• Montessori erta rivojlanish metodikasining asosiy tamoyillari
  • Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet101/352
    Sana10.01.2024
    Hajmi9,63 Mb.
    #134163
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   352
    Bog'liq
    BuxDUPI to\'plam

    А D А B I YO T L А R: 
    1. I.A. Karimovning “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni 
    tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning 
    eng 
    muhim 
    sharti” 
    mavzusidagi 
    xalqaro 
    konferensiyaning 
    ochilish 
    marosimidagi nutqi (17.02.2013. 22:55) 
    2. Sh.R. Bаrоtоv Tа’limdа psixologik xizmаt .Tоshkеnt 1999.
    3. Z.T. Nishonova, Z.T. Alimova ”Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish 
    metodikasi” Tоshkеnt 2005. 
    4. “Sоg‘lоm ona va bоlа yili” dаvlаt dаsturi. – T.: «O‘zbekiston», 2016. 
     
     
     
    MONTESSORI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI
    Zarina Ashurova Muxitdinovna 
    BuxDUPIMaktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi. 
    Hanifa Ahliyeva Jalol qizi 
    BuxDUPI Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabasi. 
    Barcha rivojlangan davlatlar maktabgacha ta’lim tizimida an’anaviylikdan 
    yiroqlashib, bolalar ta’lim – tarbiyasiga ijodiy yondashmoqdalar. Montessori 
    maktabgacha ta’lim muassasalari bunga namunadir. Montessori maktabgacha 
    ta’lim muassasalari Valdorf muassasalaridan tubdan farq qiladi. Valdorf 
    muassasalarida asosiy e’tibor bolaning ruhiy kamolotiga qaratilgan bo‘lsa, 
    Montessori muassasalarida bolalarning intellektual jihatdan erta rivojlanishiga 
    qaratilgan. Montessori maktabgacha ta’lim muassasalari 25 ta rivojlangan 


    278 
    mamlakatlarda tarqalgan bo‘lib, bu muassasalardagi barcha mashg‘ulotlar 
    noan’anaviy 
    tarzda 
    tashkil 
    etiladi. 
    Montessori 
    maktabgacha 
    ta’lim 
    muassasalarining asosiy maqsadi: bolalarga konsentratsiya, motivatsiya, o‘zini tuta 
    bilish va o‘qishga bo‘lgan erkin qiziqishni rivojlantirishdan iboratdir.
    Montessori erta rivojlanish metodikasining asosiy tamoyillari:
    1. Bolalar shaxsini hurmat qilish. Montessori uslubining asosini bolaning 
    shaxsiga, uning erkinligi, ehtiyojlari va qiziqishlariga hurmat ko‘rsatishdir. Har bir 
    bola o‘z qonunlariga ko‘ra rivojlanib boradigan noyob shaxsdir. Ota-onalar va 
    tarbiyachilar bolalarga o‘z qobiliyatlarini ochish va rivojlantirishda yordam 
    berishlari kerak. 
    2. O‘z-o‘zini rivojlantirish. Montessori metodikasining ma’nosi - bu o‘z-
    o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini o‘rganish va bolaning o‘zini rivojlantirishidir. Bola 
    mustaqil ravishda rivojlanishi kerak. Bunda tarbiyachi unga yordam beradi. Ushbu 
    tamoyilni quyidagicha shakllantirish mumkin: “Menga buni o‘zim qilishimga 
    yordam bering”. Montessori maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim poydevori 
    Mariya Montessori metodikasidir”
    78
    . Mariya Montessori (1870-1952) italiyalik 
    vrach va o‘qituvchi bo‘lib, o‘zining pedagogik tizimi orqali dunyoda shuhrat 
    qozongan pedagog olimdir. Mariya Italiya tarixida tibbiyot kursini tugatgan 
    birinchi ayol edi. 1896-yilda u vrachlik darajasini oldi va Italiyadagi birinchi ayol 
    shifokorlardan biriga aylandi. Tez orada Mariya aqli zaif bolalar muammosi bilan 
    shug‘ullana boshladi va ular uchun o‘qitish uslublarini ishlab chiqdi. Uning 
    metodikasi o‘zini-o‘zi rivojlantirish tamoyiliga asoslangan edi. Tez orada Mariya 
    Montessori o‘qitayotgan aqlan zaif bolalar yozish, hisoblash va o‘qish qobiliyatlari 
    bo‘yicha sog‘lom bolalardan o‘zib ketdi. Bu haqiqiy sensatsiya edi. M. Montessori 
    usuli samarali ekanligini bilgandan so‘ng, sog‘lom bolalarni o‘qitish usullari 
    eskirganligi, ta’lim sohasiga bolalarni qiziqtirish uchun yangi metodika ishlab 
    chiqish kerakligini angladi. Shunday qilib, Mariya sog‘lom bolalarni o‘qitishning 
    78
    Fauzek Y. I. Montessori bolalar bogchasi. -M. 1915


