|
№ 6-mavzu:Mashinasozlik chizmalari.Mashinasozlik chizmasi vazifalari Pdf ko'rish
|
bet | 35/129 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 11,26 Mb. | | #150515 |
Bog'liq Qurilish chizmachiligi Kamilova Shamsiya Kamilovna№ 6-mavzu:Mashinasozlik chizmalari.Mashinasozlik chizmasi vazifalari
Reja:
1. Mashinasozlik chizmalari
2. Mashinasozlik chizmasi vazifalari
3. Mashinasozlik chizmalarida shartlilik
4.Mashinasozlikchizmalarida soddalashtirishlar
MASHINASOZLIK CHIZMALARI
Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan har qanday narsa yoki narsalar to‘plami
umumiy nom bilan buyum deb ataladi. Buyumlar detallar, yig‘ish birliklari, kompleks va
komplektlarga bo‘linadi.
Detal – bir xil nomdagi va bir xil markali materialdan (yig‘ish jarayonlari
qo‘llanilmagan) yasalgan bo‘ladi.
Yig‘ish birligi – tayyorlovchi korxonalarda tarkibiy qismlari o‘zaro yig‘ish jarayonlari
bilan biriktiriladigan buyumlar.
Kompleks – tayyorlovchi korxonada yig‘ish jarayonlari bilan birlashtirilmagan, ammo
bir-biriga bog‘liq ekspluatatsion vazifalarni bajarish ko‘zda tutilgan ikki va undan ortiq
buyum.
Komplekt – tayyorlovchi korxonada yig‘ish jarayonlari bilan birlashtirilmagan, biroq
umumiy yordamchi vazifalarga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq buyum to‘plami.
Masalan, ehtiyot qismlar to‘plami.
Vint chiziqlar
Nuqta biror to‘g‘ri chiziq atrofida (R masofada) tekis aylanishi bilan bir vaqtda unga
nisbatan parallel yo‘nalishda tekis ilgarilanma harakat qilsa, vintsimon harakat qilgan
bo‘lib, vint chizig‘i chizadi. Nuqtaning bu vaqtda bosib o‘tgan yo‘li, ya’ni trayektoriyasi
vint chiziq deyiladi.
Nuqta aylanish sirtlaridan birining sirtida harakat qilsa, sirt turiga qarab silindrik,
konussimon vint chiziqlari deyiladi.
Silindrik vint chiziq. Bu texnikada eng ko‘p qo‘llaniladigan chiziq. Silindrik
steijenga o‘z o‘qi atrofida bir xil aylanma harakat berilsa va shu sterjenning A0 nuqtasiga
qo‘yilib, unga ham silindr o‘qi bo‘yicha ilgarilanma harakat berilsa, keskich sterjen
sirtida A-An vint chiziq kesadi.
|
| |