• Kiislotali oksidlar.
  • Eritmalar Eritmalar
  • D. I. Mendeleyev davriy qonuni




    Download 458.5 Kb.
    bet9/32
    Sana21.04.2022
    Hajmi458.5 Kb.
    #20057
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
    Bog'liq
    Mustaqil ish. Kimyo
    JADVAL, 5-ERATOSFEN, bo\'lish alomatlari, misollar, 33- klaster, Innavatsion tadbirkorlik faoliyati boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi, musqil ish 111, Radjabov Sardor kurs ishi, Modul7 8 9, moliyaviy hisobotning mazmuni mohiyati (1)., 10 TA KASHFIYOT, 12-mavzu IAKT-2023
    Kimyoviy xossalari. Asosli oksidlar qattiq moddalardir. Ulardan ba’zilari suvda yaxshi eriydi.
    Iva IIguruh asosiy guruh elementlari metallarining oksidlari ВеО va МgО dan tashqari suv bilan ta’sirlashganda asoslar hosil bo’ladi. Qolgan guruhlardagi metallarning oksidlari suv bilan ta’sirlashmaydi:

    Ular kislotali oksidlar bilan ta’sirlashib tuzlar hosil qiladi:

    Asosli oksidlar kislotalar bilan ta’sirlashadi va tuz hamda suv hosil qiladi

    Kiislotali oksidlar. Kislotalar mos keladigan oksidlarni kislotali oksidlar deyiladi. Kislotali oksidlar metallmaslarning oksidlari va ba’zi metallarning yuqori valentli oksidlari misol bo’la oladi: СrO3;Mn2O7; MnO3; V2O5;MoO3;WO3).Ularni angidridlar (suvsizlantirilgan kislotalar) deb ham yuritiladi.
    Har bir kislotali oksidga kislota to’g’ri keladi:

    Olinishi. Metallmaslarning kislorodda yoki havoda yonishi:

    Murakkab moddalarning yondirilishi:

    Kislotalarni qizdirish orqali suvsizlantirish:


    Metallarga kislotalar ta’sir ettirish:


    Metallmaslarga kislotalar ta’sir ettirish:



