Metall  Atom raqami Atom massasi T




Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana10.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#44794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
IIBOB (1)
Baxodirova Gulhayo Mustaqil ish, 2-oraliq, Issiqlik uzatish va uning turlari. (issiqlik o’tkazish, konveksi-fayllar.org, 1-O\'z betinshe Jalg\'as, 7-22 guruh, 325681, Эпилепсия ва тутқаноқ синдромлари, 1-13 shppi, Geografik nomlarning imlosi – yozilishi, nomlar transkriptsiyasi, tarjima qilinadigan va tarjima qilinmaydigan nomlar, 0 ‘QISH DARSLARIDA MUSTAQIL ISHLAR, Bank hujjatlarini saqlash tartibi va arxivlash, 25134, Базарова Р таржимага, portal.guldu.uz-ESHITISHIDA NUQSONI BO`LGAN BOLALAR.
Metall 
Atom raqami Atom massasi T
erish
 
0 C
 
T
qaynash 
0 C
D
20
 g/sm
3
 
Mis
92 
63,5 
1084,5 
2540 
8,96 
Nikel
28 
58,7 
1455 
2900 
8,9 
Qo’rg’oshin
82 
207,3 
327,4 
1745 
10,34 
Rux
30 
65,4 
419,5 
906 
7,133 
Alyuminiy
13 
27 
660,4 
2500 
2,699 
Volfram
74 
183,85 
3420 
~5930 
19,3 
Molibden
42 
95,95 
2620 
~4800 
10,2 
Tantal 
73 
180,88 
3000 
~5300 
16,65 
Niobiy 
41 
92,91 
2470 
~4840 
8,57 
Reniy
75 
186,31 
3180 
~5900 
21,0 
Uran
92 
238,03 
1030 
3700-4200 
18,5-19 
Oltin 
79 
196,967 
1064,4 
2880 
19,3 
Kumush
47 
107,868 
960,5 
2200 
10,49 
Kuchlanish 
qatorida 
istagan 
elektromanfiy 
metall, 
birikmalardan 
elektrmusbat zaryadli metallarni siqib chiqarishi mumkin. Musbat zaryadli 
metallarga qaraganda, elektrod potensiali manfiy bo’lgan metallar yuqori kimyoviy 
faolligi va tez oksidlanishi bilan farqlanadi. Elektrod potensiali ortishi bilan metall 
barqarorligi ortadi. 


Ko’pgina metallar turli nisbatda bir – biri bilan yaxshi qorishib, ikki va 
undan ortiq komponentli qotishmalar hosil qiladi. Asosiy metallga oz miqdorda 
qo’shilayotgan metall legirlovchi deyiladi. Metallarni bir – biri bilan qorishtirib 
qotishma hosil qilish mumkinligi ulardan olinadigan metall mahsulotining fizik – 
mexanik va fizik – kimyoviy xossalarini keng miqyosda o’zlashtirish imkonini 
beradi. Amalda turli tarkibli qotishma olishning cheksiz imkoniyatlari qotishmaga 
oson va qiyin eruvchanlik, yuqori mexanik qattiqlik va mustahkamlik yoki 
aksincha, egiluvchanlik, yuqori korroziya va o’tga chidamlilik, magnitga 
tortiluvchanlik va boshqa maxsus yaxshilangan, toza metallarga xos bo’lmagan 
xossalarga ega bo’lish imkonini beradi. 
Metallarning ko’pligi, xossalarning, olish usullari va ishlatish sohalarining 
turliligi ularni alohida sinflar bo’yicha tasniflash zaruratini keltirib chiqardi. Biroq 
afsuski, metallarni ilmiy asoslangan holda sinflash hozirgacha ishlab chiqilmagan. 
Hozirgi vaqtda metallurgiya sanoatini tashkil etishning tarixiy tuzilmasi, va shunga 
muvofiq oliy o’quv yurtlari va kollejlarda muhandis – texnik xodimlarni 
tayyorlash tuzilmasini namoyon qiladigan, metallarning sanoatlashgan tasnifi 
ishlatiladi. 
Sanoatlashgan tasniflashga asosan hamma metallar ikki guruhga qora va rangli 
metallarga bo’linadi. 
Qora metallarga temir (Fe) va uning qotishmalari (po’lat, cho’yan, 
ferroqotishmalar), shuningdek marganes (Mn) va xrom (Cr) kiradi. Qolgan hamma 
metallar rangli metallar hisoblanadi. Rangli metall deb nomlanishi shartli 
hisoblanadi. Chunki oltin va mis aniq bir rangga egadir. Qolgan hamma metallar
shuningdek, qora metallar ham turlicha och va to’q ko’rinishli kulrangga ega. 
Rangli metallarni tasniflashda, ularning quyidagi turli xususiyatlariga 
asoslangan: 
- zichligi (og’ir va engil); 
- kimyoviy inertligi (qimmatbaho); 
- tarqalishini, ishlab chiqarish masshtabini va qo’llanishini chegaralanganligi 
(noyob); 


- yuqori erish harorati (qiyin eruvchi); 
- izomorfligi (tarqoq); 
- radioaktivligi (radioaktiv). 
Rangli metallar shartli ravishda to’rt guruhga bo’linadi: og’ir, engil, nodir va 
noyob. 
Og’ir rangli metallar (hammasi 10 dona) asosiy va kichik guruhga bo’linadi. 
Asosiy guruhga: mis (Cu), nikel (Ni), qo’rg’oshin (Pb), ruh (Zn), qalay (Sn) kiradi. 
Bu metallar o’zining ahamiyati va ishlab chiqarilish hajmi bo’yicha rangli metallar 
orasida muhim ahamiyat kasb etadi. Kichik guruhga: vismut (Bi), mishyak (As), 
surma (Sb), kadmiy (Cd), simob (Hg), kobalt (Co). Bular asosiy og’ir metallarning 
tabiiy yo’ldoshi hisoblanadi. Ular odatda yo’ldosh komponent sifatida, lekin 
kamroq miqdorda ishlab chiqariladi. 
Engil rangli metallar (hammasi 7 dona) guruhiga alyuminiy (Al), magniy 
(Mg), hamda ishqoriy metallar natriy (Na), kaliy (K) va ishqoriy-yer metallari 
bariy (Ba), kalsiy (Ca), stronsiy (Sr). Boshqa metallarga qaraganda bu guruh 
metallari eng kichik zichlikka ega. 
Nodir metallar (hammasi 8 dona) guruhiga oltin (Au), kumush (Ag), platina 
(Pt) va platinoidlar: ruteniy (Ru), rodiy (Rh), palladiy (Pd), osmiy (Os), iridiy (Ir) 
kiradi. Bu metallar atrof – muhit va korroziyali muhitga qarshi yuqori bardoshlik 
qobiliyatiga ega. 
Noyob metallar (hammasi 57 dona) guruhi o’z navbatida qo’yidagi 
guruhlarga bo’linadi: 
a) qiyin eriydigan noyob metallar: titan, sirkoniy, gafniy, vanadiy, volfram, 
molibden, tantal, niobiy, reniy; 
b) engil noyob metallar: litiy, berilliy, rubidiy va seziy; 
v) tarqoq noyob metallar: galliy, indiy, talliy, germaniy, selen, tellur, reniy; 
g) noyob – yer metallari: skandiy, ittriy, lantan va lantanoidlar (seriydan 
lyutesiyagacha bo’lgan 14 element); 
d) radioaktiv metallar: radiy, aktiniy va aktinoidlar (toriy, prokaktiniy, uran 
va transuran elementlar), poloniy. 


Rangli metallarni tasniflanishi shartli bo’lib, ayrim metallar turli guruhlarga 
kirishi mumkin. Masalan, titanni ham qiyin eruvchi, ham engil noyob metallarga, 
reniyni ham tarqoq, ham qiyin eruvchi metallarga kiritish mumkin. 
Keltirilgan metallarning sanoatlashgan tasnifi hozirgi vaqtda ilmiy va 
texnologik ketma – ketlik asosida tuzilgan deb tan olish mumkin emas. Unda 
metall guruhlari nomlanishi ham ma’lum bir tamoyillarga asoslanmagan. Ko’p 
hollarda u yoki bu metallning ishlab chiqarilishi va ishlatilishining o’sishi bilan 
metallarni sanoatlashgan tasnifining umumiy tamoyillariga zid holda metall bir 
guruhdan boshqa guruhga o’tishi mumkin. 

Download 0.54 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish