Asosiy metal kesuvchi dastgohlar va ularda bajariladigan ishlar




Download 1.54 Mb.
bet7/37
Sana01.08.2021
Hajmi1.54 Mb.
#16616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Asosiy metal kesuvchi dastgohlar va ularda bajariladigan ishlar

Zagatovkaga kesuvchi asbob yordamida ishlov berishda uni yo’nib kerakli shaklga va talab qilinadigan aniqlik darajasiga keltiruvchi mashina metal kesuvchi dastgoh deyiladi.

Metal kesuvchi dastgohlar eksperimental ilmiy- tadqiqot instituti tasnifiga ko’ra, turkumlab ishlab chiqarilayotgan barcha dastgohlar to’qqizta guruhga bo’linadi. Har qaysi guruh, o’z navbatida, dastgohlarning bir necha turini o’z ichiga oladi. Ko’p hollarda metal kesuvchi dastgohlar turli belgilariga qarab quyidagicha tasniflanadi:

1. Ixtisoslashtirilish darajasi bo’yicha universal dastgohlar, ular xilma-xil detallar ishlashda har xil jarayonlarni bajaradi. Ishlarning , ko’p turlarini bajarishda foydalaniladigan dastgohlar keng universal dastgohlar deb ataladi.




Dastgohlar

Guruh

Dastgohlarning turlari

1

2

3

4




0

-

-

-

-

Tokarlik dastgohlari

1

Avtomatlar va yarim avtomatlar

Revolver dastgohlar

Parmalash-qirib tushirish dastgohlari

Bir shpindelli

Ko’p shpindelli

Teshik parmalsh va kengaytirish dastgohlari

2

Vertikal parmalsh dastgohlari

Bir shpindelli yarim avtomatlar

Ko’p shpindelli yarim-avtomatlar

Koordinatli teshik kengaytirish dastgohlari

Jilvirlash dastgohlari

3

Doiraviy jilvirlash dastgohlari

Ichki jilvirlash dastgohlari

Dag’al jilvirlash dastgohlari

Vallar uchun ixtisoslashtiril-gan dastgohlar

Aralash dastgohlar

4

Universal dastgohlar

Yarim-avtomatlar

Avtomatlar

-

Tish va rezba ochish dastgohlari

5

Slindrik shesternyalar uchun randalash dastgohlari

Konussimon shesternyalar uchun tish qirqish dastgohlari

Slindrik shesternyalar va shlitsli vallar uchun tish frezalash dastgohlari

Chervyak g’ildiraklar uchun tish frezalash dastgohlari

Frezalash dastgohlari

6

Vertikal-frezalash dastgohlari

-

Kopirovkalash-gravirlash dastgohlari

Konsolli frezalash dastgohlari

Uzluksiz ishlaydigan dastgohlar

Randalash, o’yish va cho’zish dastgohlari

7

Bo’lama-randalash dastgohlari

Ko’ndalang randalash dastgohlari (shpindellar)

O’yish dastgohlari

Bir stoykali

Ikki stoykali

Kesib tushirish dastgohlari

8

Tokarlik keskichi bilan

Abraziv tosh bilan

Silliq va tishli disk bilan

To’g’rilash-kesib tushirish dastgohlari

Ishlaydigan kesib tushirish dastgohlari

Har xil dasrgohlar

9

Mufta va quvur ishlash dastgohlari

Arra tishli dastgohlar

To’g]rilash va markazsiz dag’al yo’nish dastgohlari

-

Dastgohlarning turlari

5

6

7

8

9

-

-

-

-

-

Karusel dastgohlar

Tokarlikva lobovoy dastgohlar

Ko’p keskichli dastgohlar

Shakldor detallar uchun ixtisoslashtirilgan dastgohlar

Har xil tokarlik dastgohlari

Radial parmalash dastgohlari

Teshik kengaytirish dastgohlari

Olmosli teshik kengaytirish dastgohlari

Gorizontal parmalash dastgohlari

Har xil parmalash dastgohlari

-

Charxlash dastgohlari

To’g’ri burchakli yoki doiraviy stolli yassi jilvirlash dastgohlari

Ishqalash va jilolash dastgohlari

Abraziv asbob bilan ishlaydigan har xil dastgohlar

-

-

-

-

-

Shesternya tishlar toreslariniyo’nish dastgohlari

Rezba frezalash dastgohlari

Tish pardozlash dastgohlari

Tish va rezbani jilvirlash dastgohlari

Tish va rezba qirqadiganhar xil dastgohlar

Konsolsiz vertikal dastgohlar

Bo’ylama dastgohlar

Keng universal dastgohlari

Konsolli gorizontal dastgohlar

Har xil frezalash dastgohlari

Gorizontal cho’zish dastgohlari

-

Vertikal cho’zish dastgohlari

-

Har xil randalash dastgohlari

Arralar

-

-

Tasmali

Diskli

Dastarralar

Muvozanatlash dastgohlari

-

-

Asboblarni sinash dastgohlari

Bo’lish mashinkalari

Muvozanatlash dastgohlari

-

2. Shakllari bir-biriga o’xshash , ammo o’lchamlari har xil detallar ishlash uchun mo’ljallangan ixtisoslashtirilgan dastgohlar.

3.Keng nomenklaturadagi detallarda ma’lumjarayonlarnigina bajarish uchun mo’ljallangan keng vazifali dastgohlar .

4. Faqat bir tur-o’lchamdagi dellar ishlash uchun ishlash uchun mo’ljallangan maxsus dastgohlar.

5. Avtomatlashtirish darajasiga ko’ra qo’l bilan boshqariladigan yarim avtomat, avtomatik liniyalar (zagatovkalarni avtomatik ravishda dastgohdan dastgohga o’tkazuvchi tizim).

6. Dastgohlar massasiga ko’ra yengil (10 kN gacha), o’rtacha(100 kN gacha),va og’ir(1MN dan ortiq) dastgohlarga bo’linadi. Og’ir dastgohlar, o’z navbatida , yirik(100-300kN), og’ir (300-1000 kN) va juda ogir (unikal) (1000 kN dan og’ir) dastgohlarga bo’linadi.

7. Aniqlik darajasi bo’yicha dastgohlar 5 sinfga bo’linadi. N sinf-normal aniqlikdagi dastgohlar; bu sinfga universal dastgohlarning ko’pchiligi kiradi. L sinf –oshirilgan aniqlikdagi dastgohlar ;ayni dastgohlar normal aniqlikdagi dastgohlar asosida tayyorlanadi. Ammo dastgohda muhim detallarni tayyorlashda yig’ish hamda rostlash sifatiga nisbatan yuqori talablar qo’yiladi. V sinf- yuqori aniqlikdagi dastgohlar; dastgohlarning yuqori aniqligiga ayrim uzellarning maxsus tuzilishi, detallarning tayyorlanishiga , uzellarini va butun dastgohni yig’ish hamda rostlash sifatiga nisbatan yuqori talablar qo’yilishi hisobiga erishiladi. A sinf- juda yuqori aniqlikdagi dastgohlar; bunday dastgohlar tayyorlashda V sinf dastgohlari tayyorlashdagiga qaraganda ham qattiqroq talablar qo’yiladi. S sinf- A va V sinf dastgohlari detallarining aniqligini belgilovchi detallar tayyorlash mo’ljallangan nihoyatda aniq dastgohlar; boshqacha qilib aytganda , master- dastgohlar. V , A va S sinf dastgohlari tegishli aniqlikni ta’minlash uchun ular harorati va namligi avtomatik ravishda o’zgarmas qilib turiladigan holda ishlatiladi.

Dastgohlarning texnologik belgilari va ishlatiladigan asboblariga qarab tokarlik, parmalash, yo’nish , jilvirlash, randalash, pardozlash, tish va rezba ochish , frezalash, o’yish dastgohlariga bo’linadi.

Hamma mavjud metall kesuvchi dastgolar 9 guriuhga bo’linib, har bir guruh esa, o’z navbatida, 9 turdan iborat boladi. Bularga dastgohlarning vazifasi, avtomatlashtirilish darajasi va boshqa ko’rsatkichlarini ifodalaydigan hamda metall kesish korxonalarida eng ko’p ishlatiladigan dastgohlarni kiritish mumkin.

Sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan ko’p seriyali dastgohlarning rusumi uchta yoki to’rtta (ba’zan, harflar qo’shilgan) raqam bilan belgilanadi. Birinchi raqam dastgohning guruhini, ikkinchi raqam- turini , eng oxirgi bitta yoki ikkita raqam dastgohning o’ziga xos o’lchamlaridan birini bildiradi. Birinchi raqamdan keyingi harf dastgohning takomillashtirilganligini, barcha raqamlardan keyingi harf esa asosiy rusumning modifikatsiyasini (shakl o’zgarishini) ko’rsatadi.Masalan, 2A135 rusumli dastgohda 2raqami dastgohning ikkinchi guruhga kirishini, ya’ni parmalash dastgohi ekanligini, A harfi dastgohning takomillashtirilganligini bildiradi; 1 raqami dastgohning birinchi turga oidligini , ya’ni vertikal-parmalash dastgohi ekanligini; oxirgi ikkita raqam esa parmalanishi mumkin bo’lgan eng katta teshik diametri 35 mm ekanligini ko’rsatadi. 1336A rusumli tokarlik-revolver dastgohida 1 raqami tokarlik dastgohiligini, 3-revolverligini, 36 - ishlov beriladigan silindrik zagatovkaning diamtrini, Aharfi dastgohning modifikatsiysini ifodalaydi.

Shuni ta’kidlash kerakki , yuqorida nomlari keltirilgan dastgohlar , asosan, aylanma harakatlanib biror texnologik jarayonni bajarishi mumkin. Shuning uchun bunday dastgohlarga aylanma harakat berishda turli tasmali (tekis va ponasimon ), tishli (to’g’ri, qiyshiq, konus kabi) hamda friksion, zanjirli , shnekli uzatmalardan, dastgohlarda ilgarilanma-qaytar harakatni hosil qilish uchun esa vint-gaykali, reykali uzatmalardan keng foydalaniladi (61-rasm).

Metall kesish dastgohlarida asosiy jarayonlarni (tokarlik, parmalash, frezalash, jilvirlash, randalash va boshqa ishlarni ) amalgam oshirish, shu bilan birga uzatmalarni ishga sozlash uchun kerakli mexanizmlarning kinematik sxemalari quyida keltirilgan.

208-209 betlardagi jadvalda metal kesish dastgohlarining guruh va turlari keltirilgan.




Download 1.54 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Download 1.54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Asosiy metal kesuvchi dastgohlar va ularda bajariladigan ishlar

Download 1.54 Mb.