|
“Innovasion ta’lim texnologiyalari”Bog'liq TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA ELEKTRON PLATFORMADAN“Innovasion ta’lim texnologiyalari”
tushunchasining mazmuni. Lug‘aviy jihatdan
“innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda “innovation” “yangilik kiritish” degan
ma’noni anglatadi. Innovatsiyalarning asosiy ko‘rinishlari quyidagilar sanaladi:
yangi g‘oyalar;
tizim yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;
noan’anaviy yondashuvlar;
odatiy bo‘lmagan tashabbuslar;
ilg‘or ish uslublari.
Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud muammoni yangicha
yondashuv asosida yechish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay
oladigan shakl, metod va texnologiyalar.
Ta’lim innovatsiyalari “Innovasion ta’lim” deb ham nomlanadi. “Innovasion ta’lim”
tushunchasi birinchi bor 1979 - yilda “Rim klubi”da qo‘llanilgan.
Ta’lim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi. Ular:
-
Faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra:
-
Pedagogik jarayonda yoki ta’lim tizimini boshqarishda qo‘llaniladigan
innovatsiyalar.
Kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra: radikal, modifikatsiyalangan hamda
kombinatsiyalangan innovatsiyalar.
O‘zgarishlarning ko‘lamiga ko‘ra: tarmoq (lokal), modul va tizim innovatsiyalari.
Kelib chiqish manbaiga ko‘ra:
Jamoa tomonidan bevosita yaratilgan yoki o‘zlashtirilgan innovatsiyalar.
Ta’lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida innovatsiyalarni qo‘llashda sarflangan mablag‘ va
kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko‘zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday
yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o‘zgaruvchan
mexanizmga ega bo‘lishi zarur.
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham “novatsiya”, “innovatsiya” mohiyatini
ifodalovchi faoliyat to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lib, faqatgina tizimdagi
ayrim elementlarni o‘zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi. Bordi-yu,
faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning
rivojlanishiga yoki uni tubdan o‘zgartirishga xizmat qilsa, u holda u innovatsiya (yangilik kiritish)
deb ataladi.
Asosiy farqlar:
Novasiya
-
amaldagi nazariya doirasida qo‘llaniladi;
-
ko‘lam va vaqt bo‘yicha chegaralanadi;
-
metodlar yangilanadi;
-
natijada avvalgi tizim takomillashtiriladi
Innovasiya
1.
tizimli, yaxlit va davomli bo‘ladi;
2.
ma’lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi;
3.
sub’yektlarning faoliyati to‘la yangilanadi;
4.
yangi texnologiyalar yaratiladi;
|
| |