    279 
    yangi usulini yaratishga qaror qildi. U butun hayotini metodika yaratishga 
    bag‘ishladi va natijada butun dunyoda tan olingan bolalarni o‘qitishning inqilobiy 
    usulini yaratdi. Montessori maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar an’anaviy 
    sinflarda o‘z tengdoshlari bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar, ammo 
    mashg‘ulotlarning asosiy g‘oyasi shundan iboratki: bolalar xona atrofida erkin 
    harakatlanish va keng ko‘lamli amaliy mashg‘ulotlardan birini tanlash orqali 
    individual va o‘z xohish – istaklari asosida bilim olishlari kerak. Montessori 
    pedagogikasi o‘z o‘quvchilarining rivojlanish tezligini tezlashtirish va ularni 
    boshqa tengdoshlari bilan taqqoslaganda ko‘proq bilimga ega bo‘lish vazifasini 
    qo‘ymaydi. Haqiqiy maqsad bolada mustaqillik, o‘ziga bo‘lgan ishonch va 
    o‘qishga qiziqishni rivojlantirishdir. Montessori bog‘ida har kuni kichkintoylar 
    o‘zlari uchun faoliyatlarni tanlashda erkin. Bu bolaning faoliyatlarni zavqlanishini 
    ta’minlaydi. Tarbiyachilar “faoliyatlarda” bolalarni diqqat bilan kuzatishadi va 
    agar kerak bo‘lsa yordam berishadi, lekin bolaga ta’sir o‘tkazishga urinish mumkin 
    emas. Bundan tashqari, Montessori qo‘llanmalari va materiallari bola kattalardan 
    ko‘rsatmalarisiz mustaqil ravishda foydalanishi uchun mo‘ljallangan. Mantessori 
    maktabgacha ta’lim muassasalarida bolaga yo‘naltirilgan ta’lim asosida pedagoglar 
    mas’uliyatni his etgan holda mashg‘ulotlar tashkil etadilar. Bola dastlab 
    maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurganda faqatgina o‘z-o‘ziga xizmat 
    qilishni o‘rganadi
    79
    . Shaxsiy buyumlarini jovonga joylashtiradi, guruhni tartibga 
    solishda yordamlashadi va eng qiziqarlisi barcha guruh bolalari pedagog bilan 
    birgalikda o‘zlari uchun turli tuman mevali va sabzavotli gazaklar tayyorlaydilar. 
    Iste’moldan so‘ng esa har bir bola o‘z idishini o‘zi yuvib qo‘yishi kerak. Sut, suv, 
    va sharbatlarni esa o‘zlari xohlagan vaqtda iste’mol qilishlari mumkin. Ya’ni oddiy 
    kundalik hayot yumushlari orqali bolada mustaqillik tuyg‘usi singdirib boriladi. 
    “Bolalar Montessori maktabgacha ta’lim muassasalarida mehnatsevarlik asosida 
    79
    Ketrin Mak Tamani. Montessori metodikasi. -T. 2018


