305
Yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy mohiyati aynan mana shu
bosqichda ochib beriladi. O‘quvchilarni ijodiy izlanish, faollik, erkin fikr
yuritishga yo‘naltiruvchi ta’lim shakli, metod va vositalarning to‘g‘ri tanlanishi
dars jarayonini samarali, qiziqarli, bahs-munozaralarga boy bo‘lishi, ijodiy
tortishuvlarning yuzaga kelishiga turtki bo‘ladi. Mana shu holatdagina o‘quvchilar
tashabbusni o‘z qo‘llariga oladilar, o‘qituvchining zimmasida esa ularning
faoliyatini ma’lim yo‘nalishga solib yuborish, umumiy faoliyatni nazorat qila
olish, murakkab vaziyatlarda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, maslahatlar berish hamda ular
faoliyatini baholash kabi vazifalar qoladi.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri
ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga
erishishdir.
Boshlang‘ich ta’limda matematika darslari sifat va samaradorligini
oshirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. Xususan,
matematika darslarida “Multimediali dars”lardan foydalanish boshlang‘ich ta’lim
dars jarayonida sifat va samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Bu jarayonda
o‘qituvchi:
Matematika fanlarini o‘qitishda yangi texnik vositalar, shu jumladan,
kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi
davrida fanlararo uzviylikni ta’minlash maqsadida informatika yutuqlaridan
foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Keyingi o‘n yillikda matematika fanini
o‘qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo‘nalishlarda olib
borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o‘rgatuvchi
dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o‘yinlarni