FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
N.U. Bikbayeva va boshqalar “Boshlang‘ich sinflarda matematika
o‘qitish metodikasi” T. O‘qituvchi 1996 yil 16-18 betlar.
2.
Г.Э. Саидова. Использование современных педагогических
технологий на уроке математики. Ученый XXI века • 2018 • № 12.
3.
M.Axmedov , N.Abduraxmonova, M.Jumayev Matematika 1-sinf
darsligi T. 2019.
4.
N.Abduraxmonova, L.o‘rinboyeva Matematika 2-sinf darsligi T.
2018
298
5.
S.Burxonov, o‘.Xudoyorov, Q.Norqulova, N.Ruzikulova, L.Goibova
Matematika 3-sinf darsligi T.2019.
6.
G.E.Saidova
Boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quvchilarni
mantiqiy masalalar yechishni o‘rgatish
.
Scientific progress 2 (6), 1021-1024
7.
Гавхар Эргашовна Саидова. Развитие логического мышления
учащихся на уроках математики в начальной школе. international scientific
review of the problems of philisophy, psychology and pedagogy 2019.
ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA
O‘QUVCHILARNING KREATIVLIK FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH
USULLARI VA DIDAKTIK IMKONIYATLARI” (BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QISH DARSLARI MISOLIDA)
Uktamova Mohinur
BuxDU Pedagogika instituti
Ta’lim -tarbiya nazariyasi va metodikasi
mutaxassisligi (boshlang‘ich ta'lim)
magistranti
Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi zamonaviy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
boshlang‘ich sinflarda zamonaviy texnologiyalar, o‘quv jarayonini tashkil etish
usullari va shakllari haqida fikr mulohazalar bayon qilinadi.
Kalit so‘zlar: talab, istiqbol, rag‘batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri,
ishontirish, ta’sir etish texnikasi, nutq texnikasi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamdagi o‘zgarishlar, iqtisodiy
va ijtimoiy muammolar, maktab tizimi, texnologoyalardan foydalanish jarayonlari
bizni e’tiborimizni albatta tortadi. Yangi O‘zbekiston poydevorini quruvchilari
bo‘lmish yosh avlodni tarbiyalashda ularga xalqaro toifadagi bilimlarni berish va
jahon standartlariga mos ravishda adabiyotlardan foydalanish maqsadga muvofiq
deb o‘ylayman. Jamiyatda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ta’lim
299
tizimida katta o‘zgarishlarni, shu jumladan vazifalari, qarashlari, maqsadlari,
tushunchalari, mazmuni, didaktikasi va o‘quv jarayonlari uslublari, maktab
jihozlari, ish va o‘quv jarayonini tashkil etish, natijada ta’lim va tarbiya
o‘qituvchilar, ish vaqtini va ish odatlarini o‘zgartirish, o‘quv jarayonini nazorat
qilish, o‘quv natijalari va ishning boshqa natijalarini baholash yuzaga keladi.
Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki
qo‘llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog‘liqdir.
Ma’lumki, pedagogikada «Didaktik tizim» tushunchasi ancha qadimdan
shakllangan. Tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishda, o‘rganilayotgan material
mazmuni, uni etkazish shakli va metodlari, hamda shu kabilarni belgilash orqali
o‘qitish jarayonida foydalaniladi. Yana bir tarafdan tarbiyaning ikkinchi
tushunchasi mantiqida didaktik tizim –o‘zi tarbiyaviy tizimining – didaktik
tizimida ishtirok etadi, ya’ni uning tizimi hisoblanadi. Shunday qilib,
ijtimoiylashtirish insonning maqsadga muvofiq jarayonlar maktabgacha, maktab,
maxsus pofessoinal ta’limlarida hamda tasodifiy omillar ta’siri ostida amalga
oshiriladi. Bu ta’sir ko‘rsatish tarbiya tizimi insonparvarlikni obro‘ e’tibor, nufuzi
vositalar bilan amalga oshirilishi shart emas.Unda o‘qituvchi va bolalar
o‘rtasida,insonparvarlik munosabatlari mavjud bo‘lishi, qadriyatlar targ‘ib
qilinishi, guruhli va individual ijodkorlik elementlari tatbiq qilinishi mumkin.
Bundan tashqari, ta’sir ko‘rsatish ushbu tarbiya tizimi o‘zi tarbiya jarayoniga
demokratik qadriyatlar va qoidalar kiritishi kerak. Tarbiyaning asosan to‘rtta usuli
mavjud.
O‘rnak namuna; Pand nasihat; Rag‘bat; jazo. Yuqorida
ta’kidlaganimizdek tarbiyaning usullaridan bir bu jazo bo‘lib, tarbiyaviy tizim
qandaydir jazo va majburlashlarsiz, mavjud bo‘lishi mumkin emas.
Pedagogning kasbiy pedagogik madaniyat – uning pedagogik kasbga ega
bo‘lgan, uning umumiy madaniyatini loyihalashtiradigan o‘qituvchi shaxsining
ajralmas sifati hisoblanadi. Bu pedagogning yuqori professionalligi va ichki
xususiyatlarining sintezi, o‘qitish usullarining mohirligi va madaniy va ijodiy
300
qobiliyatlarning mavjudligida namoyon bo‘ladi. Pedagogning kasbiy pedagogik
madaniyat - insoniyat tomonidan to‘plangan tajribani ijodiy o‘zlashtirish va
o‘zgartirishning o‘lchovidir. Pedagogik madaniyatga egalik deganda, pedagogik
tafakkur va ongi yaxshi rivojlangan, ijodiy salohiyatga ega bo‘lish tushuniladi
Tarbiyadan boshqa yondashish insonparvarlik tarbiyaviy tizimini yaratish bilan
bog‘liq. Bu yondashish birinchi navbatda, individuallashtirish jarayoni bilan mos
keladi. Yana bir bor
eslatib
o‘tamiz, individuallashtirish - bizning
tushunishimizcha,- bu o‘quvchi yoshlarda mavjud yoki o‘zining individual
tajribasida egallagan yagona, alohida va o‘ziga hosligini ta’minlab turish va
rivojlantirish bo‘yicha kattalarning hamda bolaning o‘ziga tegishli bo‘lgan
faoliyatlari. Shaxsni individuallashtirish uning «o‘zligini» rivojlantirish, shunday
qilib, keng ma’noda insonparvarlik tarbiyaviy tizimini tashkil etadi. Tarbiyada
bunday yondashishning maqsadi, bolalarga, ularning «subyektiv mavjudliklarini»
tashkil etishda yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Buning uchun ushbu tarbiyaviy
tizimda, insonga o‘zini anglash va o‘zini amalga oshirishda yordam beruvchi
maxsus vositalar ishlab chiqiladi. Insonparvarlik tarbiyaviy tizimining subyekti
endi faqat pedagog emas, balki bolalarning o‘zlari ham hisoblanadi. Bunda
o‘qituvchilar ham, talabalar ham oliy talim muassasasi oldida turgan maqsadlarini
birgalikda aniqlashtiradilar, ularni amaliy vazifalar darajasiga ko‘taradilar va birga
amalga oshiradilar. Insonparvarlik tarbiyaviy tizimi samaraliligini muhim sharti,
bolalar va kattalarni umumiy jamoaga birlashtirish hisoblanadi. Bolalar va
kattalarning o‘zaro munosabatlari, ma’lum munosabatlarni yuzaga keltiradi, ular
birinchi navbatda tizimning tarbiyaviy imkoniyatlarini belgilaydi.
