Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/352
Sana10.01.2024
Hajmi9,63 Mb.
#134163
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   352
Bog'liq
BuxDUPI to\'plam

Kalit 
soʻzlar: 
kompetensiya, 
psixik 
jarayon, 
oʻyin, 
qiziqish, 
dunyoqarash,intellektual salohiyat, taʼlim, pedagog. 
Bolaning goʻdakligidan ongi va tafakkurini toʻgʻri shakllantirib 
bormasak, kelajakda yuksak saviyali bilim va maʼnaviyatga ega boʻlgan 
barkamol avlodni tarbiyalash qiyin kechadi. 
Sh.M.Mirziyoyev 
Maktabgacha taʼlim uzluksiz taʼlimning asosiy boʻgʻini sanaladi. Shuning 
uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlarining asosiy vazifasi va maqsadi bolalarni 
har tomonlama yetuk shaxs sifatida shakllantirish va ularni maktab taʼlimiga puxta 
tayyorlashdan iborat. Bugungi kunda bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotiga 
emas, balki maktabgacha taʼlim tashkiloti bolalarga moslashishi, shuningdek, har 
bir bolaning xohish-istagi, qobiliyati, ularning ruhiy va jismoniy salomatligidan 
kelib chiqib,ular uchun kerakli imkoniyatlarni yaratish zarur. Maktabgacha 
yoshdagi bolalarning psixik jihatdan rivojlanishida ularda paydo boʻladigan xilma-
xil ehtiyoj va qiziqishlar juda muhim sanaladi. Bolalarning kun sayin oʻsib-
rivojlanishi,ularning hali nutqiy faolligi yetarli darajada boʻlmasa ham, dunyoni his 
etishi, kundan kunga ortib borayotgan savollar ularning intellektual salohiyati ortib 
borayotganini his etamiz. Agar maktabgacha yoshdagi bola uzoq vaqt davomida 
yakka oʻzi biron bir oʻyinchoq bilan mashgʻul boʻlsa, tabiiyki unda zerikish paydo 
boʻladi. Bolaning psixikasida yakkalik, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olmaslik, 
bolada rivojlanib boradigan kompetensiyasida boʻshliqlar paydo boʻla boshlaydi. 
Bola bunday yolgʻiz oʻynashdan zerikadi. Oʻzi uchun yaqin boʻlgan kattalar va 
tengdoshlari bilan ijtimoiy munosabat oʻrnatishga intiladi. Ular oiladan tashqi 
muhitga,yaʼni, oʻziga yaqin boʻlgan tengdoshlari tomon harakat qiladi. Bu, 
shubhasiz, ijtimoiy munosabatlar majmui boʻlgan bogʻcha tomon birinchi 


