• Ustiga qo
  • 4.1-chizma. 4.2-chizma. 4.3-chizma.
  • -chizma. 11 4-§. KESIM TURLARI




    Download 4.96 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/52
    Sana14.04.2023
    Hajmi4.96 Mb.
    #51289
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
    Bog'liq
    Chizmachilik. 9-sinf (2014, I.Rahmonov)
    gromov-t, Sarvinoz Allayorovna. Die aktuellen Herausforderungen, Munavvar Qori Abdurashidxonovniong pedagogik qarashlari, Mirjalol kurs ishi 1, Academic-Data-304211100769, topshiriqlar, 111111111111, 2022 yil 18-iyunga qadar fanlar, 15 мажбурий, tipik masala, B2-English-test-with-answers, Axmatqulova Muborak, SHAYBONIYLAR VA ASHTARXONIYLAR DAVRIDA MADANIYAT VA ADABIYOT, zaripov, Marketing va uning asosiy vazifalari[1]
    3.3-chizma.


    11
    4-§. KESIM TURLARI
    Bajarilishiga qarab ikki xil kesim bo‘ladi: chetga chiqarib tasvirlangan ke-
    sim, ustiga qo‘yilgan kesim.
    Chetga chiqarib tasvirlangan kesimlar ancha yaqqol bo‘ladi va ular A–A, 
    B–B kabi kerakli yozuvlar bilan belgilanadi (4.1-chizmadagi A–A va B–B 
    kesim). Agar teshik, o‘yiqlarning simmetriya o‘qi davomida kesim chiqarib 
    tasvirlansa, kesuvchi tekislik izi ko‘rsatilmasdan o‘ng tomon (90°)ga burib 
    tasvirlanadi (3.3-chizma, c va 4.1-chizma). Chetga chiqarib tasvirlanadigan 
    kesimni 4.2-chizmadagidek ko‘rinishning uzib tasvirlangan qismlari orasiga 
    joylashtirish mumkin. Bunday usulni shatunlar, balkalar, relslar, uzun vallarda 
    qo‘llash mumkin. Chetga chiqarib tasvirlangan kesimlar soni qancha bo‘lishiga 
    qaramay, ularning yuzalari shtrixlanadi. kesim konturi detal konturi bilan bir 
    xil yo‘g‘onlikda chiziladi.
    Ustiga qoyilgan kesimga misol 4.3-chizmada ko‘rsatilgan. kesim kontu-
    ri va yuzasining shtrix chiziqlari bir xil ingichka tutash chiziq bilan chiziladi. 
    kesimlarning bu turi uncha yaqqol bo‘lmagani uchun kamroq qo‘llaniladi. 
    simmetriya o‘qiga nisbatan kesim qo‘llanilayotgan detalning kesimga tush-
    gan elementi chiziladi. kesimga tushgan shponka ariqchasi bir tomonlama 
    bo‘lsa (4.3-chizma, a), kesuvchi tekislik yo‘nalishi bo‘yicha kesim 90° ga 
    burib tasvirlanadi va ko‘rsatkichi (strelkasi) chizilib, belgilanmaydi. ke-
    simga tushgan joy simmetrik shaklga ega bo‘lsa, tekislik izi ko‘rsatilmay di 
    (4.3-chizma, b).
    4.1-chizma. 
    4.2-chizma.
    4.3-chizma.


    12
    1. kesimlarning qanday turlari mavjud? Ular qanday belgilanadi?
    2. kesimlarda qanday shartliliklar qo‘llaniladi?
    3. kesim yuzasi qanday shtrixlanadi?
    4. nima sababdan kesim yuzasi shtrixlanadi?
    5. Chetga chiqarib tasvirlangan kesim konturi qanday chiziqda tasvirlanadi? 
    Ustiga qo‘yilgan kesimda-chi?
    6. Chiqarilgan kesim qanday ko‘rinishlarda belgilanadi?
    7. kesim yo‘nalishi ko‘rsatilmagan kesim yuzasi qaysi tomonga burib tasvir -
    lanadi?
    1. 4.4-chizmada berilgan val qismining chapdan ko‘rinishidan foydalanib, ke-
    simlarni M 2:1 da tasvirlang.
    2. 4.5-chizmada kesim talab qilinadigan detallarning ko‘rinishlari berilgan. 
    Ulardan birining bosh ko‘rinishini ko‘chirib chizing va chapdan ko‘rinishidan 
    foydalanib, ustiga qo‘yilgan va chiqarilgan kesimlarni bajaring.
    3. Val, o‘q, richag kabi detallarning asliga qarab, ulardagi turli elementlarni 
    chizmada ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan kesimlarni aniqlang.
    4.3-chizmada qanday kesim qo‘llanilgan?
    A. Chiqarilgan. B. Tasvirlararo. C. Ustiga qo‘yilgan. D. Qirqim.

    Download 4.96 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




    Download 4.96 Mb.
    Pdf ko'rish