Dars jarayonining muhim yutuqlaridan biri kompyuter texnologiyalari
komponentlaridan foydalanishni ta’minlovchi dasturiy vositalarning yaratilishi
bo‘ldi. Ayniqsa, o‘quv jarayonining tashkil qilishda bu dasturiy vositalar alohida
ahamiyatga ega. Elektron qo‘llanmalarning “Macromedia Flash”, “GIF
Animation”, “Microsoft Front Page”, “Adobe Fotoshop”, “3D Max”, “Microsоft
301
Power Point” kabi dasturiy vositalardan foydalanib yaratilganligi qulaylik
tug‘dirmoqda. Chunki ular harakatli, rangli, ovozli tasvirlar yaratish imkonini
beradi. Bu esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mavzuni tez tushunib olishga,
o‘zlashtirish sifatini oshishiga yordam beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
uchun yaratilgan elektron darslik, qo‘llanma va taqdimotlardan o‘quv jarayonida
keng foydalanilmoqda. O‘qish, ona tili, matematika va tabiatshunoslik fanlarini
o‘qitishda axborot texnologiyalari yordamida turli xil ko‘rgazmali slaydlardan dars
jarayonlarida foydalanish mumkin. Masalan: o‘qish va ona tili fanlarida katta
ekranda harflarni, so‘zlarni bir-biriga qo‘shib o‘qish, so‘ngra kichik ertak va
hikoyalarni o‘qish, harflarni to‘g‘ri va chiroyli yozish; matematika fanida oddiy
amallardan foydalanib, slaydlar yordamida masalalar yechish, turli xil hisob-kitobli
o‘yinlar tashkil qilish; tabiatshunoslik fanidan tabiatdagi hodisalar haqidagi sodda
slaydlar yordamida tushunchalar berish mumkin. Ushbu usullardan foydalanish
yosh va bilimga chanqoq o‘quvchining og‘zaki nutqini rivojlanishiga, og‘zaki
hisoblash malakasini oshishiga, ijodkorlik, izlanish va fikrlash qobilyatini
rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Elektron darslikdan mustaqil ta’lim olishda va o‘quv
materiallarini har tomonlama samarali o‘zlashtirishda foydalanish mumkin.
Elektron darslikda fanning o‘quv materiallari o‘quvchiga interfaol usullar bilan,
psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va
video animatsiyalar imkoniyatlaridan o‘rinli foydalaniladi. Kitob. uz saytida 1-4
sinf o‘quvchilari uchun deyarli barcha fanlarning elektron darsliklari mavjud.
Ammo ular matn va ovoz shaklida taqdim etilmagan. Elektron darsliklarni matn va
ovoz shaklida, slayd-shou ko‘rinishda berish maqsadga muvofiq. Audio va video
axborotlarning o‘zaro birgalikda qo‘llanishi o‘qitish samaradorligini keskin
yuksaltiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun RTM tomonidan yaratilgan
“Sanashni o‘rganamiz”, “Alifbo saboqlari”, “Aljabr”, “5x5” , kabi elektron
dasturlar o‘zining qiziqarliligi, o‘quvchilar yoshiga mosligi, foydalanish uchun
soddaligi, intellektual salohiyatni rivojlantirish, mantiqiy mushohada yuritishga
302
chorlashi bilan ahamiyatlidir. Bugungi kun o‘qituvchisiga qo‘yilayotgan talab, dars
jarayonida axborot texnologiyalarni qo‘llay olishi, o‘quvchilarni komyuterdan
erkin foydalanishga, zamonaviy bilimlarni puxta egallashga, ma’nan yetuk shaxs
bo‘lib yetishiga o‘rgatishdan iborat. Yurtimizda ta‘lim mazmuniga alohida e‘tibor
qaratilib, DTS o‘quv dasturlarining yangi tahrirdagi variantlari tajriba sinovdan
o‘tkazilmoqda, pedogogik texnologiyalar asosida o‘quv jarayonining samaradorligi
oshirish maqsadida pedagogik texnologiyalardan, axborot komminikatsiya
vositalaridan foydalanilmoqda. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda
o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarni keng va oson o‘zlashtirish
maqsadida pedagogik texnologiyalarning usul, vosita va shakllarini to‘g‘ri tanlab,
ulardan foydalanish muhim sanaladi.
|