Ijtimoiy muhit va xarakter ruhiyati




Download 62,13 Kb.
bet7/9
Sana17.05.2024
Hajmi62,13 Kb.
#240233
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
CHO’LPONNING HARAKTER YARATISH MAHORATI kurs ishi

2.2. Ijtimoiy muhit va xarakter ruhiyati

Inson xarakteri, uning ruhiy о`ziga xosligi kо`p jihatdan u yashayotgan muhit shart-sharoitlari bilan bog`liqdir. Aksariyat yozuvchilarni, N.G.Chernо`shevskiy ta`biri bilan aytsak, “ijtimoiy munosabatlar va hayotiy tо`qnashuvlarning xarakterlarga ta`siri” qiziqtirishi bejiz emas. Avvalgi bobda kо`rib о`tganimizdek, Miryoqub obrazi talqinida ham Cho`lpon uning muhit ta`sirida shakllangan xususiyatlariga diqqatni jalb qilgan edi. Lekin psixologik tahlilning tipologik prinsipi Miryoqub obrazi talqinida yodamchi vosita edi xolos, sababki, adibni qahramonini ma`naviy “qayta tirilish”ga olib kelgan ruhiy jarayonlarning о`zi kо`proq qiziqtirgan. “Kecha”da qator personajlar borki, ular “muayyan muhitda shakllanganlar, yashaydilar va gо`yo u bilan chatishib. Tabiiyki, ularning xarakter xususiyatlarini, xatti-harakatlarining ruhiy asoslarini anglash uchun ular yashayotgan muhit sharoitlarni bilish taqozo qilinadi.3


Romandagi muhit bilan chatishib ketgan qahramonlardan biri Akbarali mingboshidir. Asarni dastlab о`qiganda Akbarali obraziga yuklangan salbiy sifatlar — savodsizlik, johillik, manfaatparastlik, tubanlik, dunyo bexabarlik — bir odam uchun kо`plik qilayotganday, adib obrazning badiiy barkamolligini maqsad — feodalizmning inqirozga yuz tutgani qonuniyligini kо`rsatish yо`lida qurbon qilgandek kо`rinadi. Ilgariroq, ilk taassurot ta`sirida bо`lsa kerak, biz mazkur obraz talqinida jonli xarakterdan kо`ra kо`proq sxematizmga moyillik kо`riladi, degan yanglish xulosasiga kelgan edik. Gap shundaki, har qanday о`quvchi yoki asar haqida fikr bildirayotgan odam talqinni talqin qiladi (yozuvchi real borliqni badiiy talqin qilsa, biz uning talqinini talqin qilamiz). Shunday ekan, adib Akbarali obrazini yaratishda qanday asoslarga tayanganini, qanday odamlar real voqelikdan (yozuvchi olami orqali) asar tо`qimasiga kо`chganini aniqlab olmasdan turib tо`g`ri xulosaga kelishimiz mahol. Demak, avvalo “Cho`lpon Akbarali mingboshi obrazini tarixiy-ijtimoiy tip sifatida real gavdalantirganmi?” degan savolga javob berishimiz lozim. Mazkur savolga javob berish uchun esa, avvalo, bir narsani aniqlab olishga tо`g`ri keladi: chor hukumati mahalliy amaldorlardan qay yо`sin foydalangan? Ma`lumki, mustamlaka Turkistonda mingboshi, amin, ellikboshilar siyosiy hokimiyatdan chetlatilgan edilar. Shunga kо`ra, ularning gardanidagi vazifalar ham chegaralangan, ya`ni: mahkumlaridagi hududda mayda-chuyda ma`muriy-xо`jalik ishlari bilan shug`ullanish va, asosiysi, xalq orasida osoyishtalikni ta`minlashdangina iborat bо`lgan.4
Romanda Akbaralining iqtisodiy jihatdan nо`noqligi, yangi iqtisodiy sharoitda zarur bо`lgan omilkorlikka ega emasligi ravshan kо`rsatiladi. Tarixiy haqiqat nuqtai nazaridan muallif bu о`rinda ham haq: chor ma`murlari amaldor tayinlar ekan, nomzodning iqtisodiy ahvoliga ham jiddiy e`tibor berganlar. Mana birgina misol: Skobelev uezdi boshlig`i Avval bо`lisi qoziligiga о`tkazilgan saylov natijalarini Farg`ona gubernatoriga jо`natarkan, ularni tasdiqlamaslikni sо`raydi. Uezd boshlig`ini tashvishga solgan narsa nomzod sifatida kо`rsatilganning “sobiq yigit”, hozirda Avval mingboshisi, keyingi vaqtda paxta ishi bо`yicha savdo operatsiyalarini avj oldirib yuborgan” Toshmatov ekanligi edi. Boshliqning aytishicha, “Toshmatov fe`lining beqarorligi va paxta savdosi bо`yicha operatsiyalarda ishtiroki bilan shunday ishlarni keltirib chiqarishi mumkinki, ularni hal qilib bо`lmay qoladi”. Xо`sh, Toshmatov nomzodi uezd boshlig`ini nima uchun qoniqtirmaydi? Shuning uchunki, Toshmatov, Akbaralidan farq qilaroq, uddaburo odam. Uning uezd boshlig`i qarshiligiga qaramay nomzodini о`tkazgani ham buni tasdiqlaydi. Uezd boshlig`i uni mingboshilikdan-da bekor qilishga harakat qilayotgani ehtimoldan holi emaski, buni bilgan nomzod boshqa tarafdan qarshi harakat boshlagandir. Toshmatov tipidagi tadbirkor, iqtisodiy jihatdan mustaqil ish yuritishga qobil odamning bora-bora siyosiy hokimiyat tomon intilishi tabiiy, chunki u faoliyat maydonini kengaytirishni, harakatlarida erkin bо`lishni istaydi. Aytmoqchimizki, amaldorlikka nomzodning о`ta boy yoxud tadbirkor bо`lishi chor ma`murlari maqsadlariga muvofiq emas edi. Ular aksar hollarda о`rtamiyona boylarni amalga mindirar edilarki, amaldorlik tayinlanganlarning asosiy daromad manbai bо`lsin. Boshqa yо`l bilan sarmoyasini oshirishga noqobil amaldor о`z amalining va amal berguchining quliga aylanadi: har qanday kо`rsatmani bajarishga hozir turadi. Romanda aytilishicha, Akbarali — “yer-suv, pul va boshqa boylikka kо`milgan odam”, bularning hammasiga u amali orqasidan erishgan. Hali amalga minmasdan turib u “besh-tо`rt tanob yerli” о`ziga tо`q odam edi. Mingboshiga olib bergan “yaxshi bir uloqchi ot badaliga” olti yil ellikboshilik qilgan va bu “olti yil mobaynida bir uloqchi otning emas, bir necha uloqchi otlarning hissasi chiqarilgan, burungi tо`rt-besh tanob yerga yana bir necha tо`rt-besh tanob qо`shilgan...” Ellikboshilikdan kelgan daromad kam kо`ringanida mingboshilikka intiladi, Miryoqub kо`magi bilan bunga erishadi ham. Mingboshlik ham uning uchun daromad manbai bо`lganini katta xotini Xadichaxonning sо`zlaridan ravshan anglashiladi: “Buningiz amaldor bо`lgandan keyin aynidi. Mingboshilik yomon hovliqtirdi. О`z qishlog`ini tashlab bu yerga kо`chdi. Bu katta hovlini sotib oldi. Mana bu — katta imoratlarni soldirdi. Bog`-rog` qildi, yer-suv kо`paytirdi...” Akbarali bu davlatni qay yо`l bilan topgani ma`lum: xalqni ochiq-ishkor talagan, boylarning “hojatini chiqargan”, mahkumidagi amaldorlarning “patini yulgan”... Qizig`i shundaki, chor chinovniklari mahalliy amaldorlarning bu kabi kirdikorlaridan voqif bо`lganlari holda, rasman jinoyat hisoblangan bu ishlarga panja orasidan qaraganlar. Farg`ona oblast boshqarmasiga amaldorlardan shikoyat qilib yozilgan arizalarning kо`pi “da`vo tasdiqlanmagani uchun oqibatsiz qoldirilgani”ni Miryoqub kabi “epaqa”larning say-harakatidangina emas, buning chor ma`muriyatiga ham iqtisodiy va ham siyosiy jihatdan foydali ekanidan deb tushunmoq lozim. Bundan ruhlangan nopok amaldorlar quturgandan quturganlarki, 1916 yil qо`zg`oloni vaqtida ulardan kо`pining о`ldirilgani, о`lasi qilib kaltaklangani, uy-joylariga о`t qо`yilgani buning yorqin dalilidir. Xalq orasida tez-tez eshitilib qoladigan “о`zbekka amal bermasin ekan-da” degan taassufning ildizi о`sha davrlarga borib taqaladi, poyasi esa...

