111
nayotgan bir davrda, Rossiyada hamon manufaktura ishlab chiqarishi
hukmron edi. Qishloq xo‘jaligida esa hamon O‘rta
asr krepostnoylik
tartiblari yetakchilik qilardi va u taraqqiyotning asosiy to‘sig‘iga ay-
langan edi.
Kiyev Rusi davlatida ruslar qachon xristian dinini qabul qilishgan?
Samoderjaviye va krepostnoylikka qarshi kurash. 1812-yilgi
Fransiya – Rossiya urushida erishilgan g‘alabadan keyin ham chor
Rossiyasida samoderjaviye boshqaruv tartibi va krepostnoylik huquqi
saqlanib qolaverdi. Ushbu holat chor Rossiyasining ilg‘or
fikrli kishi-
larini harakatga chorladi. Ular o‘z vatanini Yevropaning yetakchi dav-
latlari qatorida ko‘rishni istardilar. Vatanidagi mavjud tuzumni o‘z-
gartirmay turib, o‘z orzularining ro‘yobga chiqmasligini ham yaxshi
bilar edilar.
Ular samoderjaviye va krepostnoylikka qar-
shi aniq dastur bilan kurash boshladilar. Bu
kurash
Rossiya tarixiga «Dekabristlar harakati»
nomi bilan kirgan. Dekabristlar zodagonlarning
farzandlari edilar. Ularning bir guruhi Ros-
siyada Respublika o‘rnatish tarafdorlari bo‘lsa,
ikkinchisi konstitutsiyaviy monarxiya o‘rnatish
istagida edi.
Dekabristlar ikkita maxfiy jamiyat tuzdilar.
Ulardan biri
«Janubiy jamiyat»,
ikkinchisi
«Shimoliy jamiyat» deb ataldi. Har ikki jamiyat
ham Rossiya Konstitutsiyasining loyihasini
yaratdi. «Janubiy jamiyat»ning ko‘zga ko‘ringan
arbobi
Vatan urushi qatnashchisi Pavel Pestel
edi.
U yaratgan konstitutsiya loyihasi «Rus haqiqati» deb ataldi. Loyi-
hada samoderjaviye, krepostnoylik huquqini yo‘q qilish va Rossiyada
Respublika idora usulini joriy etish ko‘zda tutildi.
Hamma fuqarolar
uchun teng saylov huquqi asosida saylanadigan «Xalq vechesi»
Rossiya parlamenti bo‘lishi belgilandi.
«Shimoliy jamiyat»da
Nikita Muravyov tayyorlagan konstitutsiya
loyihasi Rossiyani konstitutsiyaviy monarxiya deb e’lon
qilishni
ko‘zda tutardi. Mulk senzi asosida saylanadigan ikki palatali Xalq