8
Dasturlar odatda
interfeys
yordamida foydalanuvchi bilan
oʻzaro aloqani
talab qiladi. Interfeys –
dasturning bir qismi boʻlib, foydalanuvchini u bilan aloqa qilishiga imkon beradi.
U foydalanuvchi
bosishi, terishi va qarashi mumkin boʻlgan ekran tugmalari, matn, tasvirlar va boshqalarni oʻz
ichiga oladi.
Interfaol dastur deganda foydalanuvchi dasturga jalb qilinishi va quyidagini bajara olishi tushuniladi:
•
maʼlumotni kompyuterga kiritish. Maʼlumot
kiritish bu, masalan, tugmalarni bosish, matn
va
sonlarni
kiritish
hisoblanadi. Kompyuter oʻyinida bu qoʻl kontrolleri yordamida amalga
oshirilishi mumkin.
•
kompyuterdan maʼlumot olish.
Natijani chiqarish
bu, masalan, tasvir va matnlarni koʻrish va
tovushni eshitish hisoblanadi.
Haqiqiy hayotdagi aksariyat maʼlumotlar (kompyuterdagi emas)
analog
li maʼlumot hisoblanadi.
Bu har qanday shaklda
aks etuvchi har qanday qiymat, masalan, tovush yoki tasvirlar boʻlishi
mumkin. Kompyuter tushunishi uchun bunday maʼlumotlar oʻzgartirilishi kerak.
Interfaol:
foydalanuvchi uchun
kiritish
va chiqarish
funksiyasi bor dastur.
Interfeys:
foydalanuvchi
maʼlumot kiritishiga
imkon
beruvchi va
foydalanuvchiga natija
chiqarib beruvchi
dasturning bir qismi.
Maʼlumot kiritish:
kompyuterga
yozish
yoki tugmachalarni
bosish
orqali
ma’lumot kiritish.