|
Konfliktli vaziyatlarni hal etishda oilaning roli
|
bet | 3/5 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 37,45 Kb. | | #109010 |
Bog'liq konfliktalogiyaKonfliktli vaziyatlarni hal etishda oilaning roli.
Konfliktlarni hal etishda ota-onalarning pedagogik-psixologik savodxonligi,nizolar faqatgina ob’ektiv emas, balki sub’ektiv shartlar sababli ham kelib chiqishi mumkin. Ob’ektiv vaziyatlarga pedagogic jarayonga unchalik bog’liq bo’lmagan va nizoga olib kelishi mumkin bo’lgan vaziyat kiradi. Sub’ektiv shartlarini bolalarning tarbiyalari va rivojlanganliklari darajasi, nizolar ishtirokchilarining vaziyatning nizolilik darajasini anglab etishlari, ularning ma’naviy-qadriyatli yo’nalishlari tashkil qiladi. Bu jarayonda esa oilaning ta’sir kuchi kata imkoniyatlarga ega bo’ladi, chunki, yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, tarbiyalash va madaniyatini shakllantirish o’zbek oilalari uchun dolzarb masalalardandir. Oilaviy tarbiyada eng muhim shart, oilaning ma’naviy-qadriyatli mustahkam, ma’naviy sogʻlom asosga qurilganligi, avvalo ota-onalarning o’zlari tarbiyalangan bo’lishlari, ular o’rtasida totuvlik, ahillikning barqaror bo’lishi, farzandlarini kelajak hayotga, ijtimoiy munosabatlarga tayyorlash ularning kundalik e’tiqod tarzida ma’suliyatli burch ekanligini ongli tushunishlari va buni amalda oqlashlari kerak.Yoshlarda ijtimoiy munosabatlarga tayyorgarlik, ma’naviy-ahloqiy barkamollik madaniyatining shakllanishida ota-onalarning hayotiy tajribasi kata ahamiyat kasb etadi. Lekin yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash masalasi ota-onalar va oilaning boshqa a’zolari uchun og’ir ish hisoblanadi. Ko’p ota-onalar farzandlari bilan bu mavzularda suhbat qurishda zaruriy bilim va malakaga va boshqa sohalarda bilimlari sayozligidir. Ko’pchilik ota-onalar farzandlari nizolarga kirishishini ijtimoiy hayotda o’z o’rnini topishga intilishi bilan belgilaydilar va bunga beparvo qaraydilar. Ota-onalarning aksariyat qismi farzandlarining noto’g’ri tarbiyasi kelgusida nohush oqibatlarga olib kelishini tushunmaydilar. Sotsiologik tadqiqot natijalariga ko’ra, bugungi kunda farzanda tarbiyasi va yoshlardagi agressiv xulq-atvor normalarining namoyon bo’lishida oilalardagi psihologik muhitning nosogʻlomligi, ota-onalarning farzand tarbiyasini «ikkinchi o’ringa» qo’yayotganligi va noto’liq oilalar sonining ortib borayotganligi sabab bo’lmoqda, bu esa ta’lim muassasalari va mahallalarda yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash borasidagi nafaqat yoshlar balkim ularning otaonalari bilan ham pedagogik bilimlar targ’ibotini olib borishni taqozo etadi.
|
| |