|
Chiqarish integratsiyasini takom illashtirish istiqbollari mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaBog'liq TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA ELEKTRON PLATFORMADANVideodarslar bo‘limida
5-sinflar uchun “Mexatronika haqida tushuncha. Oddiy
mexanizmlar”, “Aylanma harakatlanuvchi sodda mexanizm yasash”, “Karusel. Karusel tezligini
oshirish”, “Aylanma harakatlanuvchi sodda Karusel yasash”, “Robotlarning atrof-muhit bilan
o‘zaro aloqasi”, “Asosiy algoritmik konstruksiyalar”, “Robototexnik tizimni loyihalash”, “Otto
robotini yig‘ish. Robotlar musobaqasi”, 6-sinflar uchun “Arduino. Arduino va uning
imkoniyatlari”, “Svetodiodlarni dastur yordamida yoqish va o‘chirish”, “Svetofor yasash”,
“Serial funksiyasi bilan tanishish
.
IF shart operatori bilan tanishish”, “Arduino dasturi monitor
portida soat ko‘rinishidagi dasturni algoritmlash”, “Harorat va namlikni sezadigan sensor bilan
tanishish”, “Motorni dastur yordamida boshqarish
.
Dastur yordamida servo motorni boshqarish”,
“Aqlli issiqxona yasash”, 7-sinflar uchun “Fotorezistor va uning imkoniyatlari. Fotorezistor bilan
tanishish”, “Aqlli yoritgich yasash. Zummer (ohang chiqarish) qurulmasini ishlash prinsipi”,
“Zummer orqali nota ohanglarini hosil qilish Is gazidan ogohlantiruvchi qurilma yasash”,
“Tuproq namlik sensori va motor shield drayveri yordamida nasosni boshqarish”, “Bluetooth
moduli bilan ishlash. Tuproq namligini masofadan nazorat qilish va boshqarish” kabi mavzularda
videodarslar tayyorlangan.
Xulosa
Demak, innovasion faoliyat yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlarning mos
kelmasligi yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorining yuzaga kelgan me’yor bilan
to‘qnashuvchi natijasida vujudga kelgan qator muammolarni yechishga yo’naltirilgan faoliyat
sanaladi. U shaxsning, xususan, pedagogning innovatsion jarayonni tashkil etishga tashkiliy –
texnologik, metodik va ijodiy jihatdan tayyorligi hisobiga tashkil etiladi. Pedagogik
innovatsiyalarning izchil ravishda pedagogik faoliyatga yangiliklarni olib kirishga imkon berish
orqali ta’lim tizimi yoki jarayoni muntazam rivojlanib boradi. O‘qituvchining innovatsion
faoliyati pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a undovchi, bunyodkorlikka
rag‘batlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi hamda u ta’lim jarayonining sifatini kafolatlaydi.
Shu bois har bir o‘qituvchi innovatsiyalarning mohiyatini to‘la tushungan holda o‘z faoliyatiga
izchil tatbiq eta olsa ta’lim jarayoni ham sifat ham samaradorlik nuqtai nazardan taraqqiy etadi.
Bu yesa o‘z navbatida ta’lim tizimining rivojini ta’minlaydi.
|
| |