312 
qadamlarni qoʻygan boʻladi. Shu maqsadda, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 
tashkil etiladigan har bir faoliyat bolaning oʻz imkoniyati va qiziqishlarini inobatga 
olgan holda tashkillashtiriladi. Bu jarayonlar oʻyinlar orqali oʻz aksini topadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning atrof-olamdagi narsa va hodisalarni 
bilish,ularning psixik holatlari toʻgʻri rivojlanib borishi, jismoniy holatining 
meʼyorda boʻlishi bevosita harakat shaklida namoyon boʻladi. Bolalar kattalar 
uchun tanish boʻlgan voqea-hodisalarni bilishga intiladi va oʻzi bilmagan holda bu 
faoliyatni oʻyinda namoyon qiladi. Oʻyin faoliyati bolalarning jismoniy va ruhiy 
kamol topshiga koʻmaklashadi. Oʻyin orqali bolada kompetensiyalar rivojlanadi, 
oʻzlari yashab turgan dunyoni bilishga undaydi.Bir qancha olimlar bolaning 
harakatlanishi va oʻyinlar haqida fikr bildirib oʻtishgan. J.J.Russonning ʻʻAgar siz 
bolangizni shoʻxligiga yoʻl bermasangiz, unda hech qachon donishmandlarni 
yetkaza olmaymiz”, degan fiklarini uchratishimiz mumkin. A.P.Usova esa 3-4 
yoshli bolalarning oʻyin faoliyati 10-15 daqiqa, 4-5 yoshli bolalarning oʻyin 
faoliyati 40-50 daqiqa boʻladi. Bola katta boʻlaverishi bilan oʻyin faoliyati choʻzila 
borishi mumkinligini aytgan. 
Bolalar, asosan, syujetli-rolli oʻyinlarni oʻynaydilar. Rollarga boʻlinib 
oʻynashda, oʻz oʻyinlarida tevarak-atrofdagi muhim jihatlarni aks ettirishga harakat 
qilishadi. Misol uchun: “oila” oʻyinini oʻynashar ekan, bobo, buvi, dada, ona, opa-
singil, aka-uka kabi oila aʼzolarida koʻrgan xarakter-xususiyat, turmush 
hodisalarini kichkina boʻlishlariga qaramay, oʻz oʻyinlarida namoyon qilashadi. 
Bunday oʻyinlarda bolalar yuqoridagi kishilarning oʻziga xos xatti-harakatlarini, 
pantomimik holatlarini bola oʻziga koʻchirib oladi va shu xususiyatlarning maʼlum 
foizi bolada saqlanib qoladi. 
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkillashtiriladigan oʻquv jarayon, 
oʻyinli faoliyat, sayr, ovqatlanish va boshqa jarayonlarni toʻgʻri taqsimlash zarur. 
Bolaning barcha xatti-harakatlarini oddiy oʻyinda tashkillashtirish ham toʻgʻri 
emas. Oldimizga qoʻygan barcha talab va natijalarni roʻyobga chiqarish uchun 


313 
mashgʻulotlardan soʻng tashkil qilinadigan barcha oʻyinlar faqat yagona 
maqsadda, yaʼni, har bir oʻyinda ham maʼlum bir bilim, koʻnikmani 
shakklantirishga doir masala yotmogʻi muhimdir. Bugungi kun zamon talabi bilan 
aytganda, endi bolalarga avvalgidan ham koʻproq eʼtibor berib,ularning maʼnaviy 
immunitetini shakllantirish, ilmiy salohiyatini oshirib borishda oʻquv-taʼlimiy 
faoliyatga oʻzgacha yondshishni talab etadi. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturida 
belgilangan tematik rejalashtirish maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 
markazlarda taʼlimiy va tarbiyaviy jarayonlarni amalga oshishini koʻzda tutgan. Bu 
esa pedagoglardan bola kompetensiyalarining oʻziga xos shaklda rivojlanishi va 
har bir bolaning individual qiziqish va ehtiyojlariga muvofiq ish tutishni talab 
qiladi. Zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari endilikda, maktabgacha 
yoshdagi bolalarni maʼnaviy yetuk, ruhiy va jismoniy jihatdan sogʻlom tarzda 
maktab taʼlimiga tayyorlashi bilan birga ularning ichki yashirin qobiliyatlarini 
namoyon qilish, erkin fikrlay olish, liderlik, boshqaruvchanlik, ijodiy faoliyatlarini 
kashf etish va ochib berishi talab qiladi. Bu esa tarbiyachi-pedagog oldida turgan 
muhim masala sanaladi. Pedagog oʻquv-faoliyatni shunday rejalashtirishi kerakki, 
oʻyin-taʼlimiy faoliyat kunduzgi uyquni hisobga olgan holda kamida 15%, 
kunduzgi uyquni hisobga olmaganda kamida 24% boʻlishi kerak. Demak, 
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida butun taʼlimiy faoliyat bevosita oʻyin orqali 
amalga oshirilar ekan, markazlardagi faoliyatni oʻyin-taʼlim shaklida olib borishni 
talab qiladi. Pedagog egallagan bilim, koʻnikma va malakalarini, oʻz kreativligini 
namoyon qilgan holda berilgan tematik mavzu yuzasidan bolalar uchun qiziq 
boʻlgan va eng muhimi, bu oʻquv-faoliyat bolalarning bilim darajasini oshirishga 
xizmat qilishi zarur. Misol uchun aprel oyining 1-haftasi ʻʻGullab yashnayotgan 
bahorʼʼ boʻlsa, qurish-yasash va matematika markazida bahor fasliga mos rasm 
boʻlaklarini topish va mana shu boʻlaklar qanday geometrik shakllar bilan 
ifodalanganligi aytish kerakligi soʻraladi. Mana shuni qiziqarli oʻyin tarzida ʻʻkim 
bilagʻonʼʼ shaklida olib borilsa va mashgʻulotda bolalarni qiziqishga undovchi 


