladilar. Dars hayotiy, noan’anaviy o‘tadi. o‘quvchilar mustaqil, erkin,
ijodiy fikrlashga ega bo‘ladilar. Shuningdek, dars jarayonida kasb-hunarga qiziqishlari ortadi.
Yuqorida keltirilgan noan’anaviy usullar o‘quvchiarni birinchidan, darslarda faol qatnashishga
undaydi, ularni darsga qiziqtira olish imkoniyatiga ega bo‘ladi Ikkinchidan, noan’anaviy usullar orqali
dars o‘tishga o‘quvchilar maustaqil, ijoydiy ishlashga o‘rganadilar, erkin fikr yuritadilar. Uchinchidan
esa, dars qiziqarli tashkil etiladi, bolalar darsda zerikmaydilar, ham ijodiy ishlaydilar, ham turli manbaalar
ustida ishlashga o‘rganadilar va ham ularda ilmiy-nazariy, uslubiy-amaliy bilim, tajribalar rivojlanadi.