9
1
Maqsadli dasturlash
Kompyuter
faqat
raqamli
maʼlumotlarni tushunadi. Bu 1 va 0 raqamlaridir. Kompyuterga maʼlumot
kiritishni xohlasangiz, u 1 va 0 ga aylantirilishi kerak. Buni har qanday turdagi maʼlumot, masalan,
harflar, raqamlar, tovush va tasvirlar bilan amalga oshirish mumkin. Bu –
maʼlumot toʻplashdir
.
Ushbu tasvirning yuqorisida analog tovush toʻlqini koʻrsatilgan bo‘lib,
u katta qiymatlar
oralig‘iga ega. Shuningdek, quyi qismida ma’lumotlari 1 va 0 shaklida shifrlangan raqamli toʻlqin
tasvirlangan. Raqamli tovush toʻlqini analog tovush toʻlqiniga oʻxshamaydi.
Ma’lumot kiritish va natijani chiqarishning maxsus shakli
teskari aloqa
deb ataladi. Bu
jarayonning natijasini boshqa jarayonga kiritish boʻladi. Bularning
barchasi avtomatik ishga
tushadi va yaratilgan maʼlumot keyin nima sodir boʻlishiga qarab oʻzgaradi.
Raqamli:
kompyuterdagi
ma’lumotlarni
tavsiflashda
ishlatiladi.
Raqamli ma’lumot
kompyuterda 1 va 0
larda saqlanadi.
Ma’lumot toʻplash:
haqiqiy dunyodagi
maʼlumotlarni
toʻplash va uni
kompyuter
tushunadigan
tilga
aylantirish.
Teskari aloqa:
maʼlumotni kiritish
orqali dastur
oʻzgartiriladi,
keyin
natija hosil boʻladi.
Natijani chiqarish
dasturda yangi
maʼlumot
kiritishga
aylanadi.