|
“RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN – TA’LIM – ISHLABBog'liq TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA ELEKTRON PLATFORMADAN
“RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN – TA’LIM – ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOM ILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI ”
MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
2023-yil 22– noyabr
364
5.
faoliyatda yangi sifat natijalariga erishiladi;
6.
amaliyotning o‘zi ham yangilanadi
Ta’lim innovasiyalari quyidagi o‘zgarishlarga olib keladi (I.P.Podlasiy):
- pedagogik tizimning tamomila o‘zgarishi;
- o‘quv jarayonining o‘zgarishi;
- pedagogik nazariyaning o‘zgarishi;
- o‘qituvchi faoliyatining o‘zgarishi;
- o‘quvchi (talaba) faoliyatining yangilanishi;
- pedagogik texnologiyaning o‘zgarishi;
- ta’lim mazmunining yangilanishi;
- o‘qitish shakl, metod va vositalarining o‘zgarishi;
- ta’lim tizimi boshqaruvning o‘zgarishi;
- ta’lim maqsadi va natijalarning o‘zgarishi.
Pedagogning
innovasion
faoliyati
.
Innovasion
faoliyat
– yangi
ijtimoiy talablarning an’anaviy me’yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan
g‘oyalarning mavjud g‘oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni
yechishga qaratilgan faoliyat.
Innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib
borish, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi texnologik jarayon yoki yangi
takomillashtirilgan mahsulot yaratishdan iborat.
1)
Pedagogning innovatsion faoliyati:
2)
yangilikni qo‘llashga tayyorgarligi;
3)
pedagogik yangiliklarni qabul qilishi;
4)
novatorlik darajasi;
5)
kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi;
6)
ijodkorligi bilan belgilanadi.
Innovatsion faoliyat pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma’lum maqsadga
yo‘naltirish asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni egallash, amaliy faoliyatni
nazariy bilimlar bilan to‘ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchilik
mahoratini rivojlantirishni talab etadi.
Ta’lim innovasiyalarini pedagogik jarayonga tatbiq etish bir necha bosqichlarda kechadi.
Ular quyidagilardir:
1. Muammoni tahlil asosida aniqlash.
2. Mo‘ljallanayotgan ta’lim tizimini loyihalash.
3. O‘zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish.
4. O‘zgarishlarni amalga oshirish.
Bugungi kunda pedagoglarning innovasion faoliyat ko‘nikma, malakalariga ega
bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega. Pedagoglar tomonidan innovasion faoliyat ko‘nikma,
malakalarini o‘zlashtira olishlarida ularning innovasion yondashuvga ega bo‘lishlari talab etiladi.
O‘z mohiyatiga ko‘ra pedagoglar tomonidan innovasion faoliyat ko‘nikma, malakalarining
o‘zlashtirilishi ularda innovasion yondashuvni qaror topishi asosida kechadi.
Zamonaviy sharoitda nafaqat ta’lim jarayonini tashkil etishda, shu bilan birga
o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini nazorat qilishda ham innovasion xarakterga ega vositalardan
|
| |