    280 
    tarbiyalanadi. Montessori maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘quv dasturi besh 
    qismdan iborat. Bular quyidagilar:
    - madaniyatshunoslik mashg‘ulotlari bo‘limi; 
    - amaliy mashg‘ulotlar bo‘limi; hissiy rivojlanish mashg‘ulotlari bo‘limi; 
    - matematika mashg‘ulotlari bo‘limi;
    - chet tillari mashg‘ulotlari bo‘limi;
    Madaniyatshunoslik mashg‘ulotlari bo‘limi o‘z ichiga - tarix, geografiya, 
    san‘at va musiqa kabi mashg‘ulotlarni qamrab olgan. Ko‘plab mavzular o‘quv 
    dasturining madaniy yo‘nalishi bo‘yicha ekskursiyaga birlashtirilgan. Bu kabi 
    ekskursiya mashg‘ulotlarida bolalar o‘zlarining hamjamiyati va atrofidagi dunyo 
    haqida ma‘lumot oladilar”
    80
    . Pedagoglar borliqdagi barcha jonzotlarni asrashni, 
    ular haqida g‘amxo‘rlik qilishni o‘rgatadilar. Madaniyatshunoslik mashg‘ulotlari 
    ham amaliy tarzda tashkil etiladi. Bolalar muzeylarga, madaniyat tashkilotlariga, 
    mashhur insonlar uylariga, hayvonot bog‘lariga, hattoki davlat organlariga, turli 
    uyushmalariga pedagoglar bilan birgalikda tashrif buyuradilar. Ularning ishlarini 
    kuzatadilar. Savollar berib, o‘zlarini qiziqtirgan hodisalar haqida bahs - 
    munozaralar tashkil etadilar. Har yili pedagoglar bolalar va ota-onalari bilan 
    birgalikda xayriya tadbirlarini tashkil etadilar. Bolalar uylariga tashrif buyurib 
    yetim bolalarga o‘yinchoqlar, kiyim kechaklar, ovqatlar, shirinliklarni o‘z qo‘llari 
    bilan tarqatadilar. Bu tadbirlar orqali bolalarda boshqa insonlarga nisbatan 
    muhabbat, g‘amxo‘rlik tuyg‘ulari rivojlantiriladi.
    Amaliy mashg‘ulotlar bo‘limida bolalar kiyinish, gazak tayyorlash, nonushta 
    tayyorlash, dasturxon yozish, o‘simliklar va hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish kabi 
    kundalik hayotiy ko‘nikmalarni o‘rganadilar. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar 
    davomida ijtimoiy hayotda tengdoshlari bilan muloqot qilish va muloqotdagi eng 
    zaruriy iboralar bilan tanishadilar. Masalan: iltimos qilish; minnatdorchilik 
    bildirish; mehribon va foydali bo‘lish; gapni to‘xtatmasdan tinglash; nizolarni 
    80
    Pola Polk Lillard. Montessori metodikasi asosida ta’limga yondashuv. - Nyu-York: Schocken Books, 1996


    281 
    tinch yo‘l bilan hal qilish. Montessori maktabgacha ta’lim muassasalarida har kuni 
    bolalarning to‘g‘ri muloqotga kirishishni o‘rganishlari uchun davra suhbatlari, 
    bolalar o‘rtasida dialoglar tashkil etiladi. Amaliy mashg‘ulotlarda o‘ziga xos 
    ko‘nikmalarni o‘rgatishdan tashqari, mustaqillikni va biron kishining fikriga 
    qo‘shilmasa norozilik bildirish ham o‘rgatiladi”
    81
    . Keyingi bosqichda bolalar 
    mashg‘ulotlar davomida bajargan ijodiy asarlarini o‘zlari baholaydilar, 
    kamchiliklarini aytib o‘tib, yutuqlarini ta’kidlab o‘tadilar. Buning natijasida esa 
    barcha bolalarda erkin fikrlash qobiliyati vujudga keladi va bolalar o‘z fikrlarini 
    kattalar yonida qo‘rqmasdan ayta oladilar. Amaliy mashg‘ulotlarda bola o‘z 
    rivojlanishida yetakchi rol o‘ynaydi. Bu mashg‘ulotlarning mohiyati bolani o‘z-
    o‘zini o‘qitishga, o‘z-o‘zini o‘rganishga va o‘z-o‘zini rivojlantirishga undashdir. 
    Shuning uchun tarbiyachining roli odatdagidan sezilarli darajada farq qiladi: u 
    bolani yetaklamaydi, balki unga ergashadi. Tarbiyachi amaliy mashg‘ulotlarda 
    bolalarning mustaqil faoliyatiga rahbarlik qiladi, o‘zlariga qiziq bo‘lgan ishlarga 
    e’tiborni qaratishga yordam beradi va bolaning yutuqlarini diqqat bilan kuzatib 
    boradi. 
    Hissiy rivojlanish yo‘nalishida bolalarga dunyoni turli xil sezgi a’zolari 
    bilan his etish, sezgilar orqali predmetlarni idrok etish mahorati o‘rgatiladi. Bu 
    bo‘limda asosan bolalarning sensor tarbiyasi rivojlantiriladi. Mashg‘ulotlar 
    davomida bolalar his – tuyg‘ularini mustaqil tarzda tushuntira berishlari talab 
    etiladi. Sensorli o‘rganish bolalarga atrofni tasniflashga va sezgi organlarining 
    rivojlanishiga yordam beradi. Bu matematika, geometriya va chet tillarini 
    o‘rganishda zarur bo‘lgan qobiliyatlarni shakllantiradi. Bolalar his – tuyg‘u orqali 
    tasniflash, saralash va ajratishni o‘rganadilar. Bolalar hissiy rivojlantiruvchi 
    mashg‘ulotlar davomida o‘zlarining ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda 
    mustaqil ravishda o‘zlarida shaxsni shakllantiradilar. Buning uchun bolaga erkin 
    va mustaqil ishlash imkoniyati yaratiladi. Erkinlik va mustaqillik bolaga dunyoni 
    81
    Barbara Isaks. Montessori yondashuvini tushunish: Amaliyotda dastlabki ta’lim . -T. 2012. 


