113
Dehqon endi pomeshikning ruxsatisiz oila qurish,
mustaqil
sur’atda shartnoma, savdo bitimlari tuzish, ko‘chmas
mulk sotib olish
va uni meros qoldirish kabi huquqlarga ega bo‘ldi.
1812-yilgi Fransiya – Rossiya urushida Rossiya g‘alabaga erishgan.
Dekabristlar Rossiyada ikkita maxfiy jamiyat
– «Janubiy jamiyat» va
«Shimoliy jamiyat»ni tuzganlar.
1861-yil 19-fevralda Rossiyada «Krepostnoy huquqni bekor qilish to‘g‘-
risida»gi Qonun imzolandi.
Hukumat dehqonlarni ozod qilib, yer berishga majbur bo‘ldi.
Shunday qilinmasa xalq g‘azabga kelishi mumkin edi.
Bundan tash-
qari, dehqonlarning asosiy soliq to‘lovchilar bo‘lib qolishi ham hi-
sobga olindi. Dehqonlarga berilgan yer chek yer deb ataldi. Hukumat
pomeshikning manfaatini ham hisobga oldi.
Jumladan, pomeshik o‘z
ixtiyoridagi yerning 1/3, cho‘l hududlarda esa 1/2 qismini saqlab
qolish huquqiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari,
dehqon shu vaqtgacha
hukumat qarorida belgilanganidan ko‘proq hududdagi yerdan foyda-
lanib kelgan bo‘lsa, uning ortiqchasi pomeshikka o‘tkazilar edi.
Bunday yerlar «otrezok» deb atalgan.
Dehqon o‘ziga berilgan yerga egalik qilish uchun «vikup» to‘lashi
shart edi. Biroq dehqonda «vikup» uchun pul bo‘lmaganligi sababli
davlat tomonidan beriladigan bo‘ldi. Dehqonlar bu qarzni 49
yil da-
vomida davlatga foizi bilan to‘lab borishi shart edi.
Islohotning tarixiy ahamiyati. 1861-yilgi islohot natijasida kre-
postnoy huquq yemirildi. Biroq islohot dehqonlarni birdaniga ozod
etmadi. Krepostnoylik asorati uzoq davom etdi.
Natijada, Rossiya
qishloq xo‘jaligida kapitalizm juda sekinlik bilan rivojlana bordi.
Shunday bo‘lsa-da, islohot muhim tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.
Chunonchi, dehqonlar shaxsiy erkinlik va fuqarolik huquqiga erish-
dilar. Iqtisodiyotda kapitalistik munosabatlarning
mustahkamlanishi
uchun keng imkoniyat yaratildi. Dunyoning yetakchi davlatlariga
nisbatan kech bo‘lsa-da, boshlangan sanoat to‘ntarishi davom etdi.