o‘quv materialini
ko‘rgazmali taqdim
etadi;
yangi materialni
jadallik bilan yetkaza
biladi;
axborotlar tezligi va
hajmini animatsiyalar
ko‘magida boshqara
biladi.
306
ishlab chiqish va boshqalar kiradi. Matematika o‘qitishda kompyuterlarning
qulayligining yana bir yo‘nalishi ayrim o‘quv holatlarini modellashtirishdir.
Modellashtirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o‘qitishning boshqa
usullari qo‘llanganda tasavvur qilish, ko‘z oldiga keltirish qiyin bo‘lgan
materiallarni tushunarli bo‘lishini ta’minlashdan iborat.
Matematika darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish.
Qachonki bu metodlar samarali natija bera oladi?
- dars va mavzuning maqsadlari to‘g‘ri aniq tanlanganda;
- mavzuga mos metodlarni tanlay olinsa;
- bir metod butun dars davomini qamrab olmasdan, balki kichik
daqiqalarni qamrab olsa;
- tanlangan metod o‘quvchilarga yangi bir axborotlarni yetkazib bersa;
O‘qituvchi metodlarni yuqoridagi talablar asosida qo‘llay olsa, o‘quvchilarning
dars materiallarini o‘zlashtirish darjasi ancha yuqori bo‘ladi.
“Fikrlarning shiddatli hujumi” metodi
Ushbu metod Y.A. Aleksandrov tomonidan asoslangan hamda G.Y. Bush
tomonidan qayta ishlangan.
Metodning mohiyati quyidagidan iborat:
-
jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir o‘quvchining
shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish:
-
o‘quvchilarda ma’lum jamoa tomonidan bildirilgan fikrga qarshi g‘oyani
ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iborat.
“Fikrlarning shiddatli hujumi” metodidan foydalanishga asoslangan
mashg‘ulot quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
1-bosqich: Ruhiy jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan o‘quvchilarni o‘zida
biriktirilgan hamda son jihatdan teng bo‘lgan kichik guruhlarini shakllantirish;
2-bosqich: Guruhlarga hal etish uchun topshirilgan vazifa yoki topshiriqlar
mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash;
307
3-bosqich: Guruhlar tomonidan muayyan g‘oyalarning ishlab chiqilishi
(topshiriqlar hal etilishi);
4-bosqich: Topshiriqlarning yechimlarini muhokama etish, ularni to‘g‘ri hal
etilganligiga ko‘ra turkumlarga ajratish;
5-bosqich: Topshiriqlarning yechimlarini qayta turkumlashtirish, ya’ni ularning
to‘g‘riligi, yechimni topish uchun sarflangan vaqt, yechimlarning aniq va ravshan
bayon etilishi kabi mezonlar asosida baholash;
6-bosqich: Dastlabki bosqichlarda topshiriqlarning yechimlari yuzasidan
bildirilgan muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama etish hamda ular borasida
yagona xulosaga kelish.
Metodni qo‘llash jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi:
-
o‘quvchilar
tomonidan
muayyan
nazariy
bilimlarning
puxta
o‘zlashtirilishiga erishish;
-
vaqtni iqtisod qilish;
-
har bir o‘quvchini faollikka undash;
-
ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirish.
«Videotopishmoq» metodi
Hozirgi
kunda
pedagogik
faoliyatda
turli
axborot
vositalari
(kompyuter, televideniye, radio, nusxa ko‘chiruvchi qurilma, slayd, video va audio
magnitofonlar) yordamida ta'lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e'tibor
qaratilmoqda. O‘qituvchilar oldida ta'lim jarayonida turli axborot vositalaridan
o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi.
Videotopishmoq metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga
oshiriladi:
o‘quvchilar e’tiboriga o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga
yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi;
o‘quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganini izohlashadi;
jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etishadi;
308
o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishadi.
Mazkur metod asosida mavzuga doir kompyuter orqali videolavha namoyish
etiladi. O‘quvchilar videolavha mavzusi, unda ifodalangan mavzu haqida o‘z fikr-
mulohazalarini bildirishadi.
Matematika darslarini didaktik o‘yinlar asosida tashkil etish
Matematika darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilarni darsga
bo‘lgan qiziqishini orttiradi, aqlini charxlaydi, tafakkurini shakllantiradi, mustaqil
fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Bilamizki, 45 daqiqa davomida o‘quvchilarni
birdek diqqatini jamlab tura olaymiz, istaymizmi-istamaymizmi o‘quvchining dars
jarayonida ma’lum muddatdan so‘ng fikri tarqashni boshlaydi..
1. Javoblarni toping!
40 +
= 100
-
-
30
+ 20
= 70 -
= 20
=
+
=
+
20 +
= 50
+ 9
=
16
+
=
=
4
+ 60 =
100 +
= 66
=
-
8
= 16
Mana shunday holatlarning oldini olish uchun ta’lim jarayonida didaktik
o‘yinlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Biz darsda didaktik o‘yinlarni
tashkillashtirmoqchi
bo‘lganimizda
ham
bevosita
zamonaviy
axborot
texnologiyalariga murojaat qilamiz
2. Maydonga ekin ekilgan. Ekinlar suvsizlikdan qurib bormoqda. Buning oldini olish
uchun bulutlardagi tenglamalarni yechish kerak. Tenglamalarni to‘g‘ri bajarsangiz
yomg‘ir yog‘adi va ekinlaringiz asrab qolinadi.
309
Mana shunga o‘xshash didaktik o‘yinlarni tashkil qilar ekanmiz, yuqoridagi
tasvirda ko‘rishimiz mumkinki, zamonaviy axborot texnologiyalarining o‘rni
beqiyos, natijasi esa undanda samaraliroq. Boshlang‘ich sinflarda interfaol
metodlar
va
ta’limiy
o‘yinlardan, zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va
mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda
o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam
beradi. O‘qituvchilarning
bunday
zamonaviy
talablar
asosida
yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda
axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta’lim-tarbiya
jarayonining sifatini kafolatlaydi. Maktab ta’limining bugungi vazifasi
o‘qituvchilarning yangi innovatsion axborot texnologiyalari orqali dars
jarayonlarini tashkillashtirishi, dars davomida samarali foydalanib o‘quvchilarga
ma’lumotlarni aniq va tushunarli qilib yetkazib berishidan iborat. Shuning uchun
ham dars davomida o‘qituvchi o‘quvchilarning matematika fanini tushunarli aniq
qilib o‘rganib borishida ham darslarni yangi innovatsion zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalanib tashkil etish va o‘rgatish maqsadga muvofiqdir.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini maktab ta’lim muassasalariga tatbiq etish
o‘qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo‘l ochib beradi.
|