    282 
    o‘z tempida o‘rganishga, mustaqillikni his qilishga, bilim faoliyatiga doimiy 
    qiziqishni saqlab qolishga imkon beradi.
    “Matematika mashg‘ulotlar bo‘limida bolalar amaliy mashg‘ulotlar orqali 
    raqamlarni aniqlashni, amallarni buyumlar orqali miqdoriga moslashtirishni, 10 lik 
    tizimida qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lishni mashq qiladilar.
    Chet tillari mashg‘ulotlari bo‘limi. Tilshunoslik mashg‘ulotlarida bolalar 
    o‘z ona tillarini va yana bitta chet tillaridan birini o‘rganadilar. Mashg‘ulotlarda 
    bolalarning so‘z boyligi oshiriladi yozish va o‘qish uchun zarur bo‘lgan 
    ko‘nikmalar rivojlantiriladi. Amaliy materiallardan foydalangan holda, bolalar 
    harflar tovushlarini, so‘zlarni qanday qilib birlashtirishni, qanday qilib jumlalar 
    tuzishni o‘rganadilar. Ushbu ko‘nikmalarga ega bo‘lgach, bolalarda o‘z-o‘zidan 
    o‘qish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. Mantessori maktabgacha ta’lim muassasalarida 
    bolalarga yozish faqat qalamlarda o‘rgatiladi. Pedagoglar barcha mashg‘ulotlarni 
    ochiq havoda tashkil etadilar.
    Montessori maktabgacha ta’lim muassasalarining ijobiy tomonlari:
    - qoidalar asosida yashashni emas, balki ularni yaratishga o‘rgatadi;
    - bolalarni mustaqil o‘qishga undaydi;
    - bolalar o‘zlari qiziqqan mashg‘ulotlarni o‘rganadilar;
    - bolalarni o‘z faoliyatini mustaqil ravishda tashkil etish va rejalashtirishga 
    o‘rgatadi;
    - o‘z xatti-harakatlari uchun javobgarlikni o‘rgatadi; 
    - bolalarni o‘zaro bir-birlariga yordam berishga o‘rgatadi;
    - o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mustaqil ravishda javob izlashga o‘rgatadi; 
    - bolalar xatolarini o‘zlari topishga va tuzatishga o‘rganishadi;
    - bolalar atrof-muhit, dunyo bilan tanishtiriladi;
    - kuchli mantiqiy va tahliliy qobiliyatlar rivojlantiriladi;
    - aql va nutqni rivojlantiradi. Bolaga erta bolalikdan xos bo‘lgan bunday 
    fazilatlar unga keyingi hayotda yordam beradi, jamiyatda yaxshi moslasha oladi.


    283 

    Download 9,63 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   352




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish