• 2.3-chizma. 9 3-§. KESIMLAR
  • Materiallarning kesimda grafik belgilanishi




    Download 4.96 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/52
    Sana14.04.2023
    Hajmi4.96 Mb.
    #51289
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
    Bog'liq
    Chizmachilik. 9-sinf (2014, I.Rahmonov)
    gromov-t, Sarvinoz Allayorovna. Die aktuellen Herausforderungen, Munavvar Qori Abdurashidxonovniong pedagogik qarashlari, Mirjalol kurs ishi 1, Academic-Data-304211100769, topshiriqlar, 111111111111, 2022 yil 18-iyunga qadar fanlar, 15 мажбурий, tipik masala, B2-English-test-with-answers, Axmatqulova Muborak, SHAYBONIYLAR VA ASHTARXONIYLAR DAVRIDA MADANIYAT VA ADABIYOT, zaripov, Marketing va uning asosiy vazifalari[1]
    Materiallarning kesimda grafik belgilanishi. Detal chizmasida kesim 
    yoki qirqim qo‘llanilgan bo‘lsa, o‘sha joy yuzalari ma’lum tartibda belgilanishi 
    lozim. Detal metalldan yasalgan bo‘lsa, kesim yoki qirqim 2.2-chizmadagidek 
    shtrixlab chiqiladi. shtrix chiziqlari detalning asosiy kontur (hoshiya chizig‘i) 
    yoki o‘q chizig‘iga nisbatan 45° burchak ostida o‘ng yoki chap tomonga qi-
    yalatib chiziladi. shtrixlar ingichka tutash chiziqda bajariladi. Bitta detalning 
    2.2-chizma.


    8
    barcha ko‘rinishlarida bajarilgan qirqim yoki kesimlarda bu yuzalar bir tomon-
    lama shtrixlanishi va shtrixlar orasi ham o‘zaro teng bo‘lishi shart.
    suyuqlik va yog‘ochdan tashqari boshqa materiallar metallar kabi ho shiya 
    chizig‘iga nisbatan 45° burchakda qiyalatib chiziladi. shtrixlar orasidagi maso-
    falar material lar ning turiga qarab har xil bo‘ladi. Metall, charm, rezina, tabiiy 
    tosh, beton larda 1,5–2 mm, sopol (keramika) va silikatli materiallarda qo‘shaloq 
    chiziqlar oralig‘i 1,5–2 va 5–7 mm bo‘ladi. Tabiiy tuproq uchta o‘zaro paral-
    lel kalta chiziqlar oralig‘i 1–2 mm, to‘plam chiziqlar oralig‘i 3–5 mm qilib 
    qoldiriladi.
    Ba’zi materiallarning kesim va qirqimda grafik belgilanishi 2.3­chizmada 
    ko‘rsatilgan.
    1. Nima uchun materiallar kesimida har xil grafik shartli belgilanadi?
    2. Metall kesimda qanday grafik belgilanadi? Material yog‘och, rezina, karton 
    bo‘lsa-chi?
    Turli materiallarning kesimdagi grafik belgilanishini ish daftaringizga chi-
    zing.
    Ushbu tasvirda qanday materialning shartli grafikasi berilgan?
    A. Metall. B. Beton. C. Yog‘och. D. silikatli materiallar.
    2.3-chizma.


    9
    3-§. KESIMLAR
    kesim deganda detalning shaklini uning o‘qiga perpendikular qilib 
    o‘tkazilgan tekislik orqali aniqlash usuli tushuniladi. shunda tekislikda hosil 
    bo‘lgan yuza kesim 
    deyiladi. Kesim standartga muvofiq bajariladi. Kesimdan 
    ko‘proq val, o‘q, shatun kabi detallarning shakli va ulardagi o‘yiq chuqurcha, 
    bo‘rtiq kabilarning geometriyasini aniqlashda qo‘llaniladi. Bunday elementlar-
    ning o‘qlari orqali detal o‘qiga perpendikular qilib kesuvchi tekislik o‘tkazilsa, 
    detalning ko‘ndalang kesimi hosil bo‘ladi.
    2.1-chizma, dagi val ko‘rinishining yaqqol tasviri (2.1-chizma, a) ga qa-
    rab uni o‘yiq, teshik va chuqurchalari orqali aniqlash mumkin. Agar valning 
    yaqqol tasviri berilmasa, ba’zi elementlarning shakli, chuqurligini aniqlash 
    qiyin bo‘ladi. Masalan, segment shponka uchun o‘yilgan ariqchaning eni
    prizmatik shponka uchun tayyorlangan ariqchaning shakli va chuqurligi, de-
    tal o‘rtasidagi aylana shaklida tasvirlangan qismining silindr ko‘rinishi noa-
    niq bo‘ladi. Ularga ke simlar qo‘llanilsa, hammasi ravshanlashadi (2.2-chizma, 
    A–A, B–B, C–C ke simlar).

    Download 4.96 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




    Download 4.96 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Materiallarning kesimda grafik belgilanishi

    Download 4.96 Mb.
    Pdf ko'rish