156
XULOSA
Aziz o‘quvchilar! Siz jahon tarixi Yangi davrining 1870-yilgacha
bo‘lgan bosqichi voqealari bilan tanishdingiz. Bu davrda Yevropa va
Shimoliy Amerika mamlakatlarida O‘rta asrchilik asta-sekin Yangi davr
bilan, feodal tartiblar yangi, burjuacha hayot
tarzi bilan almashganligini
ko‘rib chiqdik.
Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy va madaniy hayotda yangi
jihatlar paydo bo‘ldi.
Siyosiy sohada katta o‘zgarishlar – absolut monarxiya va milliy
davlatlarning shakllanishi va mustahkamlanish jarayoni yuz berdi. Ayni
paytda G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika
mamlakatlarida huquqiy
davlat va fuqarolik jamiyatining dastlabki belgilari paydo bo‘ldi.
Insonning ma’naviy dunyosida ham o‘zgarishlar yuz berdi. Fan va
madaniyatning yangi yutuqlari kishilar hayotiga kirib bordi. Universitet
va maktablarning soni ko‘paydi, xonadonlarda kitoblar,
gazetalar paydo
bo‘ldi. Natijada, kishilar asta-sekin diniy aqidalar ta’siridan ozod bo‘la
boshladi. Diniy ongning hukmronligi saqlanib qolgan joylarda ham endi
uni isloh qilish lozimligi haqidagi g‘oyalar paydo bo‘ldi.
Yevropada XVII–XVIII asrlarning dunyoqarashi sifatida
Gumanizm,