|
shahar muhitiga kiritilishi mumkin va uning barcha ustunBog'liq Turar-joy tumani loyihasi. Isamuxamedova D.Ushahar muhitiga kiritilishi mumkin va uning barcha ustun
tomonjaridan maksimal foydalanish loziip.Tarixdan ko‘plab zich
joylashgan kam qavatli qurilmalar misollari uchraydi. Hozirgi kunga
qadar saqlanib qolgan arab va 0 ‘rta Osiyo shaharlaridagi an’anaviy
qurilmalar o ‘zining ichki hovlilari, aholisi, qurilish zichligi yuqoriligi
bilan xarakterlanadi. Bunday qurilmalar gilam naqshlarini eslatishi
tufayli gilamli qurilish nomini olgan (44-rasm).
Hozirgi kunda bunday qurilish turining qoMlanilishi issiq iqlimli
davlatlar bilan cheklanib qolmayapti. Gilamli qurilish usullarini
p'rganib chiqish shuni ko‘rsatadiki, cheklangan miqdordagi uy-
seksiyalardan ommaviy ko‘kalamzor hududlar atrofida shakl
jihatidan turli-tuman bo‘Igan turar-joy guruhlari tashkil etish i
mumkin.
Gilamli qurilish nazariyada barcha to‘rt tomondan yopiq devorlar
bilan o ‘rab bloklash imkonini beradi, lekin amaliyotda unga boruvchi
yo‘lakni tashkil etish zarurati uch tomondan bloklash imkonini beradi
va ikki qator qilib joylashtirish sharoitini yuzaga keltiradi. Ko‘p
farzandli oilalarga mo‘ljallangan katta xonadonlarda bitta emas, balki
ikki va bir necha hovli joylashtirish maqsadga muvofiq. Bunday
holatlarda har bir uy hududining uzunligiga bog‘liq holda ikki qatorli
qilib bloklash imkoniyati mavjud. Ichki hovlini tashkil etish qulay
mikroiqlim sharoitini yaratadi va ko‘chaga chiqmagan holda ochiq
havoda bo‘lish imkonini beradi. Binolaming pastligi, zinalar va
vertikal kommunikatsiyalar bo‘lmasligi qurilishni tejamli qiladi (45-
rasm).
85
44-rasm. Turli davlatlarda gilamli qurilishning qoMIanilishi.
1) 0 ‘zbekiston, 2-3) Turkiya, 4) Gretsiya.
|
| |