FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Qosimova K. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. -
Toshkent: “O‘qituvchi”, 1985. –В. 216.
2.
Hamroyev A. Boshlang‘ ich sinflarda ona tili ta’limini ijodiy tashkil
etish.// “Pedagogik mahorat” jurnali. 2002-yil, 1- son, 53-55b.
3.
Hamroyev A. Ona tili darslaridagi ijodiy topshiriqlarning tiplari. //
“Pedagogik mahorat” jurnali. 2002-yil, 3- son, 45-48b.
4.
Hаmrоyеv А. Bоshlаng‘ich sinflаrdа оnа tili tа’limini ijоdiy tаshkil
etish. Tоshkеnt: Fаn, 2007. –B 108.
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA DIDAKTIK ASARLAR USTIDA
ISHLASHNING METODOLOGIK ASOSLARI
D. Axmedova
BuxDU doktoranti(DSc), f.f.f.d. (PhD)
M. Shodiyeva
BuxDUPI 1-bosqich magistranti
292
Annotatsiya. Maqolada didaktik adabiy asarlarning ahamiyati hamda ushbu
asarlarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘rgatish, mazmunini to‘laqonli yetkazib
berish borasidagi fikr-mulohazalar bayon etilgan.
Tayanch so‘z va iboralar: didaktika, “Ilm-fanni 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi”, globallashuv jarayoni, ma’rifatparvar adiblar, kreativ
fikrlash, zamonaviy yondashuv, pedagogik texnologiya.
Yurtboshimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd etilganidek,
“O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirish maqsad qilib qo‘yilgan ekan,
bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olishimiz
mumkin. Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo‘lib maydonga
chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini
tayyorlashimiz zarur. Shuning uchun ham bog‘chadan boshlab oliy o‘quv
yurtigacha – ta’limning barcha bo‘g‘inlarini isloh qilishni boshladik”. Darhaqiqat,
bugungi kunda yurtimizda ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu kabi ezgu
ishlar ta’lim sohasida ham o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda. Ta’lim
sohasida amalga oshirilayotgan istiqbolli vazifalar o‘zining dolzarbligi hamda
amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardan aslo qolishmaydi. Zero, ushbu sohadagi
islohotlarni keng ko‘lamda davom ettirish davr talabidir. Shu ma’noda
mamlakatimizni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga
oshirish, “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” kabi ko‘plab qabul
qilingan qaror, farmon hamda farmoyishlar zamirida ham ilm-fanni yuksaltirish
borasidagi qator yangiliklar o‘zining amaliy ifodasini topmoqda.
Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarning har jihatdan yetuk va
barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishlarida ta’lim-tarbiyaning o‘rni beqiyos.
Avloniy ta’biri bilan aytganda: “Alhosil, tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot,
yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur”. Shu o‘rinda aytish
lozimki, didaktik adabiyot namunalaridan unumli foydalanish asosida yosh avlod
tarbiyasidagi ma’naviy bo‘shliq o‘rnini to‘ldirishga erishishimiz mumkin.
293
“Didaktika” so‘zining mohiyatiga ham e’tibor qaratadigan bo‘lsak, yunoncha
“didaktikos”– o‘rgatuvchi, ta’lim beruvchi ma’nosini anglatadi hamda ushbu atama
ilk bor Yevropada XVII asrda o‘qitish va ta’lim jarayoni haqida asarlar yaratgan
olimlar tomonidan qo‘llanila boshlangan. Darhaqiqat, didaktik adabiy asarlar
zamirida ham pand-nasihat, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan g‘oyalar aks etgan.
Zero, didaktik asarlarning ildizlarini Qur’oni karim, Hadisi sharif kabi muqaddas
manbalarimiz tashkil etadi. Y.X.Hojibning “Qutadg‘u bilig”, A.Yugnakiyning
“Hibat ul-haqoyiq”, Kaykovusning “Qobusnoma” asarlari, A.Yassaviy hikmatlari,
Navoiy, Behbudiy, Avloniy, Farg‘oniy, Marg‘inoniy va boshqa ko‘plab
adiblarimiz ijodini misol qilib aytishimiz mumkin. O‘zbek milliy didaktikasi
rivojiga Munavvarqori Abdurashidxonov, Abduqodir Shukuriy, A.Ibodiyev,
S.Saidazizov, R.Yusufbekov kabi ma’rifatparvar pedagoglarning faoliyati ham
o‘zining munosib hissasini qo‘shgan. Bu kabi asarlarni o‘rganish hamda yosh
avlodga o‘rgatish orqali ham ma’nan, ham ruhan ozuqa olish barobarida
yoshlarimiz orasida ayrim illatlar ildiz otmasligiga erishishimiz mumkin.
