• Kurs ishning maqsadi.
  • Kurs ishning ilmiy yangiligi.
  • Cho’lponning harakter yaratish mahorati mundareja: kirish I bob. Cho`lponning kichik nasriy asarlari poetikasi




    Download 62,13 Kb.
    bet2/9
    Sana17.05.2024
    Hajmi62,13 Kb.
    #240233
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    CHO’LPONNING HARAKTER YARATISH MAHORATI kurs ishi

    Mavzuning o`rganilish darajasi. Cho`lpon she`riyati 20-yillardayoq adabiy tanqidchilik diqqat markaziga tushib, keskin adabiy-mafkuraviy bahs munozaralarga sabab bо`lgan bо`lsa-da, uning nasriy ijodi e`tibordan chetda qolib keldi. Agar "Kecha va kunduz" haqidagi kichkinagina informatsiya va "fosh etish" ruhidagi taqrizni aytmasak, adibning nasriy merosini о`rganish, asosan, 1987 yildan keyin boshlandi. Hozirgi о`quvchi Cho`lponning nasriy ijodi haqidagi ilk ma`lumotlarni adib nomini oqlash jarayonida e`lon qilingan materiallardan olish imkoniga ega bо`ldi. "Kecha va kunduz" romani qayta e`lon qilinganidan keyingina adibning nasriy asarlari tahliliga bag`ishlangan bir qator maqolalar e`lon qilindi. Aytish kerakki, Cho`lpon romanining g`oyaviy-badiiy xususiyatlarini umumiy tarzda tahlil qilishga qaratilgan mazkur maqolalarda mavzumizga bevosita aloqador о`rinlar mavjud. Xususan, O.Sharafiddinov va R.Otayev maqolalarida “Kecha va kunduz” romanning syujet-kompozitsion qurilishi, undagi obrazlar tizimi, adibning xarakter yaratish mahoratiga oid mulohazalar bildirilganki, ular fikrga turtki berish jihatidan qimmatlidir. Shuningdek, O.Sharafiddinov va N.Karimovning ilmiy-ommabop risolalarida tahlilga tortilgan nasriy asarlar orqali о`quvchini Cho`lponning badiiyat sirlariga oshno qilishga intilish borligini alohida ta`kidlash joizdir.
    Kurs ishning maqsadi. Ishda Cho`lpon nasriy asarlarining jumladan hikoya, ocherk va roman janrlarining poetikasinitadqiq etish asosiy maqsad qilib olindi.
    Kurs ishning vazifalari.

    • Cho`lponning nasriy asarlari poetikasini aniqlash

    • Yozuvchi hikoyalarining janr xususiyatlarini tadqiq etish

    • Ijodkor yaratgan ocherk janrlarining o`ziga xos kompazitsiyasini aniqlash

    • “Kecha” romanini va uning obrazlarini tahlil qilish

    Kurs ishning ilmiy yangiligi. O`zbek adabiyotshunosligida Cho`lpon ijodi baholi qudrat o`rganilgan. Ammo Cho`lpon nasrining poetikasi to`lig`icha hali o`rganilmagan. Biz ya`na shularni hisobga olib, Cho`lpon nasri poetikasini, ijodkorning yaratgan hikoyalari, ocherklari va romani timsolida tahlilqilishga urindik. Ishimizning yangiligi ana shunda.

    Download 62,13 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 62,13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Cho’lponning harakter yaratish mahorati mundareja: kirish I bob. Cho`lponning kichik nasriy asarlari poetikasi

    Download 62,13 Kb.