  1. Bahodir Karim. Abdulla Qodiriy – T: Fan, 2006.

4 Mirvaliyev. O`zbek adiblari. – T: Yozuvchi, 2006.

Yuqorida yuritgan mulohazalarimizga tayangan holda Cho`lpon Akbarali obrazini ijtimoiy-tarixiy tip sifatida haqqoniy kо`rsatgan, deya olamiz. Albatta, e`tiroz tug`ilishi tabiiy: hayotda durustroq amaldor bо`lmaganmi? Bо`lgan, lekin: birinchidan, durustroq amaldorlar, taassufki, ijtimoiy-tarixiy sharoit mahsuli bо`lmish akbaralilar salmog`i oldida yо`qqa chiqadi hisobi. Aytish kerakki, har birimizda dunyoqarashimiz, ijtimoiy mavqeimiz, hayotiy tajribamizga kо`p jihatdan bog`liq bо`lgan (ya`ni, sub`ktiv) ijtimoiy guruh vakillari haqida muayyan tasavvur bor. Bu narsa boshqalarnikidan ozmi-kо`pmi farqlangani holda, jamiyat a`zolarining aksariyatiga xos tasavvurga yaqin, zero, ijtimoiy tip davrning shart-sharoitlari bilan bog`liq holda obyektiv mavjuddir. Ikkinchidan, Cho`lpon roman problematikasidan kelib chiqib durustroq amaldorni kо`rsatishi mumkin emas, chunki bu adibning kо`zlagan maqsadlariga muvofiq kelmaydi. Agar yozuvchi ijtimoiy-tarixiy muammolarni badiiy tadqiq qilishni maqsad qilmasdan, deylik, biron-bir konkret amaldorning taqdiri, uning tashqi dunyo bilan munosabati asosida yuzaga kelgan iztiroblarini qalamga olganida yoxud konkret amaldorning muhabbati haqida asar yozganida amaldor boshqacharoq qiyofada olinishi mumkin edi.


Ma`lumki, obraz tipik va individual xususiyatlarning uyg`un mujassami bо`lsagina badiiy xarakter darajasiga kо`tarila oladi. Obrazning individual xususiyatlari haqida fikr yuritishning bir chigal tomoni bor: yuqorida aytganimizdek, ijtimoiy tiplar haqida jamiyat a`zolarining aksariyatiga xos umumiy tasavvur mavjud, lekin individual xususiyatlarni tushunishda bunday umumiylik yо`q. Shaxsning boshqa bir shaxsni tushunishi qanday kechadi? Har qanday odam boshqa bir odamni tushunishga, xatti-harakatlarini baholab, u haqda tasavvur hosil qilishga intilar ekan beihtiyor “о`z qarichi”ni ishga soladi. Bunda u uch narsaga — hayolidagi inon ideali, о`z ichki dunyosi va ijtimoiy guruh haqidagi о`z tasavvuriga tayanadi. Qarshisidagi odamni shu uch unsur bilan muqoyasa qilishning oqibati о`laroq tasavvur hosil qiladi. Yana shunisi ham borki, kо`pincha tasavvur hosil bо`lishida ilk taassurot (ideal bilan muqoyasaning hosilasi sifatda yuzaga kelgan simpatiya yoxud antipatiya) asos vazifasini о`taydi: о`sha ilk taassurotni tо`latish, tasdiqlab olish uchun obyektdan yangi chizgilar qidiriladi, topiladi —tasavvur hosil qilinadi. Xayolimizdagi tasavvur bilan obyekt — real insonning tugal mos kelishi ehtimoldan yiroq, shunday bо`lsa-da, biz buning aksiga ishonishga kо`proq moyilmiz. Sababki, obyektni yuqoridagi uch unsurga qiyoslab, abstrakt tafakkur qilish orqali yaxlit butunlik — tasavvurga ega bо`lganmiz. Bizningcha, real insonning badiiy obrazga aylanib asar tо`qimasiga kirib kelishi ham xuddi shu tarzda kechadi. Shunday ekan, obrazning individual xususiyatlari haqida gapirganda uni reallikka (obrazni ijtimoiy tip sifatida tekshirganimiz kabi) qiyoslashga haqli emasmiz. Bu о`rinda endi reallikka kо`z yumib, asardagi badiiy voqelik nuqtai nazaridan yuritishimizga, obrazning о`zini alohida, betakror olam deb tushunishimizga tо`g`ri keladi.

XULOSA

Cho`lponning shaxs va ijodkor sifatida, xususan, nosir sifatidagi shakllanishi jadidchilik g`oyalari ta`sirida kechganki, adibning ilk ijodini ulardan ayro holda tushunish va baholash maholdir. Yozuvchining "Qurboni jaholat" va "Doktor Muhammadiyor" hikoyalarida kuzatilgan g`oyaviy-ma`rifiy didak-tikaning ustivorligi, xarakterlarning nuqtai nazari-dangina talqin qilinishiyu baholanishi, mavjud voqelikning sentimental yoxud ratsionalistik inkori kabi qator xususiyatlar ham shundan dalolatdir. Shu bilan birga, "Doktor Muhammadiyor" hikoyasi tahlili Cho`lponning ilk mashqlaridayoq realistik va didaktik adabiyotga xos xususiyatlar ziddiyatga kirishganini kо`rsatadi. Yosh adib ibratli qahramon yaratish maqsadini kо`zlagani holda qahramonini о`zining tajribasidan kelib chiqib talqin qiladi, unga о`zining о`y-hislarini singdirib yuboradi. Bu esa Cho`lponning ijodda mavhum g`oyadan emas, real hayotdan kelib chiqish ehtiyojini sezayotganidan, vujudida san`atkor va tashviqotchi kurasha boshlaganidan dalolatdir. Normal ijodiy о`sishda bu kurash san`atkor foydasiga hal bо`lishi tabiiy edi, biroq Cho`lpon ijtimoiy faoliyat qozonida qaynagani uchun-da uning ijodiy tamoyillaridagi о`zgarishlar kо`proq tashqi ta`sir natijasida yuz berdi. Xususan, о`zi kurashgan maqsadlariga yetish umidi kesilgan pallada u reallikdan xayolot olamiga qochishga intiladiki, she`riyatida bо`lganidek, nasriy ijodiga ham romantik talqin ("Kleopatra", "Yо`l esdaligi") kirib keladi.



Download 62,13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 62,13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijtimoiy muhit va xarakter ruhiyati

Download 62,13 Kb.