• Tanlab eritish
  • Chapter · November 022 citations reads 784 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects




    Download 0.54 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/14
    Sana10.03.2023
    Hajmi0.54 Mb.
    #44794
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    IIBOB (1)
    Baxodirova Gulhayo Mustaqil ish, 2-oraliq, Issiqlik uzatish va uning turlari. (issiqlik o’tkazish, konveksi-fayllar.org, 1-O\'z betinshe Jalg\'as, 7-22 guruh, 325681, Эпилепсия ва тутқаноқ синдромлари, 1-13 shppi, Geografik nomlarning imlosi – yozilishi, nomlar transkriptsiyasi, tarjima qilinadigan va tarjima qilinmaydigan nomlar, 0 ‘QISH DARSLARIDA MUSTAQIL ISHLAR, Bank hujjatlarini saqlash tartibi va arxivlash, 25134, Базарова Р таржимага, portal.guldu.uz-ESHITISHIDA NUQSONI BO`LGAN BOLALAR.
    Gidrometallurgik 
    jarayon-
    larning turlari - gidrometallurgik 
    jarayonlar sanoatda ko’pgina rangli 
    metallar 
    ishlab 
    chiqarishda 
    keng 
    qo’llanilmoqda. Ular nisbatan past (300

    C
    dan yuqori bo’lmagan) haroratda 
    suyuq, ko’p hollarda suvli muhitda 
    o’tkaziladi (3.2-rasm). Gidrometal-
    lurgik jarayonlarni bugungi kunda keng 
    ishlatila-yotganiga quyidagi yutuqlarini 
    sabab qilib ko’rsatish mumkin: 
    - minimal issiqlik va energetik harajatlar 
    bilan 
    nisbatan 
    yuqori 
    bo’lmagan 
    haroratlarda (300
    0 C
    haroratgacha) 
    3.2-rasm. Gidrometallurgik 
    jarayonlardagi quyultirgichlar 
    - kambag’al va boyitish qiyin bo’lgan rudalardan metallarni (ayrim hollarda ruda 
    qatlamini o’zidan – mis, uranni yer ostida tanlab eritish) tanlab ajratib olish 
    imkoniyati; 
    - atmosferani zaharli gazlar bilan zararlanishni yo’qligi; 
    - xizmat ko’rsatuvchi personallar uchun nisbatan yaxshi sanitar-gigienik 
    sharoitlarni mavjudligi. 
    Gidrometallurgik 
    jarayonlar 
    texnologiyasining 
    asosiy 
    bosqichlari 
    quyidagilar: 


    1) ruda mahsulotini qayta ishlashga tayyorlash; 
    2) ajratib olinishi kerak bo’lgan metalni eritmaga o’tkazish – tanlab eritish; 
    3) eritmani va qattiq cho’kmani bir-biridan ajratish; 
    4) eritmani zararli qo’shimchalardan kimyoviy usulda tozalash; 
    5) eritmadan metalni ajratib olish. 
    Gidrometallurgik jarayonlarning asosiy ko’rinishlari tanlab eritish jarayoni, 
    eritmalarni keraksiz qo’shimchalardan tozalash va eritmalardan metallarni 
    cho’ktirish hisoblanadi. 
    Tanlab eritish – qayta ishlanayotgan materialga ko’p hollarda gazsimon 
    reagent – kislorod, vodorod va boshqalar ishtirokida erituvchi ta’sir ettirib, ajratib 
    olinayotgan komponentni eritmaga o’tkazish (eritish) jarayonidir. 
    Tanlab eritish natijasida keraksiz qo’shimchalar bilan ifloslangan ajratib 
    olinayotgan metall eritmasi va asosan keraksiz jins komponentlari hamda qiyin 
    qaytariladigan birikmalardan iborat erimagan qoldiq (kek) olinadi. 
    Erituvchi sifatida suv, kislota, ishqor yoki tuz eritmalari ishlatiladi. Erituvchi 
    arzon, qayta ishlanayotgan materialga nisbatan yaxshi ta’sir kiladigan, texnologik 
    jarayon borayotganda qayta tiklanish imkoniga ega bo’lishi kerak. 
    Eritmalarni keraksiz qo’shimchalardan tozalashdan maqsad eritmalardan 
    cho’ktirish vaqtida ajratib olinayotgan metallga qo’shimchalarni tushmasligi yoki 
    cho’ktirish jarayoniga salbiy ta’sirni oldini olish hisoblanadi. 
    Tanlab eritish eritmalarini keraksiz qo’shimchalardan tozalash uchun 
    kimyoviy birikmalar ko’rinishida noorganik va organik reagentlar yordamida 
    cho’ktirish, gidroliz, durlash yoki sementasiya usullari ishlatiladi. Durlash vaqtida 
    eritmani to’yinishi, masalan, undan suv bug’latib chiqarilishi natijasida keraksiz 
    qo’shimcha cho’kma ko’rinishida cho’kadi. Sementasiya usulida cho’ktirish 
    eritmadan bir metallni unga nisbatan faol bo’lgan metall bilan siqib chiqarishga 
    asoslangan. Sementasiya usulida tozalashga sulfatli eritma tarkibidan misni rux 
    yoki nikel bilan siqib chiqarish usuli misol bo’la oladi: 
    CuSO
    4
    + Me→ Cu + MeSO



    Eritmalardan metallarni erkin holda cho’ktirish suvli eritmalarni elektroliz, 
    cho’ktirish yoki bosim ostida, hamda kimyoviy birikmalar ko’rinishida gazsimon 
    qaytaruvchilar yordamida amalga oshirish mumkin. 
    Rangli metallar gidrometallurgiyasida (ayniqsa noyob va nodir metallar 
    metallurgiyasida) sorbsiya va ekstraksiya jarayonlari keng tarqalmoqda. Bu 
    jarayonlarni qo’llashdan maqsad qo’yidagi masalalarni yechish hisoblanadi: 
    - tanlab eritishda olingan eritmadan qimmatli metallni tarkibi bo’yicha 
    keyingi qayta ishlash jarayonlariga qulay bo’lgan boshqa eritmaga o’tkazish; 
    - suyultirilgan eritma va bo’tanadan metallni jamlab olish; 
    - eritmalardan metallni samarali ajratib olish va uni keraksiz 
    qo’shimchalardan tozalash; 
    - sorbsiya bilan birlashtirilgan tanlab eritish. 
    Ion almashinuv jarayonlari ayrim qattiq birikmalarni (ionitlar) eritmalar 
    bilan ta’sirlashuvi natijasida eritmadan ion yutib olish va ionit tarkibidan 
    o’shanday zaryadli va o’shancha miqdordagi ionlarni almashishga asoslangan. 
    Ionit sifatida ko’pincha yuqori sig’imli, kimyoviy barqaror, mexanik 
    mustahkamlikka ega, yuqori molekulyarli sintetik birikmalar (smolalar) ishlatiladi. 
    Ekstraksiya deb erigan metall kimyoviy birikmalarini suvli fazadan, suv 
    bilan aralashmaydigan boshqa suyuq organik fazaga o’tkazish jarayoniga aytiladi. 
    Ekstragent sifatida organik kislota va ularning tuzlari, amin va aminli ishqorlarni 
    tuzlari, spirtlar, efirlar ishlatiladi. 

    Download 0.54 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 0.54 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chapter · November 022 citations reads 784 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects

    Download 0.54 Mb.
    Pdf ko'rish