    Eritmalar
    Eritmalar — nisbiy miqdorlari keng oraliqda oʻzgarishi mumkin boʻlgan 2. va undan ortiq komponent (tarkibiy qism)lardan tashkil topgan qattiq yoki suyuq gomogen sistemalar. Har qanday eritma erigan modda va erituvchidan iborat; undagi molekula yoki ionlar baravar tarqalgan boʻladi. E.da erituvchi bilan erigan moddalarni bir-biridan farqlash zarur. Odatda, erituvchi sifatida sof holda ham, eritmada ham agregat holati oʻzgarmagan modda olinadi. Mas, biror tuzning suvdagi eritmasidagi erituvchi suv. Agar 2 modda bir-birida erigunicha suyuq agregat holatda boʻlsa, eritmada miqdori koʻproq komponent erituvchi sifatida qabul qilinadi. Suv bilan spirt eritmasida bu moddalarning qaysi biri eritmada moʻlroq boʻlsa, shuni erituvchi deb olinadi. E. tarkibining bir xilligi ularni kimyoviy moddalarga yaqinlashtiradi. Baʼzi moddalar erituvchilarda eriganida issiqlik ajralishi yoki yutilishi ular orasida kimyoviy taʼsir mavjudligiga dalil boʻladi. E. tarkibining oʻzgarib turishi ularning kimyoviy birikmalardan farq qilishini koʻrsatadi. Bundan tashqari, E. tarkibidagi alohida komponentlarning xossalarini aniqlash mumkin, kimyoviy birikmalarda esa buni aniqlab boʻlmaydi. E. tarkibining oʻzgarib turishi ularni mexanik aralashmalarga yaqinlashtirsa, tarkiblarining bir xilligi ulardan farkdantiradi. Shu bois ham E. mexanik aralashmalar bilan kimyoviy birikmalar oraligʻidagi moddalar deb qabul qilinadi.
    Kristallning suyuqlikda erib, eritma hosil boʻlishi individual modda molekulalarining oʻzaro taʼsiri buzilib, eritma komponentlari orasida yangi molekulalararo bogʻlanish vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Kristall yuzasidan ajraladigan molekulalar diffuziya tufayli erituvchining butun hajmi boʻylab baravar tarqaladi. Molekulaning qattiq jism yuzasidan ajralishi bir tomondan — erituvchi molekulalari tortishish kuchiga berilishi tufayli roʻy beradi. Mazkur jarayon kristallning butunlay erib tugashiga qadar davom etishi mumkin, lekin bunga ayni vaqtdagi aks jarayon — kristallanishning boshlanishi toʻsqinlik qiladi. Konsentratsiyaning oshishi qayta kristallanishni tezlashtiradi. Maʼlum muddatdan soʻng kristallning erish tezligi qayta kristallanish tezligiga tenglashib dinamik muvozanat vujudga keladi:Erimagan modda <=> eritmadagi modda, yaʼni vaqt birligida qancha molekula erisa, shuncha molekula eritmadan ajralib chiqadi. Eriyotgan modda bilan muvozanatda boʻlgan eritma toʻyingan eritma deb ataladi. Hajm birligidagi konsentratsiyasi toʻyingan eritmanikidan kam boʻlgan eritma toʻyinmagan eritma hisoblanadi. Eritmada kristallanish markazi boʻlmasa, uni shunday sovitish mumkinki, bunda erigan moddaning konsentratsiyasi eruvchanligidan yuqori boʻlib qoladi, natijada eritmaning oʻzi oʻta toʻyingan holatga oʻtadi. Bunday eritma oʻta toʻyingan eritma deyiladi.
    Suyuq eritmalarning oʻziga xos xususiyatlarini osmos, toza erituvchi bugʻ bosimining pasayishi, krioskopik va ebulioskopik nuqtalarning oʻzgarishi orqali oʻrganiladi. E.ning tuzilishi uni tashkil qilgan komponentlarning xossalari bilan aniqlanadi. Agar komponentlar kimyoviy tuzilishi, molekulalarning oʻlchami va boshqalar omillar boʻyicha yaqin boʻlsa, tuzilishi prinsip jihatdan sof suyuqliklar tuzilishidan farq qilmaydi. Erituvchining molekulalari bilan oʻzaro taʼsirlashuvi koʻpchilik modda (elektrolit)larda aks jarayon boʻlgan dissotsiatsiya bilan bogʻliq. Tuzlar, kislota va asoslar qutbli erituvchilarda eriganida qisman yoki butunlay ionlarga parchalanadi, bu jarayon E.da zarralar sonining koʻpayishiga sabab boʻladi. Agar erituvchi suv boʻlsa, gidratlar, boshqa modda boʻlsa, solvatlar vujudga keladi. Bu jarayonlar tegishlicha gidratlanish va solvatlanish deyiladi. 1887-yil D,M.Mendeyayeyev oʻzining gidratlanish nazariyasini olgʻa surgan. Uning shogirdi I.A.Kablukov (umrining oxirlarida Toshkentda yashab, ilmiy ishlar olib borgan) oʻz ustozi ishlarini davom etdirdi.
    Amaliyotda koʻproq toʻyinmagan E.dan foydalaniladi. Ularda erigan modda konsentratsiyasi toʻyingan E.dagiga qaraganda kamroq boʻladi. Eritmada erigan modda miqdori eritma konsentratsiyasini belgilaydi. Erigan modda miqdori koʻp boʻlgan E. konsentrlangan E., kam erigan (konsentratsiyasi nisbatan kam boʻlgan) E. suyultirilgan E. deyiladi.
    E. odam, hayvon va oʻsimliklar hayotida muhim rol oʻynaydi. Oziqovqatlar hazm qilinishidan oldin E.ga oʻtkaziladi. Barcha fiziologik suyukliklar E.dan iborat. E. oʻsimliklarning oʻsishida va hosildorligining oshishida muhim ahamiyatga ega. Oʻsimliklar hosilini E.ga oʻtkazish sanoat texnologiyasining asosidir. Dengiz, okean, daryo, koʻl suvlari ham E., ularni tuzlardan tozalash, kimyoviy ishlash va boshqalar ham E. texnologiyasi bilan bogʻliq. Polimerlar, lokboʻyoqlar, sirt faol moddalar, sovun vaboshqalar koʻp tonnajli mahsulotlar ham E. bilan bogʻliqligi ularning xalq xoʻjaligida tutgan oʻrni muhimligidan dalolat beradi.


    Download 458.5 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




    Download 458.5 Kb.