1.2. Intellektual tizimlar haqida umumiy ma'lumot Intellekt – bu maqsadga erishishda zarur bo'ladigan faktlar va metodlar
to'plamidan iborat. Maqsadga erishish – bu faktlarga zaruriy qoidalarni qo'llashdan
iborat.
Sun'iy intellekt tizimi rivojlanishining quyidagi bosqichlarini ko'rib
chiqishimiz mumkin:
1.
XX asrning 70 yillari masalalarni echish metodlarini izlash va ularni
universal dasturlarni qurishda foydalanish bilan xarakterlanadi.
2.
XX asrning 80 yillari axborotlarni tasavvur qilishning umumiy
metodlarini izlashga va ularni maxsus dasturlarga qo'llash usullarini qidirish bilan
xarakterlanadi.
3.
XX asrning 90 yillari bir qancha fan sohalari bo'yicha maxsus
dasturlarni yaratish uchun katta xajmli yuqori sifatli maxsus bilimlarni qo'llanishi
bilan xarakterlanadi.
XX asrning 90-yillari boshlarida butunlay yangi konsepsiya qabul qilindi.
Intellektual dasturni tuzish uchun, izlanish fan sohasining yuqori sifatli maxsus
bilimlari bilan ta'minlash kerak. Shuning uchun loyixalashtirilayotgan Sun'iy
intellekt tizimi yuqori bosqisdagi bilimlari bazasiga ega bo'lishi kerak. Hozirgi
vaqtda eng ko'p tarqalgan konsepsiya bu ekspert tizimlarini loyixalashtirishdir.
Ta'rif. Ma'lum fan sohasidagi Sun'iy intellekt tizimi ekspert deb ataladi.
Ekspert Tizimlarini– bu aniq fan sohasidagi mutaxassislarning bilimlari to'plovchi
va kam ixtisoslashgan foydalanuvchilarga konsulьtasiya uchun empirik tajribasini
tirajlashtirvchi (nusxasi yozish) murakkab dasturlar kompleksi [7].
Ularning asosiy xususiyatlari:
1.
Ekspert Tizimlari masalani echish uchun yuqori sifatli tajriba va bilimni
qabul qiladi;
Ekspert tizimlari asosliligini qarab chiqamiz, inson tafakkurini va Sun’iy
intellekt tizimini solishtirish 1.1- jadvalda keltirilgan
11
1.1-
jadval. Ekspert tizimlari asosliligini qarab chiqamiz, inson tafakkurini
va Sun’iy intellekt tizimini solishtirish