291
so‘roq beriladi-nechta meva bor? Suratdagi miqdorga qarab o‘quvchilar javobni
aytadilar. Shu tariqa, o‘quvchilar bu so‘z turkumini ham o‘zlashtirishga muvaffaq
bo‘ladilar. Ona tili darslarini o‘tishda boshqa usullardan ham foydalansa bo‘ladi.
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi turli ko‘rgazma, o‘yinlar, dars o‘tish
metodlari va usullaridan foydalansa, dars o‘tish ham darsni tinglab tushunish ham
ancha maroqli bo‘ ladi, o‘quvchi darsda boshqa narsalarga chalg‘imaydi. Ayniqsa,
boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarda darsga nisbatan qanchalik darajada hurmat
paydo bo‘lsa , katta sinflarda ham bolalar shu yo‘sinda davom etishadi. Hozirgi
zamon ilm-fan,texnika rivojlanib borayotgan ekan, ta’lim sohasida ham tub
o‘zgarishlar sodir bo‘lishi tabiiydir. Shunday ekan, yosh avlodga bilim berishda
qo‘ llanilayotgan o‘qitish usullarini doimo takommilashtirib borish, o‘qituvchi o‘z
mahoratini oshirib borishi lozim . Zero, ta’limda samaradorlik va sifatga erishish
bosh omildir.