• 4) biologik harakati
  • Relyatsion yondashuv
  • Buxoro davlat unversiteti




    Download 9,69 Mb.
    bet5/5
    Sana21.01.2024
    Hajmi9,69 Mb.
    #142628
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Buxoro davlat unversiteti

    2) Fizik harakat- (elementar zarralar, atom yadrosi va atomning Harakatdan tortib, olamning fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va maydon harakatigacha, yorugʻlikdan tortib koinotning gravitatsiya kuchigacha barchasi shu harakat shakliga mansubdir);

    3) kimyoviy harakat - (bunga molekulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiaiiyasi, ionlar harakati, moddaning muzlashi va kristallanish jarayonlari, kimyoviy reaksiyalar, kimyoviy sintez va parchalanish, yonish va oksidlanish va boshqa kimyoviy jarayonlar kiradi);


    4) biologik harakati - (hayotiy jarayonlar). Ayrim manbalarda kimyoviy H.dan keyin moddiy obʼyektlarning progressiv va regressiv yoʻnalishda rivojlanishiga qarab, yuksaklikka — biologik harakatga va quyi yoʻnalishiga, inqiroziga qarab — geologik harakat ham koʻrsatiladi, chunki, yer yuzida jonli organizmlarning halok boʻlishi oqibatida katta-katta materiklar, marjon orollar vujudga keladi. Ular geologiyaning tadqiqot obʼyektiga kiradi;
    4. FAZO VA VAQT.

    Fazo va vaqt yoki Makon va zamon — borliqning umumiy yashash shakllari; fazo dunyoni tashkil etuvchi obʼyektlar va ulardagi tarkibiy nuqtalarning oʻzaro joylashish tartibi, koʻlami va miqyosini ifoda etsa, vaqt dunyoda sodir boʻluvchi hodisa va jarayonlarning ketma-ket roʻy berishi va davomiyligini ifodalaydi. Fazo va vaqtning tabiati hamda mohiyati haqida qadimdan faylasuflar xilma-xil nuqtai nazarni ilgari surgan.

    Ularni umumlashtirib 2 ga: substansial va relyatsion konsepsiyaga ajratish mumkin. Substansial konsepsiyada fazo va vaqtning mutlaq jihatlari, relyatsion konsepsiyada esa ularning nisbiy jihatlari mutlaqlashtiriladi. Substansial yondashuv tarafdorlari (Demokrit, Platon, Eronshaxriy, Zakariyo ar-Roziy, Beruniy, Patritsiy, Kampanella, Gassendi, Nyuton, Eyler va boshqalar)ning fikricha, fazo-materiya va moddiy aloqadorliklardan tashqarida, ularga bogʻliq boʻlmagan holda mavjud boʻlgan mustaqil substansiyadir;

    Relyatsion yondashuv vakillari (Aristotel, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Faxriddin Roziy, Nasriddin Tusiy, Dekart, Toland, Yum, Gegel)ning fikricha, fazo — moddiy dunyoning tarkibiy tuzilishi tartibining namoyon boʻlishi, jismlarning oʻzaro joylashish oʻrni va moddiy narsalarning mavjudligi tartibini ifodalaydi. Fazo juzʼiy holda ham, umumiy holda ham moddiy dunyoning holatiga bogʻliq; materiya fazoning mavjudligi uchun asosiy vositadir, u materiyadan tashqarida mavjud boʻlishi mumkin emas, u nisbiydir.

    20-asr boshlarida A. Eynshteyn tomonidan nisbiylik nazariyasining yaratilishi fazo va vaqtning oʻzaro chambarchas bogʻlikligi, fazo va vaqt sistemaning harakat tezligi bilan, vaqt-fazo strukturasining modda zichligi bilan bogʻlikligi haqidagi fikrlar tabiiy-ilmiy va nazariy isbotini topdi.


    Download 9,69 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 9,69 Mb.