|
Chiqarish integratsiyasini takom illashtirish istiqbollari mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaBog'liq TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA ELEKTRON PLATFORMADAN
Kirish
O‘quvchilarning texnik ijodkorligini shakllantirish bugungi kunda rivojlanayotgan kelajak
kasblarini egallashlarida katta yordam beradi. Kelajak kasblari haqida so‘z ketsa,
kompyuterlashtirish va raqamlashtirish barcha sohalarga kirib borishi bilan har bir muassasada,
tashkilotlarda dasturchi va dastur tuzuvchilarga ehtiyoj paydo bo‘lishi tabiiy. Yurtimizda ham
axborot texnologiyalari bozorining jadal rivojlanishi axborot texnologiyalari mutaxassislariga
ehtiyoj tobora oshmoqda.
Bu sohaga qiziqish yuqoriligining sababi, olingan bilimlarni dunyoning istalgan nuqtasida
qo‘llash mumkin. Axborot texnologiyalarining jozibadorligi shundaki, u aqliy salohiyatingizni
muntazam charxlaydi. Bu soha vakillari tabiatan ijodkor bo‘ladi. Hayoliga kelayotgan g‘oyalarni
kompyuter yoki dasturlash tillarida taqdim etadi. U qaysidir ma’noda insonga erkinlik beradi,
dunyoqarashini kengaytiradi. Axborot texnologiyalarini chuqur o‘rganish moliyaviy
imkoniyatlarni kengayishiga sabab bo‘ladi. Bitta kompyuter va aqliy qobliyat yordamida
odamlarga yordam beradigan, foydasi tegadigan mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin. Masalan,
tibbiyot sohasini olsak, robotlar kelgusida operatsiyalarni yuqori aniqlik va tezlikda bajarishi
mumkin. Shuningdek ta’lim va boshqa ko‘pgina sohalarda ham sezilarli o‘zgarishlarga sabab
bo‘ladi. Kelgusida dasturlash tili eng ommabop tillardan biriga aylanadi.
Asosiy qism
Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim tizimiga kirib kelishi innovasion ta’lim
texnologiyalarining rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
“RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN – TA’LIM – ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOM ILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI ”
MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
2023-yil 22– noyabr
363
|
| |