Didaktik adabiy asarlarda ilgari surilgan g‘oyalarni boshlang‘ich sinf
o‘quvchilariga yetkazib berishda darslikdagi mavzular bilan bog‘liqlikda
tushuntirish maqsadga muvofiqdir, ya’ni bu uyg‘unlik zamirida buyuk
ajdodlarimiz merosiga muhabbat tuyg‘ulari mujassam. Masalan, Alisher
Navoiyning “Xamsa” asaridan o‘rin olgan “Hayrat ul-abror” dostonida ota-onaning
qadri naqadar ulug‘ ekanligi, ularni e’zozlash borasidagi fikrlar quyidagi go‘zal
misralarda o‘z ifodasini topgan:
Boshni fido ayla ato qoshig‘a,
Jismni qil sadqa ano boshig‘a.
Tun-kuningg‘a aylagali nur fosh,
Birisin oy angla, birisin quyosh.
1-sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligining birinchi mavzusiga
nazar solsak, aynan oila mavzusiga bag‘ishlanganini ko‘rishimiz mumkin. Bu
294
mavzu orqali o‘quvchilarga oilaning nechog‘liq muqaddas dargoh ekanligi, oila
a’zolarining bir-birini hurmat qilishi, oilada ota-onaning o‘rni haqidagi tarbiyaviy
ahamiyatga ega bo‘lgan fikrlarni singdirishimiz lozim. Yuqoridagi misralarning
mavzuga bog‘liq ekanligi ham yaqqol namoyon bo‘lib turibdi. Zero, darslikning
qaysi bir mavzusini olmaylik, uning tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan jihatini
didaktik adabiyot namunalari bilan bog‘lashimiz mumkin. Navoiy “Xamsa”da
inson va tabiat orasidagi munosabatlarni juda go‘zal, ta’sirchan qilib tasvirlaydi.
Go‘yo tabiatdagi har bir mavjudot, o‘simliklar-u fasllar asar qahramonlariga
yordam qo‘lini cho‘zadi. “Farhod va Shirin” dostonidagi ushbu misralar diqqatga
sazovordir:
…Sanga mandin yetibdur oncha yotliq,
Ki yuzungdin uyotlig‘man, uyotlig‘.
Gahi bag‘ring bo‘lub tesham g‘ilofi,
Gahi jismingda metinim shikofi.
Yuzung yoshimga xunolud gohi,
Damimdin boshing uzra dud gohi.
Bori jurmumg‘a tig‘i afv surg‘il,
Borur chog‘imda afv aylab kechurgil.
Ushbu misralardan ham shoir insonning tabiatga bo‘lgan mehr-u shafqatini
mohirlik ila Farhodning o‘z o‘limi oldidan jabrdiyda tog‘ga qilgan murojaati orqali
tasvirlaganini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu fikrlarga hamohang tarzda 1-sinf “Ona
tili va o‘qish savodxonligi” darsligining “Tabiat ne’matlari” bo‘limi (39-72-betlar)
orqali ham inson va tabiat orasidagi yaqinlik va o‘zaro aloqadorlikni kuzatishimiz
mumkin. O‘quvchilarga darslikdagi mavzularni tushuntirish jarayonida mavzuga
mos bo‘lgan didaktik asarlardan parchalarni ularning yosh xususiyatlarini inobatga
olgan holda tushuntirish, audiomatn holatida eshittirish, slayd yoki multimedia
shaklida namoyish etish, hayotiy misollar keltirish, muammoli vaziyatlar yaratish
orqali didaktik adabiy asarlarning qimmati-yu qiymatini izohlash mumkin.
295
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, hozirgi vaqtda ta’lim dolzarb
masalalardan biriga aylanmoqda. Ayni vaqtda ta’lim va tarbiyani barobar olib
borish masalasi bugungi kunning zamonaviy, kreativ fikrlovchi o‘qituvchilarining
pedagogik mahoratiga bog‘liqdir. Dars jarayoni yoxud darsdan tashqari
mashg‘ulotlarda ilg‘or pedagogik texnologiyalar, zamonaviy yondashuvlar,
yangicha metodlar vositasida didaktik adabiy asarlarni mavzuga mutanosib
ravishda qo‘llay olish, o‘quvchilar yoshi, psixologik xususiyatlarini inobatga olgan
holda yetkazib berish o‘qituvchidan katta mas’uliyat talab etadi. Bu jarayonda
o‘quvchida vatanparvarlik, ajdodlarga munosib voris bo‘lish hissi yanada ortadi.
Yurboshimiz ta’birlari bilan aytganda: “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana
bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan
aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu
o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar
o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin, ayni paytda, o‘zligini ham
unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning
qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga
nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”.
|