288
Didaktik oʻyinlar oʻquvchining turlituman qobiliyatlari, idroki, nutqi va
diqqatining rivojlanishiga samarali ta’sir koʻrsatadi. Hozirgi davrda pedagoglar
tomonidan tayyor mazmun va qoidalarga ega boʻlgan oʻyinlar yaratilmoqda. Bola
shaxsida ma’lum sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan oʻyinlarda aniq
qoidalar berilgan boʻladi. Tayyor qoida va mazmunga ega boʻlgan oʻyinlarga
quyidagi xususiyatlar xos boʻladi: oʻyin gʻoyasi va vazifasi oʻyin ta’sirida amalga
oshiriladi. Oʻyin gʻoyasi (yoki vazifasi) va oʻyin ta’siri oʻyin mazmunini tashkil
etadi; oʻyin ta’siri va oʻynayotganlar munosabatlari oʻyin qoidasi asosida
boshqariladi. Qoidalar va tayyor oʻyin mazmuni oʻquvchilarni oʻyinni mustaqil
tashkil etishlariga yordam beradi.
Didaktik oʻyinlarni uch turga ajratish mumkin: ogʻzaki, soʻzlar yordamida
oʻynaladigan oʻyinlar, oʻyin mashgʻulotlari, mashq(harakatli) oʻyinlar. Didaktik
oʻyinlar uchun oʻyin gʻoyasi va oʻyin vazifalari muhim ahamiyatga ega. Didaktik
oʻyinning eng muhim elementi uning qoidasi hisoblanadi. Qoidani bajarish
jarayonida oʻyin mazmuni amalga oshadi. Qoidaning mavjudligi oʻyin ta’sirini
amalga oshirish va oʻyin vazifasini qoʻllashga yordam beradi. Qoidani bajarish
jarayonida oʻyin mazmunini amalga oshirish dunyoqarashi shakllanib boradi.
Didaktik oʻyinda oʻquvchi qoidalarga rioya qilishga oʻrganadi. Chunki
qoidalarga rioya qilish oʻyin muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Oʻyinda qatnashish
jarayonida ijobiy xulqiy sifatlar,
tashkilotchilik
qobiliyati shakllanadi.
Foydalanilgan material turlariga qarab ham didaktik oʻyinlarni uch turga
ajratish mumkin: predmetli oʻyinlar, stol ustida oʻynaladigan oʻyinlar, soʻzlar
vositasida oʻynaladigan ogʻzaki oʻyinlar.