314 
musiqa ham qoʻshib qoʻysa juda yaxshi boʻlar edi. Syujetli-rolli markazida esa 
bahor muhitini tashkillashtirish kerak, masalan: ertaklarni bahor fasliga mos tarzda 
ifodalash. Bunda bolalar har xil qushlar, hayvonlar obrazini, kimdir bulut, kimdir 
quyosh va yana turli predmetlarni ifoda etishsa boʻladi va natijada yangi ertak 
paydo boʻladi. Bolalar bilan birga turli obrazlarni kashf etiladi, ularda mantiqiy 
ketma-ketlik davom ettira olish va obrazlarning pantomimik xususiyatlarini anglay 
olish qobiliyatlari shakllanib boradi. Ertak vaziyatidan kelib chiqqan holda turli
nizolarni va kelishmovchiliklarni paydo qilish va doʻstlar bilan uni bartaraf etishga 
yoʻnaltirish zarur. Tarbiyachi-pedagog oʻyinli-taʼlimni shakllantirar ekan, unda 
oʻzi ham bevosita ishtirok etishi mumkin.Tarbiyachi oʻrgatadi va bir vaqtning 
oʻzida oʻynaydi ham. Maktabgacha taʼlim tarbiyalanuvchilari oʻyinli -taʼlimda 
oʻyin oʻynaydilar va bilib bilmay maʼlum bir bilimlarni ham oʻzlashtirib oladilar. 
Bu egallangan bilimlar keyingi tashkillashtiriladigan faoliyatga oʻz natijasini 
beradi. Yangi bilimlar asta-sekin malaka va koʻnikmaga aylanib boradi. Yana bir 
muhim masala tashkillashtiriladigan oʻquv-faoliyatning unumli boʻlishida toʻgʻri 
tanlangan ragʻbatlantiruvchi predmetlarning boʻlishidir. Ammo bola haqddan 
tashqari ragʻbat va maqtovga oʻch boʻlmasligini, uning egallayotgan bilimlari 
keyingi faoliyatiga zarur ekanligini tushunishi kerak. Bu masalada ham pedagog-
tarbiyaching mahoratiga va talabchanligiga bogʻliqdir.
Xulosa qilib aytganda, farzandlarga tarbiya berishda ularning qiziqishlarini 
inobatga olgan holda taʼlim berish nazarda tutiladi. Zero, majburlab berilgan 
taʼlim bola xotirasida kam muddat saqlanadi, xolos. Taʼlim tarbiya borasida 
Islomda ham keng ahamiyat qaratilgan. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi 
vassallam yosh avlodni sogʻlom boʻlib shakllanishida farzandlarni badantarbiya 
bilan shugʻullanishiniga ota-onalarni targʻib qilganlar. U zot:ʻʻFarzandlaringgizga 
suzishni, kamondan oʻq uzishni va ot choptirishni taʼlim beringlarʼʼ, deganlar. 
Shunday ekan, farzandlar taʼlim va tarbiyasi juda murakkab va muhim jarayon 
hisoblanadi. 


315 

Download 9,63 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   352




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish