• Falsafiy adabiyotlarda moddiy borliqning quyidagi Harakat shakllari ajratib koʻrsatiladi
  • Buxoro davlat unversiteti




    Download 9,69 Mb.
    bet4/5
    Sana21.01.2024
    Hajmi9,69 Mb.
    #142628
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Buxoro davlat unversiteti

    Materiya massaga ega va fazoda joy oluvchi obyektdir. Materiya tushunchasining aniq taʼrifi yoʻq. Baʼzi taʼriflarga koʻra, materiya elementar fermionlardan iborat har qanday narsadir (biroq bunda bir qator muammolar tugʻiladi: elementar fermion boʻlmagan, biroq massaga ega bozonlar mavjud; fermiondan iborat neytrinolarning ayrim tiplari massasiz boʻlishi mumkin). Yorugʻlik (fotonlar) va baʼzi bozonlar materiya, deb qaralmaydi.

    Materiya (lot. materia — modda) — borliqning moddiy shaklini ifodalovchi umumiy tushuncha. Olamda "umuman odam" boʻlmaganidek "umuman materiya." ham boʻlmaydi, balki Materiyaning aniq, koʻrinishlari uchraydi. Shu tarzda fikr yuritgan faylasuflar barcha moddiy obyektlarga xos xususiyatlarni umumlashtirib ifodalash uchun Materiya tushunchasini qoʻllashgan. Materiya tushunchasini moddiy olamning asosi sifatida Platon va Aristotel ishlab chiqqan.

    Materiyani R. Dekart fazoviy koʻlam va boʻlinadigan moddiy substansiya deb taʼriflagan va u 17— 18-asr materializmning asosi boʻlgan. Materiya dialektik materializmning asosiy tushunchasidir. Materialist faylasuflar Materiya tushunchasini bir yoqlama boʻrtirib, borliq tushunchasi bilan aynanlashtirib talqin etishadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining asosida yotuvchi va ularni umumlashtiruvchi tushuncha substansiya (mohiyat) deb ataladi.

    Harakatborliqning ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (qarang Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. Harakat tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. Olamdagi har qanday jarayon tufayli harakat sodir boʻladi. Har qanday oʻzgarish — Harakatdir.

    Falsafiy adabiyotlarda moddiy borliqning quyidagi Harakat shakllari ajratib koʻrsatiladi:


    1) Mexanik Harkat— jismlarning fazodagi oʻrni vaqt oʻtishi bilan boshqa jismlarga nisbatan oʻzgarishi. Barcha jismlarning Harakati nisbiydir, chunki Harakat Yerga nisbatan (keng maʼnoda) va atrofdagi jismlarga (mas, yoʻl chetidagi daraxtga) nisbatan qaraladi.

    Download 9,69 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 9,69 Mb.