• Uchinchidan
  • To`rtinchidan
  • Cho’lponning harakter yaratish mahorati mundareja: kirish I bob. Cho`lponning kichik nasriy asarlari poetikasi




    Download 62,13 Kb.
    bet8/9
    Sana17.05.2024
    Hajmi62,13 Kb.
    #240233
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    CHO’LPONNING HARAKTER YARATISH MAHORATI kurs ishi

    Birinchidan, Cho`lpon nasrida hayotni badiiy aks ettirish tamoyillari g`oyaviy-ma`rifiy didaktikadan romantik talqinga, undan realistik tahlilu tasvirga tomon о`zgarib boradi.
    Ikkinchidan, Cho`lponning kichik nasriy asarlarini kuzatganda uning chin ma`nodagi ijodkor shaxs, izlanuvchan, yangilikka о`ch inson bо`lganiga amin bо`lamiz. Uning hatto bir janr doirasidagi asarlari ham turfa janr xususiyatlarini namoyon etishi, tasvir vositalariyu ifoda yо`sinining rang-barangligi shunga dalolat qiladi.
    Uchinchidan, Zamonaviy о`zbek hikoyachiligining takomilida Cho`lponning munosib hissasi bor. Xususan, "Oydin kechalarda" novellistik hikoyaning adabiyotimizdagi ilk va mumtoz namunasi sanalishi mumkin. Adibning "Nonushta" hikoyasi esa voqeaband syujetning yо`qligi, asarning asosan dialoglardan tashkil topishi bilan о`ziga xosdir. Ushbu hikoyasida Cho`lpon naturalistik adabiyotga xos tasvir manerasini, konsepsiyani kompozitsiya vositasida ifodalash ("kompozitsion tafakkur) yо`llarini tajriba qilib kо`rdi. Tabiiyki, bu nav tajribalar ham yangi bо`g`in nosirlar uchun, ham yangicha badiiy didi shakllanayotgan о`quvchi omma uchun muhim edi.
    To`rtinchidan, Cho`lpon Miryoqubning ma`naviy, ruhiy evolyutsiyasini tasvirlab, uning dilidagi his – tuyg`ular, miyasidagi o`y fikrlarni tahlil qilishni o`rganib chiqdik.
    Beshinchidan, “Kecha” asarning birinchi qismi uchun ham unga tugallanmagan asar sifatida yondashishni lozim topdik
    Oltinchidan, asarda ijtimoiy muhit va xarakterlar ruhiyati obrazlar shaklida ochib berildi.
    Yuqoridagilardan ayon bо`ladiki, о`zbek realistik prozasining taraqqiyotida Abdulhamid Cho`lponning munosib о`rni bor. Milliy adabiyotimizda zamonaviy nasrchilik endigina shakllanayotgan pallada ijod qilgan Cho`lponning ijodiy izlanishlari nasrimizning poetik arsenalini boyitishga sezilarli hissa bо`lib qо`shildi. Cho`lpon о`z ijodi bilan nasriy janrlarning turfa imkoniyatlarini namoyon qildi, turli poetik usul va vositalarni dadil tajriba qilib, ularning milliy adabiyotimizda о`zlashib qolishiga puxta zamin hozirladi. Cho`lpon ijodiyotining qatag`on qilinishi nasrimiz taraqqiyotiga ta`sirsiz qolmagan, zero, u boshlagan ijodiy tajribalarning davom ettirilishiyu qiyomiga yetkazilishi nasrimizga sifat jihatidan ta`sir qilishi tabiiy edi. О`z vaqtida amalga oshmagan bu ishning endilikda bajarilishi ham, shubhasiz, nasrimizning rivoji uchun xayrli bо`lajak. Boz ustiga, bu hozirgi nosirlarimizning buyuk adib ruhi oldidagi ma`naviy burchi hamdir.


    Download 62,13 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 62,13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Cho’lponning harakter yaratish mahorati mundareja: kirish I bob. Cho`lponning kichik nasriy asarlari poetikasi

    Download 62,13 Kb.