|
Multimedia materiallari bo‘limidaBog'liq TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA ELEKTRON PLATFORMADANMultimedia materiallari bo‘limida
1.
Videodarslar bo‘limi
2.
Taqdimotlar bo‘limi
Darsliklar bo‘limida
1-9-sinf texnologiya fani darsliklarining yelectron nusxasidan
foydalanish, yuklab olish, onlayn tarzda o‘qish imkoniyatiga yega bo‘ladilar. Bu esa o‘qituvchilar
hamda o‘quvchilarning kutubxona uchun ajratadigan vaqtni qisqartirishga yordam beradi.
Bo‘limdan foydalanish uchun
http://robo.tdpu.uz/
manzil orqali kiriladi. Bo‘limdan “o‘quv
materiallari” belgisi tanlanadi. Belgi ustiga bosiladi va ma’lumotlar bo‘limiga o‘tiladi.
O‘quv materiallari bo‘limida texnologiya fanining 1-sinfdan 9-sinfgacha darslik
pdf
ko‘rinishda joylashtirilgan. Foydalanuvchi istalgan sinf darsliklarini elektron ko‘rinishda o‘qib
olish yoki darslikni yuklab olish imkoniyatidan foydalanadi.
Metodik qo‘llanmalar
bo‘limida 5-6-7-sinf texnologiya darsligi asosida yaratilgan
o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarning elektron nusxasi, dissertatsiya ishi doirasida
yaratilgan “Robototexnikani o‘qitish metodikasi”, “Tajriba sinov ishlarini tashkil yetish
metodikasi” nomli bir qator metodik qo‘llanmalar joylashtirilgan. Metodik qo‘llanmalarda
texnologiya fani dars mashg‘ulotlarini zamonaviy metodlar asosida mustaqil tashkil etish usullari,
dars bosqichlari, darsning maqsadlari, darsda shakllantiriladigan fanga oid kompitensiyalar,
amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish usullari, yangi mavzuni tushuntirish, uyga berilgan
topshiriqlarni mustahkamlash, yangi mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar ustida ishlash, har bitta
dars bosqichiga ajratilgan vaqt me’yorlari, o‘quvchilarni baholashda qo‘llaniladigan metodlar
yoritilgan.
O‘quv materiallari bo‘limining ikkinchi sahifasida o‘quv rejalari berilgan
.
O‘quv rejalar
bo‘limida texnologiya fanining 2022-2023 o‘quv yiliga mo‘ljallangan yillik taqvim mavzular
to‘liq joylashtirilgan.
|
| |